Samarqand filliali


Download 69.15 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2023
Hajmi69.15 Kb.
#1110155
1   2   3
Bog'liq
KTE3,4

SIMM va DIMM modullari
Ko‘pchilik zamonaviy kompyuterlarda alohida xotira mikrosxemalari o‘rnida kichik plata ko‘rinishidagi bo‘lib, tizimli plata yoki xotira platasiga o‘rnatiluvchi SIMM yoki DIMM modullari ishlatiladi. Alohida mikrosxemalar SIMM yoki DIMM modullari plataga shunaqa o‘rnatiladiki, ularni amaliy jihatdan almashtirish mumkin emas. To‘g‘rilash qiyin bo‘lgan xatoliklar uchraganda modulni olmay almashtirish kerak. SIMM yoki DIMM modullarini katta bir mikrosxema sifatida qarash mumkin. Shk- moslashuvchi kompyuterlarida asosan ikki tipdagi SIMM modullari qo‘llaniladi:
30 kontaktli (9 razryadli) va 72-kontaktli (36 razryadli).
Ulardan dastlabkilari o‘lchami bo‘yicha kichiklaridir. SIMM modullarida mikrosxemalar plataga bir tomonlama o‘rnatilishi yoki ikki yoqlama o‘rnatilishi mumkin. 30-kontaktli modullardan foydalanish samarali emas, chunki bitta bankini to‘ldiruvchi yangi 64-razryadli tizim sakkizta shunaqa modulni talab etadi. Shuning uchun yangi tizimlar uchun Pentium MMX, Pentium Pro va Pentium II protsessorlarida 168 kontaktli DIMM moduli ishlatiladi (64-razryadli juft bitsiz yoki 72-razryadli juft bitli).
110 rasmda 30- va 70-kontaktli SIMM modullari, shuningdek 168-kontaktli DIMM modullari ko‘rsatilgan. Kontaktlar chapdan o‘ngga va platani ikkala tarafida ham joylashadi.


1- rasm. Odatdagi 30-kontaktli (9-razryadli) SIMM moduli



2- rasm. Odatdagi 72-kontaktli (36-razryadli) SIMM moduli


Mavzu: microATX tizimli platasining asosiy ko`rsatkichlari.


Mikro ATX. ATX form-faktorning kichraytirilgan versiyasi bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan gorizontal va vertikal tizim bloklar va arzonroq tizim platalari uchun mo‘ljallangan. FlexATX. Bu spetsifikatsiya Intel kompaniyasi tomonidan mikro ATX spetsifikatsiyasi kengaytirish uchun ishlab chiqilgan. FlexATX tizim platasi kichik hajmdagi kompyuterlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Bularga misol qilib, Barbie PC va Hot Wheels PC larni keltirishimiz mumkin. Bunday kompyuterlarga kengaytirish tashqi qurilmalari kerak, chunki PCI ulanish joylari platada bo‘lmaydi. Ularning o‘rniga tizim blok panelining oldi va orqa tomonida USB — portlari ishlatiladi. Ayrim Flex ATX platalarida PC/2 va MIDI/Gameli funksional ulanish joylariga ketma-ket, uzluksiz va parallel portlar ham yo‘q. Tizim platasini testlash. Protsessor. Odatda, protsessorlar uyalarga joylashtiriladi. Ularni almashtirish va modernizatsiya qilish mumkin. 386SX protsessor bazasidagi kompyuterlarda esa protsessorlar tizim platasiga kavsharlab ulangan. Mikrosxema to‘plamlari. Ko‘pgina tizim platalarda taktli generator, taymerlar mikrosxemasi, soatlar mikrosxemasi, DIP—yoqib-o‘chiruvchi, CMOS mikrosxema, shina nazoratchi mikrosxemasi, DMA nazoratchi mikrosxemasi va mikrosxemalar uchun hamma uyalar kavsharlab ulangan bo‘lib, ularni almashtirish oson emas. www.ziyouz.com kutubxonasi 71 Xotira. — «eski» kompyuterlarda TXQ mikrosxemalarini almashtirish mumkin, agar ular tizim plataga kavsharlab ulangan bo‘lmasa; — zamonaviy kompyuterlardagi xotira mikrosxemalari modullarda bo‘lib, ular uyalarga qo‘yiladi. Modullarni almashtirish mumkin, ammo, gohida mikrosxemalarni yechib bo‘lmaydi. ROM BIOS. Eskirgan kompyuterlarda BIOS mikrosxemasi uyalarda joylashgan. Ularni modernizatsiya qilish uchun yangilash mumkin. Zamonaviy kompyuterlarda BIOS mikrosxemalari uyalarda yoki tizim plataga kavsharlab ulangan. Ularning ko‘pchiligi yo‘riqnomalarni Flesh-xotirada saqlaydi, kerak bo‘lganda yangi kodni disketa yoki boshqa manbadan yozib olib, yangilash mumkin. Batareyalar. Ko‘pgina tizim platalarda batareyalar olinib chiziqcha qo‘yiladi, ammo kavsharlab ulanganlari ham bor. Shunday zamonaviy kompyuterlar borki, uyaga qo‘shiladigan bitta mikrosxemaga batareya va real vaqt soati integratsiya qilingan. Ular tizim plataga kavsharlab ulangan bo‘ladi. Tizim platasining muammolaridan biri bu NMI (Nonmaskable interrupt) niqoblanmagan uzilishning xotirasidir. Uzilish — bu ma’lum bir qurilmaning mikroprotsessorga bergan signali. Niqoblanmagan uzilish — bu apparat ta’minot bekita olmaydigan yoki boshqa vazifalarni bajarish paytida bilmay qoladigan uzilishdir. Agar NMIda uzilish sodir bo‘lsa, ekranda xato haqidagi ma’lumot chiqadi va hamma ish muammo yechilmagunga qadar to‘xtatiladi, qanday vazifa yechayotganingizdan qat’i nazar. Bunday holda NMI uzilishi xotira ishi bilan bog‘liq muammoni ko‘rsatishi mumkin, bunda faqat xotira modulini almashtirish kerak bo‘ladi.
Download 69.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling