Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi
Jahon savdo tashkilotining faoliyati
Download 253.45 Kb.
|
Nasrullayev Abdulaziz.
Jahon savdo tashkilotining faoliyati. Jahon savdo tashkilotining tarkibiy tuzilishi. Tashkilot ham iqtisodiy, ham turli ko‘rinishdagi savdo bitimlarini aks ettirgan huquqiy hujjatdir. 1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, aqliy mulk haqidagi bitim Butunjahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlari sanaladi.
Savdo tashkilotining barcha bitimlari a’zo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan. Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini ta’minlash, iqtisodiy o‘sish va insonlar farovonligini oshirishdir. Tashkilot ishtirokchi davlatlar ko‘p tomonlama qabul qilingan bitimlarga amal qilishini nazorat qilish, savdo muzokaralari o‘tkazish, savdo nizolarini tashkilot tamoyillariga asoslangan holda hal etish, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish va davlatlarnng milliy iqtisodiyotini tavsiflash orqali yuqorida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshiradi. Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus – umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror ko‘pchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan bo‘lsa-da, hozirda bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga binoan ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi. Vazirlar konferensiyasi bosh kengashni yo‘naltirib, bosh kengashni borayotgan ishlar borasida javobgar hisoblanadi va yig‘inlarini tashkilotning shtab-kvartirasi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir necha marta chaqiradi. Yig‘ilishlarda tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida ikkita maxsus organ nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shug‘ullanadigan organlar kiradi. Bundan tashqari, bosh kengash takibida savdo va rivojlanish bo‘yicha qo‘mita, savdo balansi borasida cheklovlar o‘rnatuvchi qo‘mita va budjet, moliya va ma’muriy masalalar bilan shug‘ullanadigan qo‘mita faoliyat yuritadi. Bosh kengashdan quyi pog‘onada yana uchta kengash faoliyat yuritadi, bularga tovarlar savdosi bo‘yicha kengash, xizmatlar savdosi bo‘yicha kengash va aqliy mulk huquqi bo‘yicha kengash kiradi. Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti qoshida ixtisoslashtirilgan qo‘mita va ishchi guruh faoliyat yuritadi. Bularning asosiy vazifasi atrof muhit himoyasi masalasi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi muammolarni o‘rganuvchi idora, tashkilotga a’zo bo‘lish istagidagi mamlakatlar bilan shug‘ullanuvchi idora va mintaqiviy savdo bitimlari bilan shug‘ullanuvchi idoralar kiradi. Jahon savdo tashkiloti bosh kotibiyati Jeneva shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda 500 xodim faoliyat olib boradi. Kotibiyat qaror qabul qilmaydi, chunki barcha qarorlar a’zo mamlakatlarning o‘zi tarafidan qabul qilinadi. Kotibiyatning asosiy vazifalari tashkilot yig‘inlariga tashkiliy va texnik masalalarda yordam berish, jahon savdosi tahlillarini yuritish va tashkilot haqida jamoatchilikka tushuntirish berishdan iborat. Kotibiyat, shuningdek, bahslashayotgan a’zo mamlakatlarga huquqiy yordam berish ishlari bilan ham shug‘ullanadi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar teng huquqlilik asosida savdo sohasida o‘zaro sherikchilik qiladi. A’zo mamlakatlar adolat tamoyillariga asoslangan holda eksport va import borasida shartnoma imzolaydi. Mahsulotlar: savdo va tariflar borasidagi bosh bitim oldi-sotdi munosabatlarida asosiy qoidadir. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo, mahsulotlar standarti borasidagi talablar, subsidiya berish, demping siyosatiga qarshi harakat kabi qoidalar bosh bitimni to‘ldiruvchi hujjatlar hisoblanadi. Xizmatlar: xizmatlarning erkin eksporti va importi talablari Xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimda belgilab qo‘yilgan. Xizmat ko‘rsatish borasida har bir mamlakat uchun o‘ziga xos imkoniyat va cheklovlar belgilangan. Xizmat ko‘rsatish borasida nizo yuzaga keladigan bo‘lsa, nizo muzokaralar yordamida hal etiladi. Aqliy mulk huquqi. Tashkilotning bosh bitimiga muvofiq savdo operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda aqliy mulk huquqi himoya qilinadi. Aqliy mulkka mualliflik huquqi, savdo markalari, mahsulotlarni nomlashda ishlatilgan logotiplar, sanoat modellari, integral mikrosxemalar topologiyasi va savdo sirlari kiradi. Bahslarni hal etish: nizolarni hal etish jarayonlari va qoidalari haqidagi bitimga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi konsultatsiya, muzokaralar yordamida amalga oshiriladi. Nizolarni hal qilib bo‘lmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, bosqichma bosqich belgilab qo‘yilgan jarayondan o‘tish, ekspertlar guruhining qarorini olish va apellyatsiya berish mumkin. Bu jarayon hozirda ko‘p holatlarda o‘zini oqlab kelmoqda. Tashkilot tuzilganidan beri unga 490 ta shikoyat kelib tushgan. Shulardan 93 tasini konsultatsiya darajasida hal etishga erishilgan; faqatgina to‘rtta shikoyatga qarshi chora ko‘rish orqali hal qilishga erishilgan. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AQSh va Argentinadan Yevropa hududiga GMO mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash borasida tashkilotga shikoyat qilgan. Uch yillik o‘rganish natijasida taqiq noqonuniy deb topilgan. Lekin AQSh va Argentina hukumatiga eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibida GMO mavjudligi haqida ma’lumotni qayd etish lozim degan talab qo‘yilgan. Tashkilot savdo tizimining afzalliklari Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zo mamlakatlarga iqtisodiy manfaat keltiradi. Tashkilotga a’zo bo‘lishning ijobiy jihatlari quyidagilar: - iqtisodiy manfaat eng avvalo o‘zaro mahsulot ayriboshlash yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga sharoit yaratadi; - mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatga iqtisodiy nizolar tinch yo‘l bilan hal etilishi evaziga ijobiy ta’sir qiladi; - aholi turmush darajasini yaxshilanishiga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot iste’mol qilish imkonini yaratadi; - liberal savdo mamlakat va alohida vatandoshlarning daromadlarini oshiradi; - mehnat bandligi sohasida ijobiy ta’sir qiladi; - savdo sohasidagi ortiqcha xarajatni kamaytiradi; - iste’molchilar uchun tanlash imkoni berib, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxini tushirishga xizmat qiladi; - milliy ishlab chiqarish hajmini oshiradi, budjetga pul tushumlarini ko‘paytiradi; - tovar ayriboshlanishi texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shadi. Oxirgi paytlarda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi haqida gaplar tarqamoqda. Nima ham derdik, O‘zbekiston tashkilotga qo‘shiladigan bo‘lsa, bu avtomobil sanoatidagi proteksionizm siyosatidan voz kechilishiga, monopoliya tugatilishiga va aholi turmush farovonligi oshishiga umid baxsh beradi.6 Download 253.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling