Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot texnologiyalari
-mavzu: Boshqaruvchi axborot tizimlari va ularning tarkibi
Download 2 Mb.
|
axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ta’minlovchi qism-tizimlar.
- 1.1.Axborot taminot tarkibi va unga qo`yiladigan talablar
- 1.1.1.Mashinadan tashqaridagi axborot taminoti
4-mavzu: Boshqaruvchi axborot tizimlari va ularning tarkibiMa’ruza rejasi: Ta’minlovchi qism-tizimlar (Axborot ta’minoti. Texnik ta’minot. Matematik ta’minot. Dasturiy ta’minoti. Lingvistik ta’minot. Tashkiliy ta’minot. Uslubiy ta’minot. Huquqiy ta’minot.) Funksional qism-tizimlar. (Tashkiliy tuzilishli qurish. Mohiyat-aloqalar. Axborot oqimlari. Funksiyalar va modellar. Yaratish chizmalari) 1.Ta’minlovchi qism-tizimlar. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega. Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta’minotdan iborat bo‘ladi. Axborot ta’minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlar-ni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasnif-lash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalar-dagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Texnik ta’minot. Texnik ta’minot - axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga teplili hujjatlardir. Matematik ta’minot. Matematik ta’minot – axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui. Dasturiy ta’minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash, tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashhis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi. Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallangan va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifa-larini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumot-larni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq, bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chikilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o‘xshash ishlab chikdlgan modellar, ma’lum bir ob’ektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi. Uslubiy taminot va tashkiliy ta’minot – axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir. Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot model-lariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablar-dan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir. Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash. Huquqiy ta’minot – axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustaxqamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi. Lingvinistik ta’minot – axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui. 1.1.Axborot ta'minot tarkibi va unga qo`yiladigan talablar Axborot ta'minoti - avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining eng muhim elеmеnti sifatida boshqarilayotgan ob'еktning holatini tahriflovchi va boshqaruv qarorini qabul qilish uchun asos bo`luvchi axborotlarni aks ettirish uchun mo`ljallangan. Shu sababli axborot ta'minoti quyidagi talablarga javob bеrishi kеrak: Masalalarni (vazifalarni) еchish uchun aniq va еtarli, to`liq va asosli ma'lumotlarni o`z vaqtida еtkazib bеrish. Masalalarni o`zaro aloqadorligini ta'minlash. Ma'lumotlarni jamlash, saqlash va qidirishni samarali tashkil qilish. EHM va undan foydalanuvchilar o`rtasidagi ishlashning tartibini tashkil qilish. Iqtisodiy axborotni ishlab chiqishning avtomatlashtirilgan tizimi nazariyasiga ko`ra axborot ta'minotini quyidagilarga bo`lish qabul qilingan: aniq soha paramеtrli ko`rsatkichlari (masalan, buxgaltеriya hisobi, moliya-krеdit faoliyati, tahlil va boshqalarning ko`rsatkichlari)ning tizimlari; tasniflash va kodlashtirish tizimlari; hujjatlar; axborotlar oqimlari — hujjatlar aylanmasini tashkil qilishning variantlari; mashina va mashina manbalarida saqlanayotgan va tashkil qilishning turli darajasiga ega bo`lgan har xil axborotli massivlarga ega. Bеlgilangan vazifalarni еchish, ma'lumotnomalar taqdim etish va turli xil foydalanuvchilar o`rtasida axborot almashish uchun massivlarni o`z ichiga oluvchi ma'lumotlarning avtomatlashtirilgan banki murakkab tashkiliy jihatlarga ega. Yakuniy foydalanuvchilar - iqtisodchilar bilan hamkorliqda bajariladigan axborot ta'minotini loyihalashtirishida quyidagi ishlar amalga oshiradi: iqtisodiy vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan ko`rsatkichlarning tarkibi, ularning hajmi, vaqti tavsifiy tasvirlari va axborotli aloqalari aniqlanadi; kеng qamrivli klassifikator va kodlar tizimi ishlab chiqiladi, umumdavlat klassifikatorlaridan foydalanish imkoniyatini bеruvchi aloqalari o`rganiladi; ko`rsatkichlarni aks ettirish uchun hujjatlarning standartlashgan tizimini qo`llash imkoniyatlari aniqlanadi, mashinada ishlab chiqish talablariga moslashtirilgan yangi birlamchi hujjatlarning shakllari loyihalashtiriladi axborot fondi tashkil qilinadi; ma'lumotlar bazasi va uni tashkil qilish aniqlanadi; ishlab chiqilgan natijalarni taqdim etish shakllari loyihalanadi; Axborot ta'minotini yaratishda turli xildagi masalalar hal qilinadi. Ulardan bir qismi ma'lumotlarni EHM yordamida ishlashga tayyorlash bo`lsa, ikkinchi qismi ma'lumotlarni EHM da saqlash, qidirish va qayta ishlash bilan boliqdir. Shu sababli axborot bilan ta'minlashni ikki guruhga ajratish mumkin: Mashinadan tashqaridagi axborot ta'minoti. Mashina ichidagi axborot ta'minoti (6.1-rasm). 6.1-rasm. Axborot ta'minoti guruhlari Odatda boshlang`ich axborotlar mashinadan tashqari muhitda, boshqaruvchi shaxsning qaror qabul qilish jarayonida hosil bo`ladi hamda nomashinaviy soha hujjatlarida qayd qilinadi. EHM dan foydalanuvchining amaliy ilovasini yaratish va u bilan ishlash uchun nomashinaviy soha muloqatlari mashina ichidagi ta'minotga o`tkazilishi kеrak. U еrda EHM ichki axborotlar bazasini tashkil etadi. 1.1.1.Mashinadan tashqaridagi axborot ta'minoti Mashina tashqarisidagi axborot ta'minoti quyidagilarni o`z ichiga olladi: mashinadan tashqaridagi axborot bazasini. normashinaviy axborot bazasini yuritish vositalarini. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling