Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 231.91 Kb.
bet4/7
Sana06.12.2021
Hajmi231.91 Kb.
#178870
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MI 1

Ikkinchi bosqichda asosiy e’tibor (70-yillarning boshidan to 80-yilgacha) intellektual robotlar (real uch o`lchovli muhitda mustaqil holda harakat qiladigan va yangi masalalarni yechadigan robotlar) qurishga qaratildi. Stenford universitetida va Stenford ilmiy tekshirish institutida va boshqa ba’zi bir joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan tajribaviy robotlar ishlab chiqildi. Bu borada intellektual funksiyalarning kerakli doirasi: maqsadga yo`naltirilgan xulq(holat)ni ta’minlash, tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish, harakatlarni tashkil etish, o`qitish, odam va boshqa robotlar bilan muloqotni uyushtirish tadqiq qilindi va amalga oshirildi. Masalan, robotlarda maqsadga yo`naltirilgan xulq(holat)ni ta’minlash uchun ular atrof-muhit haqida – elementlar aloqalarning vazni bilimlar majmuasiga ega bo`lishi zarur. Bu bilimlar robotga tashqi muhit modeli ko`rinishida kiritib qo`yilishi lozim. Robotning tashqi muhit modeli - bu o`zaro bog`langan ma’lumotlar yig`indisi bo`lib, bu ma’lumotlar mos sinfdagi masalalarni yechish uchun kerak. Robotning bilimlar tizimiga muhitning o`zgarishini qayta ishlab chiquvchi va shu asosda navbatdagi masalani yechishga imkon beruvchi algoritmlar hamda bu rejaning bajarilishini va oldindan rejalashtirilgan harakatlarning kutilayotgan natijalarini nazorat qiluvchi algoritmlar kiritilishi kerak. Demak, intellektual robotlar bilimlar manbaiga ega bo`lishi shart. Bu bilimlar manbaida bilimlar va «Reja tuzuvchi» maxsus blok saqlanadi. «Reja tuzuvchi» blokning zimmasiga robotning harakati dasturini tuzish yuklangan. Bu harakat dasturi robot tomonidan qabul qilinadi va robotning ko`rish vositasi(sensor) tizimi orqali kuzatiladi. Robotning ish jarayonida «Yechuvchi blok» bo`lishi kerak. Bu blok robotning harakati to`g`risidagi yechimni qabul qiladi. Har ikkala blok bilimlar manbaida saqlanuvchi bilimlar asosida ishlaydi. Bu bosqichda ayrim muammolar aniqlandiki, intellektual robotlar yaratishda ularni hal etish zarur. Shunday muammolarga faoliyat ko`rsatadigan muhit haqidagi bilimlarni tasavvur etish, ko`z bilan ko`rganlarni o`zlashtirish, o`zgaruvchan muhitda robotlar xulqi(holati)ning murakkab rejalarini tuzish va robotlar bilan tabiiy tilda muloqotda bo`lish kiradi.

1970 - yillarning boshlarida A. Nyuel va G.Saymonlar fikrlashni modellashtiradigan dasturni tuzish uslubini taklif etdilar.

1973 yilda Wuds LUNAR tizimini yaratdi, bu esa geologlarning oydan olib kelingan toshlarning namunalari bo'yicha tabiiy tilda savollar berishiga imkon berdi

1973 yilda A. Kolmeroe AQSh, Yevropa, Rossiyada ommalashgan mantiqiy dasturlash tili - Prolog tilini yaratdi. Keyinchalik FRL, KRL, GUS mantiqiy dasturlash tilllari ishlab chiqildi.

Yaqin vaqtlarga qadar murakkab intellektual o’yinlarga yaqqol misol
sifatida shaxmat qaralgan. 1974 yilda dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan
mashinalar o’rtasida xalqaro shaxmat musobaqasi o’tkazildi. Bu musobaqada
shaxmat dasturi bilan ta’minlangan sovet (Rossiya) mashinasi "Kaissa" g’alaba
qozondi.

Keyinchalik E. Feigenbaum, B. Bukxenen, E. Shortliff MYCIN ekspert


tizimini ishlab chiqadi [1-4]. Unda qonda yuqumli kasalliklarni aniqlashga imkon
beradigan 450 ga yaqin qoidalar mavjud. MYCIN - ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim.

1979 yilda "PROSPECTOR" ekspert tizimi yaratilgan (1-4). PROSPECTOR


foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ekspert tizim hisoblanadi.
SI sohasidagi navbatdagi tadqiqotlarning rivojlanishiga predikatlar mantiqi
teoremalarini isbotlashga asoslangan Robisonning rezolyusiya usulining paydo
bo’lishi ta’sir etdi. Bu tadqiqotlarning maqsadi-inson yechadigan masalalarni huddi
insonga o’xshab yechadigan dasturlarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan.
Uchinchi bosqich (1980 -yillar boshi) idrok etuvchi, dinamik muhitda
murakkab rejalarni amalga oshiruvchi, bilimlarni tavsiflovchi, inson bilan tabiiy
tilda muloqot qiluvchi robotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq. Sanoatda qo'llanadigan birinchi IT 1982 yilda McDermott tomonidan ishlab chiqilgan K1 ekspert tizimi edi. K1 tizimi VAX oilasining kompyuter tizimlarini sozlash uchun ishlatilgan. Digital Equipment Corporation tomonidan Carnegie Mellon (AQSh) universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tizimning tijorat versiyasi XCON deb nomlandi. 1986-yilga kelib ushbu tizim korporatsiyasi yiliga 70 million dollar tejash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizimni qo'llash natijasida xatoliklar soni 30% dan 1% gacha qisqardi[1-4].

1981 yilda Yaponiyada SI tamoyillariga asoslangan 5-avlod mashinalari


uchun loyihaning boshlanishi haqida xabar berildi. Ushbu loyiha SI sohasida
ko'plab mamlakatlarda tadqiqotlarning jadallashtirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. 1985 yildan boshlab, ekspert tizimlar, undan keyin tabiiy tillarni (EYatizimlari) tushunuvchi tizimlar, so'ngra neyron tarmoqlar (NS) tijorat ilovalarida faol qo’lanila boshladi. SITlarini ishlab chiquvchilariga savdodagi muvaffaqiyatlar darhol kelmadi.

1960-1985 yillar mobaynida SIning yutuqlari asosan SITni amaliy masalalarni yechishga qo’llashdagi muvaffaqiyotlari bilan bog’liq. 1986-1996 yillarda SI sohasidagi tadqiqotlarda mustaqil yo’nalish sifatida ekspert tizim(ET)lar yoki bilimlar injeneriyasi shakllandi [1-4]. Bu yo’nalishdagi masalalarga inson-ekspertga qiyin tyulgan, y’ni bilimlarga va masalani yechish uchun xulosalash proseduralariga asoslangan dasturlar yaratish va tadqiqotlar olib borish kabilar kiradi.

Foydalanuvchilar tomonidan ekspert tizimlarga qiziqish asosan uchta faktor
bilan belgilanadi [4]:

• ET lar shunday masalalarni yechishga mo’ljallanganki, qachonki uhbu


masalalarning yechimi mavjud bo’lmasa yoki yechish algoritmi noma’lum bo’lsa;

• ET foydalanuvchiga shunday sharoit yaratadiki, foydalanuvchi dasturlashni


bilmasa ham, o’zining tajribasi va bilimidan foydalanib masalani mustaqil ishlab
chiqadi;

• ET shunday natijalarni olishga imkoniyat yaratadiki, bu natijalar insonekspert natijalaridan qolishmaydi, ba’zi hollarda inson-ekspert imkoniyatlaridan yuqoriroq natijalarga erishadi.

Bu davr oddiy ET larning yaratilganligi va integralli ETni yaratishning
boshlanishini o’z ichiga oladi. 1996-2000 yillarda SI sohasidagi tadqiqotlarda integrallashgan va gibrid prinsiplariga asoslangan tizimlar yaratildi va shakllandi [1-4]. Bu tizimlarning asosi - bilimlar bazasi, bilimlarni avtomatik olish, deduktiv, abduktiv va noravshan mantiqiy xulosalash, muammoli-yo’naltirilgan muloqot tili, statik va dinamik axborotlarni qayta ishlash kabilar hisoblanadi. 1990-yillardan boshlab SIda asosan ikkita yo’nalish ustunlik qilmoqda: integratsiyalashuv (o'zaro birlashuv) va detsentrallashuv (markazlahgan tizimdan markazlashmagan tizimga o'tish) [13,16]. Integratsiyalashuv jarayonlar SIning turli modellarini, masalan noravshan ET va neyron tarmoqlarni o’zida birlashtiruvchi integrallashgan va gibrid tizimlarini yaratish bilan bog’liq. Bunday integrallashgan tizimlarda bilimlarni tavsiflashning turli modellari, fikrlashning turli shakllari, idrok etish va timsollarni anglash modellari o’z aksini topadi.

Detsentrallashuv jarayonlar SIda bir-biri bilan o'zaro bog’langan ko’p sonli intellektual agentlarning jamoaviy hatti-xarakati nuqtai nazaridan qaraladi.

Agent quyidagilarni amalga oshiradi [11]:

• boshqa agentlarga ta’sir etadi;

• o’zining shaxsiy maqsadlarini tashkillashtiradi;

• boshqa agentlar bilan muloqot qiladi;

• o’zini nazorat qiladi;

• muhitning lokal tavsifini quradi;

• vazifasini bajaradi va xizmat ko’rsatadi.

XXI asr boshlanishi SIning o’zini-o’zi o’rgatadigan, moslashuvchan, o’zida neyron tarmoqlarni va bilimlarni tavsiflash modellarini birlashtiruvchi gibrid tizimlar uchun intellektual muloqotli tizimlarni yaratish va tadqiqotlar olib boorish bilan xarakterlanadi.



Download 231.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling