Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti
Download 231.91 Kb.
|
MI 1
Ikkinchi bosqichda asosiy e’tibor (70-yillarning boshidan to 80-yilgacha) intellektual robotlar (real uch o`lchovli muhitda mustaqil holda harakat qiladigan va yangi masalalarni yechadigan robotlar) qurishga qaratildi. Stenford universitetida va Stenford ilmiy tekshirish institutida va boshqa ba’zi bir joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan tajribaviy robotlar ishlab chiqildi. Bu borada intellektual funksiyalarning kerakli doirasi: maqsadga yo`naltirilgan xulq(holat)ni ta’minlash, tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish, harakatlarni tashkil etish, o`qitish, odam va boshqa robotlar bilan muloqotni uyushtirish tadqiq qilindi va amalga oshirildi. Masalan, robotlarda maqsadga yo`naltirilgan xulq(holat)ni ta’minlash uchun ular atrof-muhit haqida – elementlar aloqalarning vazni bilimlar majmuasiga ega bo`lishi zarur. Bu bilimlar robotga tashqi muhit modeli ko`rinishida kiritib qo`yilishi lozim. Robotning tashqi muhit modeli - bu o`zaro bog`langan ma’lumotlar yig`indisi bo`lib, bu ma’lumotlar mos sinfdagi masalalarni yechish uchun kerak. Robotning bilimlar tizimiga muhitning o`zgarishini qayta ishlab chiquvchi va shu asosda navbatdagi masalani yechishga imkon beruvchi algoritmlar hamda bu rejaning bajarilishini va oldindan rejalashtirilgan harakatlarning kutilayotgan natijalarini nazorat qiluvchi algoritmlar kiritilishi kerak. Demak, intellektual robotlar bilimlar manbaiga ega bo`lishi shart. Bu bilimlar manbaida bilimlar va «Reja tuzuvchi» maxsus blok saqlanadi. «Reja tuzuvchi» blokning zimmasiga robotning harakati dasturini tuzish yuklangan. Bu harakat dasturi robot tomonidan qabul qilinadi va robotning ko`rish vositasi(sensor) tizimi orqali kuzatiladi. Robotning ish jarayonida «Yechuvchi blok» bo`lishi kerak. Bu blok robotning harakati to`g`risidagi yechimni qabul qiladi. Har ikkala blok bilimlar manbaida saqlanuvchi bilimlar asosida ishlaydi. Bu bosqichda ayrim muammolar aniqlandiki, intellektual robotlar yaratishda ularni hal etish zarur. Shunday muammolarga faoliyat ko`rsatadigan muhit haqidagi bilimlarni tasavvur etish, ko`z bilan ko`rganlarni o`zlashtirish, o`zgaruvchan muhitda robotlar xulqi(holati)ning murakkab rejalarini tuzish va robotlar bilan tabiiy tilda muloqotda bo`lish kiradi.
1970 - yillarning boshlarida A. Nyuel va G.Saymonlar fikrlashni modellashtiradigan dasturni tuzish uslubini taklif etdilar. 1973 yilda Wuds LUNAR tizimini yaratdi, bu esa geologlarning oydan olib kelingan toshlarning namunalari bo'yicha tabiiy tilda savollar berishiga imkon berdi 1973 yilda A. Kolmeroe AQSh, Yevropa, Rossiyada ommalashgan mantiqiy dasturlash tili - Prolog tilini yaratdi. Keyinchalik FRL, KRL, GUS mantiqiy dasturlash tilllari ishlab chiqildi. Yaqin vaqtlarga qadar murakkab intellektual o’yinlarga yaqqol misol
Keyinchalik E. Feigenbaum, B. Bukxenen, E. Shortliff MYCIN ekspert tizimini ishlab chiqadi [1-4]. Unda qonda yuqumli kasalliklarni aniqlashga imkon beradigan 450 ga yaqin qoidalar mavjud. MYCIN - ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim. 1979 yilda "PROSPECTOR" ekspert tizimi yaratilgan (1-4). PROSPECTOR foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ekspert tizim hisoblanadi. SI sohasidagi navbatdagi tadqiqotlarning rivojlanishiga predikatlar mantiqi teoremalarini isbotlashga asoslangan Robisonning rezolyusiya usulining paydo bo’lishi ta’sir etdi. Bu tadqiqotlarning maqsadi-inson yechadigan masalalarni huddi insonga o’xshab yechadigan dasturlarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan. Uchinchi bosqich (1980 -yillar boshi) idrok etuvchi, dinamik muhitda murakkab rejalarni amalga oshiruvchi, bilimlarni tavsiflovchi, inson bilan tabiiy tilda muloqot qiluvchi robotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq. Sanoatda qo'llanadigan birinchi IT 1982 yilda McDermott tomonidan ishlab chiqilgan K1 ekspert tizimi edi. K1 tizimi VAX oilasining kompyuter tizimlarini sozlash uchun ishlatilgan. Digital Equipment Corporation tomonidan Carnegie Mellon (AQSh) universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tizimning tijorat versiyasi XCON deb nomlandi. 1986-yilga kelib ushbu tizim korporatsiyasi yiliga 70 million dollar tejash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizimni qo'llash natijasida xatoliklar soni 30% dan 1% gacha qisqardi[1-4]. 1981 yilda Yaponiyada SI tamoyillariga asoslangan 5-avlod mashinalari uchun loyihaning boshlanishi haqida xabar berildi. Ushbu loyiha SI sohasida ko'plab mamlakatlarda tadqiqotlarning jadallashtirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. 1985 yildan boshlab, ekspert tizimlar, undan keyin tabiiy tillarni (EYatizimlari) tushunuvchi tizimlar, so'ngra neyron tarmoqlar (NS) tijorat ilovalarida faol qo’lanila boshladi. SITlarini ishlab chiquvchilariga savdodagi muvaffaqiyatlar darhol kelmadi. 1960-1985 yillar mobaynida SIning yutuqlari asosan SITni amaliy masalalarni yechishga qo’llashdagi muvaffaqiyotlari bilan bog’liq. 1986-1996 yillarda SI sohasidagi tadqiqotlarda mustaqil yo’nalish sifatida ekspert tizim(ET)lar yoki bilimlar injeneriyasi shakllandi [1-4]. Bu yo’nalishdagi masalalarga inson-ekspertga qiyin tyulgan, y’ni bilimlarga va masalani yechish uchun xulosalash proseduralariga asoslangan dasturlar yaratish va tadqiqotlar olib borish kabilar kiradi. Foydalanuvchilar tomonidan ekspert tizimlarga qiziqish asosan uchta faktor
• ET lar shunday masalalarni yechishga mo’ljallanganki, qachonki uhbu masalalarning yechimi mavjud bo’lmasa yoki yechish algoritmi noma’lum bo’lsa; • ET foydalanuvchiga shunday sharoit yaratadiki, foydalanuvchi dasturlashni bilmasa ham, o’zining tajribasi va bilimidan foydalanib masalani mustaqil ishlab chiqadi; • ET shunday natijalarni olishga imkoniyat yaratadiki, bu natijalar insonekspert natijalaridan qolishmaydi, ba’zi hollarda inson-ekspert imkoniyatlaridan yuqoriroq natijalarga erishadi. Bu davr oddiy ET larning yaratilganligi va integralli ETni yaratishning
Detsentrallashuv jarayonlar SIda bir-biri bilan o'zaro bog’langan ko’p sonli intellektual agentlarning jamoaviy hatti-xarakati nuqtai nazaridan qaraladi. Agent quyidagilarni amalga oshiradi [11]: • boshqa agentlarga ta’sir etadi; • o’zining shaxsiy maqsadlarini tashkillashtiradi; • boshqa agentlar bilan muloqot qiladi; • o’zini nazorat qiladi; • muhitning lokal tavsifini quradi; • vazifasini bajaradi va xizmat ko’rsatadi. XXI asr boshlanishi SIning o’zini-o’zi o’rgatadigan, moslashuvchan, o’zida neyron tarmoqlarni va bilimlarni tavsiflash modellarini birlashtiruvchi gibrid tizimlar uchun intellektual muloqotli tizimlarni yaratish va tadqiqotlar olib boorish bilan xarakterlanadi. Download 231.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling