Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi
Download 227.37 Kb.
|
kurs ishi Aziz
Naqd pul mablag’lari hisobi
Xar bir korxonaga tijorat bankida hisob-kitob schyoti ochiladi. Bu schyotda korxona o‘z pul mablag‘larini saqlaydilar va turli tashkilotlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boradilar. korxonalarning pul mablag‘lari hisob-kitob schyotida saqlanganiligi uchun bank ma’lum miqdorda foiz to‘laydi. Korxonalar hisob-kitob schyoti ochish uchun quyidagi xujjatlrni topshiradi: belgilangan shaklda mahsus ariza. Bu arizaga korxona raxbari va bosh buxgalteri imzo qo‘yadi: imzolar qo‘yilgan va pechat bosilgan kartochka (ikki nusxada). Korxona raxbari va bosh buxgalterning kartochkada qo‘yilgan imzolari notarius tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g;risida” 11gi nizom bilan tartibga solinadi. Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmog‘li bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‘yilgan talablarni oladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, pul mablag‘larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari quyidagi xo‘jalik muomalalari natijasida ko‘payishi mumkin: davlatga sotilgan mahsulot uchun pul olinganda; chet tashkilotlarga bajargan ish va xizmatlar uchun pul olinganda; banklardan ssudalar olinganda; kassadagi limitdan ortiqcha pullar o‘tqazilganda; asosiy xo‘jalik faoliyatidan boshqa daromadlar tushganda. Hisob-kitob schyotiga tushadigan pul mablag‘lari bank qoidalariga muvofiq namunaviy xujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Masalan, sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tayyorlov tashkilotlari va boshqa korxonalardan tushadigan pullarni bank ularning o‘z qarzlari uchun pul o‘tqazishi to‘g‘risidagi xujjatlariga asosan o‘tqazadi. korxona kassadagi naqd pulini bankdagi hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish to‘g‘risida yozilgan ma’lumotnomaga asosan topshiradi. Bunda bank pul qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiya beradi. Ayrim xollarda tovar muammolariga doir pul mol yuboruvchining xujjatlariga asosan ham undirilishi mumkin. Bunday xollarda xo‘jalik o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka mahsus xujjat to‘lov talabnomasi yozib topshiradi. Bank shu xujjatga asosan hisoblangan pullarni to‘lovchi schyotidan mol yuboruvchining schyotiga o‘tqazadi. korxonaning hisob-kitob schyotidagi pul quyidagi to‘lovlar hisobiga kamayishi mumkin: boshqa tashkilot va korxonalardan olingan mol va moddiy boyliklar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘laganda; mexnatga haq to‘lash va turli xo‘jalik extiyojlari uchun kassaga naqd pul olib kelinganda; davlat byudjeti va sug‘urta organlariga majburiyat yuzasidan pul o‘tqazib berilganda; bankdan olingan ssudalar va ularning foizi qaytarilganda; xo‘jalik faoliyatiga doir boshqa to‘lovlar to‘langanda. Naqd pul hisob-kitob schyotidan pul chekiga asosan beriladi. Xo‘jalikning farmoyishi bilan to‘lanadigan boshqa barcha naqd pulsiz to‘lovlar to‘lov topShirigiga asosan rasmiylashtiriladi. Bu xujjat uch nuShada to‘zilib bankka topShiriladi. To‘lov topshirigining 1- 2- nusxasini bank olib qoladi, 3 nusxasiga pul to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yib to‘lovchi korxonaga qaytarib beradi. Bank korxonaning hisob-kitob schyotidan mustaqil ravishda mol yuboruvchining to‘lov talabnomasiga asosan qarzdor tashkilotga o‘tqazadi. Bunday vaqtda to‘lovchi korxonadan hech qanday farmoyish xujjatlari talab qilinmaydi. korxona haq to‘lashini belgilangan tartibda asosli rad etgan vaqtdagina bank pul o‘tqazib bermaydi. Ba’zi xujjatlarga asosan bank korxonaning hisob-kitob schyotidan so‘zsiz (to‘lovchining rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga qaramasdan) pulni o‘tqazadi. Bunday xujjatlarga xalq sudining ijro varaqalari, davlat arbitraji organlarining buyruklari kiradi. Bunday xujjatlarga asosan kreditor tashkilot to‘lov talabnomasi yozib bankka topshiradi. Bank bu pulni so‘zsiz undirib beradi korxonaning hisob-kitob schyotidan sarflanadigan pulni bank tomonidan xujjatlarning kelib tushish ketma-ketligiga qarab to‘laydi. Download 227.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling