Samarqand filliali mustaqil ish
Download 116.39 Kb.
|
Maxmudova F Tarix Neolit Mezolit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neolit davrida
O'q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zaxiralar ko'payib borgan. O'q-yoy quroli odamning yolg'iz o'zi hayvonlarni ovlashi, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi.
Odamlar o'simliklarning ildizlarini iste'mol qilishdan boshoqlarni, mazali mevalarni iste'mol qilishga o'tadilar. Ular asta-sekin it, sigir, qo'y, echki kabi hayvonlarni qo'lga o'rgatish, boshoqli o'simliklar urug'ini yerga ekib o'stirish orqali don olish malakalariga ham ega bo'lib boradilar. Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e'tiqod shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko'rsatadi. Machay qab- ristonida jasad chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar terib qo'yilgani aniqlangan. Ko'hitong tog'idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san'atning vujudga kelganligini ko'rsatadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Bu manzarada yirik shoxli hayvonlar podasi orqasidan ovchilar o'z itlariga ergashib ketayotgani, barchasi o'q-yoy, palaxmon toshlar bilan qurollangani tasvirlangan. Boshqa bir qoyada ikki guruh ovchilar bugani o'rab olgani manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi bu suratlar o'sha davr rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san'atda qanchalik darajada aks ettirilganliklari haqida mulohaza yuritishga asos beradi. Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o'zgarish - inqilob sodir bo'ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo'ldi. Neolit davri "toshboltalar asri" ham deyiladi. Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog'i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni "sopol asri" ham deyishadi. Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo'jalikda asosiy o'rinni egallaydi. Urug' jamoalari echki, qo'y va qoramollardan iborat qo`ra-qo'ra chorva mollariga, don-dun zaxiralariga ega bo'ladilar. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo'jalik shakllanib bo'ladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo'lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutiladilar. Urug' jamoalari ozuqa izlab ko'chib yurishdan o'troq hayot kechirishga o'tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylandi, qishloqlar vujudga keldi. Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o'rniga jun va o'simlik tolasidan to'qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo'ladilar. Hunarmandchilikda to'qimachilik, tikuvchilik tarmog'i ham paydo bo'ladi. Neolit davri mehnat qurollari Tosh bolta. pona, iskana Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi Chaqmoq toshga tig' o'rnatilgan suyak o'roq Toshdan yasalgan don yorg'uchoq Loydan qo'lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar Zig ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato to`quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan. Yog'och gʻoʻlalarni bir-biriga bog'lab yasalgan suvda suzuvchi sol, qayiqlar. Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko'plab arxeologik yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryoning qadimgi Oqchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy irmog'i va Orol dengizining shimoli-sharqiy bo'ylaridan yana ko'plab makonlar topib o'rganildi. Bularning hammasiga Kaltaminor madaniyati degan nom beriladi. Kaltaminorliklar hayoti, xo'jalik mashg'ulotlari va turmush tarzini o'rganish, uning miloddan avvalgi 7-3 ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanligini ko'rsatdi. Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbos-4 hisoblanadi. Jonbos-4 da o'tkazilgan qazish ishlari natijasida maydoni 300 kv.m. keladigan g'oyat katta turar joy-yarim yerto'la shaklidagi kulba ochildi. Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan qurilgani, keyinchalik yonib ketganligini, odamlar foydalangan barcha uy-ro'zg'or buyumlari, mehnat qurollari yiqilgan kulba ostida qolib ketganligini ko'rsatdi. Kulba tomini ko'tarib turgan bir necha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin kishi istiqomat qilgan. Uning o'rtasidan katta o'choq, atrofida yana 20 dan ortiq mayda o'choqlar, ko'mirga aylangan yog'ochlar va qamishlar topildi. Har bir o'choq atrofidan baliq, yovvoyi cho'chqa, bug'u, qirg'ovul, suv qushlarining suyaklari, o'rdak va g'oz tuxumining po'choqlari. yovvoyi jiyda danaklari topildi. Katta o'choq o't og'asi ixtiyoridagi olashkada(altar) bo'lib, Kaltaminor urug' jamoasi katta o'choqdagi o'tga topingan, bu odamlarning diniy e'tiqodini ko'rsatadi. Kulbadagi mayda o'choqlar esa ona urug'i doirasida ko'plab juft oila mavjud bo'lganini ko'rsatadi. Jonbos-4 manzilgohidan chaqmoq toshdan yasalgan juda ko'p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak garpunlari, turli xil naqshlar, oʻyib solingan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topildi. Topilgan qoldiqlarning deyarli ko'pchiligi baliq va qush suyaklari bo'lib, kaltaminorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug'ullanganligini ko'rsatadi. Kaltaminorliklar o'q- yoydan keng foydalanganlar. 1950-yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G'.G'ulomov Zarafshon bo'ylab qidiruv ishlari olib boradi va o'nlab manzilgohlarni aniqlab, ulardan neolit davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi. Qidiruv ishlarini 1960- yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov va O'.Islomovlar davom etkazadilar. Natijada, 100 dan ortiq katta va kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan urug' jamoalarining baliq ovi bilan shug'ullanganligi, termachilik xo'jaligida tosh yorg'u- choqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi. Zarafshon daryosining o'rta havzalarida yana bir yodgorlik- Sazag'on makoni(Samarqand viloyatining Sazag'on qishlog'ida) topib o'rganildi. Ko'plab tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari suyaklari topildi. Sazag'on jamoasi qoramollarni qo'lga o'rgatib, chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Zarafsho vodiysi urug' jamoalari sifatli tosh xomashyolardan qurollar yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neolit davrida Uchtut chaqmoqtosh konida 4-5 metrli shaxtalardan namlangan toshlarni kovlab olib qurollar yasaganlar. Namlangan toshlarni yo'nish oson bo'lganligini bilganlar. Zarafshon vodiysida yashagan urug' jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa, baliq ovlash alohida ahamiyat kasb etgan. Download 116.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling