Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 231.91 Kb.
bet3/7
Sana06.12.2021
Hajmi231.91 Kb.
#178870
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MI 1

Birinchi bosqichda (1956-1970 yy.) olimlarning harakati evristik (mutaxassisning tajribasi natijasida) izlash nazariyasini yaratishga va faoliyat yoki intellekt darajasiga tegishli bo`lgan «masala yechuvchilar»ni yaratish bo`yicha muammoni hal qilishga qaratilgan. Tadqiqot uchun instrument (asbob) bo`lib EHM xizmat qilgan, har xil o`yinlar, boshqotirmalar, oddiy musiqa asarlari, matematik masalalar o`ylab topilgan. Shunga o`xshash masalalarni tadqiqot uchun tanlash, muammo muhitning oddiyligi va aniqligini, yetarli darajada oson tanlab olish imkoniyatini va usulga qarab sun’iy konstruktsiyani tuzishni talab qiladi. Bu yo`nalishda bir qancha yutuqlarga erishildi. Xususan shaxmat dasturlari hozir juda yuqori takomilga yetkazildi.

Asosiy qiyinchiliklar masalani yechish uchun yaratilgan usullarni sun’iy muhitlarda emas, balki haqqoniy muhitda qo`llashga urinish jarayonida sodir bo`ldi. Bu qiyinchiliklar tashqi dunyo to`g`risidagi bilimlarni ifodalash muammolari bilan, bu bilimlarni saqlashni tashkil qilish va ularni yetarli darajada izlash, EHM xotirasiga yangi bilimlarni kiritish hamda eskirib qolganlarini olib tashlash, bilimlarning to`laligi va bir-biriga zidligini tekshirish va shunga o`xshashlar bilan bog`liq. Ko`rsatilgan muammolar bugungi kunda ham to`la yechilmagan, lekin hozirgi paytga kelib shu narsa ravshan bo`lib qoldiki, muammolarni yechish - samarali SI tizimini yaratishning kaliti ekan. 1956 yilda Dartmut kolleji (AQSh) seminarda "sun'iy intellekt" atamasi taklif etildi [1-4]. SI bo’yicha birinchi ishlar M.Minskiy va J. Makkarti rahbarligida Massachussets Texnologiya Institutida va G.Saymon va A. Nyuell rahbarligida Carnegie Mellon Universitetida olib borildi.

Ular S.I.ning "otalari" hisoblanadilar. SI sohasidagi evristik izlash va teoremalarni tasdiqlash (1956-1969) bo’yicha tadqiqotlarning boshlanishi (50-yillarning oxirlari) turli muammolarni hal qilish jarayonlarini tekshirgan Nyuell, Sayman va Shoylarning ishlari bilan bog'liq [1-4]. Ularning natijalari "MANTIQCHI-NAZARIYOTCHI" deb nomlangan dasturlar bo'lib, ular teoremalarni isbotlash uchun mo'ljallangan va "MASALANI UNIVERSAL YECHUVCHI " bo’lgan. Ushbu ishlar SI sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichining boshlanishi bo'lib, u turli xil murakkab usullarni qo'llagan holda muammolarni hal qiladigan dasturlarni ishlab chiqish bilan bog'liq.

Amerikalik fiziolog F. Rozenblatt tomonidan ob’yektlarni idrok etuvchi va tanuvchi modeli - perseptron taklif qilindi (1.1-rasm) [4].

Pertseptron yoki obyektlarni tanib oluvchi dastur ikki rejimda ishlaydi: tanishni o’rgatish rejimida va tanib olish rejimida. Tanishni o’rgatish rejimida, kimdir (odam, mashina, robot yoki tabiat), o'qituvchi kabi, mashinaga ob’yektlarni taqdim etadi va ularning har birining qaysi sinfga qarashli ekanligini oldindan ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida hal qiluvchi qoidalar quriladi. Tanib olish rejimida mashinaga yangi ob’yektlar kiritiladi va ular hal qiluvchi qoidalar yordamida imkoniyat darajasida to’g’ri sinflashtiriladi yoki tanib olinadi. Timsollarni anglash muammosi matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish va mashinalarni tilga o’rgatish muammolari bilan chambarchas bog’liq. Lug’atdan foydalanish qoidalari va asosiy grammatik qoidalarni sinflash va yetarlicha qayta ishlashga asoslangan holda ilmiy yoki ishchi matnlarni tarjima qiladigan algoritmni yaratish mumkin. 1960-yillar oxirida ba’zi tillar uchun shunday tizimlar yaratildi. Mantiqiy fikrlashni modellashtirish masalasiga kelsak, bunda eng yaxshi masalalar modeli sifatida teoremalarni isbotlashni avtomatlashtirish masalasi hisoblanadi. 1960 yildan boshlab birinch tartibli predikatlar mulohazasida teoremalarni isbotlashni amalga oshiradigan bir qator dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar SI da deduktiv xulosalashda qo’llanilgan. Bunday dasturlar K.Grin va Xao Vanga tomonidan ishlab chiqilgan. Amerikalik kibernetik A.Samuel tomonidan mashinada shashka o’ynaydigan dastur yaratildi. 1962 yilda bu dastur asosida mashina AQShning eng kuchli shashkachisi R. Nili bilan o’ynadi va uni yutib chiqdi. SI asosiy yo’nalashlaridan biri-robototexnika hisoblanadi [4]. Birinchi yaratilgan robotlarni intellektual deb hisoblab bo’lmaydi. Faqat 1960 yillarda universal kompyuterlar bilan boshqariladigan sezuvchi robotlar yaratila boshladi. Misol sifatida 1969 yilda Yaponiyada “sanoat intellektual roboti” yaratish loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyihaning maqsadi - yig’ish-montaj ishlarini bararuvchi sezuvchi manipulyatsiyali robotni yaratishdan iborat edi. Shunday qilib, 1960 -yillarning oxirida SI sohasida asosiy e’tibor masalalarni tavsivlash va holatlar fazosida yechimlarni izlash usullariga, hususan, masalalarni mantiqiy shaklda tavsiflash va rezolyusiyalar usuli asosida teoremalarni avtomatik isbotlash qaratildi.

Semantik tarmoqlar 1967 yilda M. Quillian tomonidan taklif qilingan [1-4].


Tabiiy tilni tushunish tizimini yanada takomillashtirish R. Shenk va W. Wuds nomlari bilan bog'liq.

E. Feygenbaum, B. Bukhenenom, E. Liderbergom tomonidan 1969 yilda ishlab chiqilgan dastur bu - DENDRAL [1-4] hisoblanadi. DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun qo’llaniladigan ekspert tizim


Download 231.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling