Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi
O’zbekiston respublikasining jahon banki bilan aloqalari hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida uning ahamiyati
Download 253.45 Kb.
|
Nasrullayev Abdulaziz.
2.2 O’zbekiston respublikasining jahon banki bilan aloqalari hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida uning ahamiyati.
Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi, deb aytsak boʻladi. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktyabr), Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018-yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz. Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda. Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv oʻtkazildi. Biz soʻnggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻldik. Xususan, 2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017-yil noyabr va 2018-yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 2021-yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel oʻrtasida telefon muloqoti oʻtkazildi. Tashqi ishlar vaziri A.Komilov YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020-yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mazkur muzokaralar chogʻida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.7 Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda hamkorlikni sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Jumladan, 2019-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va YEI mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz oʻsib, 4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSH dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi. Oʻzaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga koʻtarish maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel oʻrtasida yangi keng qamrovli ikki tomonlama hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish boʻyicha 2019-yildan boshlab faol muzokaralar oʻtkazilmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan koʻp jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur yoʻnalishga, asosan, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi. Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek, Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta koʻrib chiqdi.8 Bularning barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019-yil iyun oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon boʻldi. Yevropa tomonining pozitsiyasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Markaziy Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa oʻrtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir. Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni eʼtirof etgan holda, rasmiy Toshkent tomonidan ilgari surilgan yaxshi qoʻshnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta “Italiya — Markaziy Osiyo” formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019-yil dekabr) oʻtkazdi. Oʻz navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rasmiy Parij ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi.9 2021-yilning aprel va iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha kelishish jarayonini faollashtirish borasida kelishuvga erishildi. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 4-yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, Oʻzbekistonning YEI “PBT+” imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekistonga 30 million yevrodan koʻproq mablagʻ ajratishga qaror qildi. Bundan tashqari, BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5 million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSH dollari va Finlyandiya 1 million yevro miqdorida mablagʻ ajratdi. Fursatdan foydalanib, Yevropadagi hamkorlarimizga Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi hamda respublikaning “GSP+”tizimi doirasida benefitsiar maqomini olishi boʻyicha saʼy-harakatlari, shuningdek, keng qamrovli oʻzgarishlar sharoitida mamlakatimizga koʻrsatayotgan moliyaviy va texnik koʻmagi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2014 — 2020-yillarga moʻljallangan begʻaraz yordami toʻgʻrisidagi koʻp yillik indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablagʻ ajratildi. Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha olib borayotgan xalqaro maydondagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. Oʻzbekiston uchun qoʻshni davlatda uzoq kutilgan tinchlikni oʻrnatish ustuvor ahamiyatga egadir. Biz Yevropa bilan ikki va koʻp tomonlama istiqbolli munosabatlarni davom ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, taʼlim, ekologiya, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash Oʻzbekiston — Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.10 — Oʻzbekistonning dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, YUNISEF bilan hamkorligi bugungi global pandemiyaga qarshi kurashda qanday samaralar bermoqda? — Oʻzbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan agentliklari bilan samarali hamkorligi pandemiya davrida ham susaygani yoʻq. Joriy yilning may iyun oyida Prezidentimiz taklifi bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) fikrimizning yaqqol isbotidir. Mazkur hujjat davlatimiz rahbari tashabbuslarini BMT doirasida ilgari surish, respublika va uning vakillari nomzodlarini BMTning saylov organlari aʼzoligiga ilgari surish va mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini oshirishga qaratilgan siyosiy-diplomatik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha xalqaro maydondagi faoliyatni jadallashtirish borasidagi saʼy-harakatlarni koʻzda tutadi. Tadbirlar rejasi sayyoramizdagi eng universal xalqaro tashkilot — BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan bundan keyingi hamkorlikni sifat jihatdan yangi pogʻonaga koʻtarishi shubhasiz. Shu bilan birga, mamlakatimizda koronavirusning kirib kelishi va uni respublika hududida tarqalishiga qarshi birgalikda kurashishda BMT, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, YUNISEF va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. 8-iyul kuni Jeneva shahrida dunyoning 80 dan ortiq mamlakati davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat sohasida COVID-19ga qarshi kurash masalalari boʻyicha global virtual sammiti boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur tadbir ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatnomasi mamlakatimizda pandemiya sharoitida olib borilayotgan saʼy-harakatlarning jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilayotganidan dalolat beradi. BMT Taraqqiyot dasturi birinchilardan boʻlib Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha aniq maqsadli saʼy-harakatlarni amalga oshirish uchun 250 ming dollar miqdoridagi moliyaviy-texnik yordamni ajratdi.11 Shuningdek, BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish borasida Oʻzbekiston hukumatiga koʻmak berish maqsadida qoʻshimcha ravishda 1 million dollar miqdoridagi grant mablagʻlari ajratishi masalasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, BMTning Toshkentdagi tegishli agentliklari tomonidan COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni baholash hamda bu boradagi dolzarb vazifalarni oʻz ichiga olgan “Ijtimoiy-iqtisodiy choralar boʻyicha umumlashtirilgan koʻp tomonlama taklif” deb nomlangan tahliliy hujjat ishlab chiqildi. Hujjatda koronavirus pandemiyasi sharoitida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb ijtimoiy, shu jumladan, sogʻliqni saqlash sohasiga oid masalalar bilan bir qatorda, BMT va uning respublikada faoliyat yuritayotgan agentliklarining Oʻzbekiston hukumatiga kechiktirib boʻlmaydigan makroiqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni tiklash, xususan, mahsulot eksportining kamayishiga, kichik va oʻrta biznes korxonalarining yopilishiga va tegishli ish joylarining qisqarishiga yoʻl qoʻymaslik borasida yaqindan koʻmak berish boʻyicha taklif va tavsiyalari oʻz aksini topgan. Oʻz vaqtida ishlab chiqilgan ushbu tahliliy hujjat hozirgi sharoitda juda muhim ahamiyatga ega boʻlib, respublikada pandemiyaga qarshi jadal olib borilayotgan tadbirlarni BMT va uning ixtisoslashgan agentliklari tajribasi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda manzilli yoʻnaltirish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston tomoni, albatta, BMTning mazkur hujjatni tayyorlash borasidagi faoliyatini yuqori baholaydi va shu kabi masalalarda bundan keyin ham tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Oʻzbekistonga laboratoriya va sinov toʻplamlarini sotib olishda, infeksiya tarqalishini nazorat qilishda, xalqaro sogʻliqni saqlash qoidalari va COVID-19 maʼlumotlarini toʻplashda yordam bermoqda.12 XULOSA. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо‘p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni о‘rganadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi. Download 253.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling