Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 1.3. Investitsiyalash maqsadlari va diversifikasiyalanishi. Investitsiyalarning


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 1.3. Investitsiyalash maqsadlari va diversifikasiyalanishi. Investitsiyalarning 
tasniflanishi
Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlarni investitsion siyosat asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat 
birinchidan, kapital quyilmalarning ustivor yo‗nalishlarini, ikkinchidan, ishlab 
chiqarish kuchlarini to‗g‗ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika 
taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalar turli 
shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtirishni talab etadi. Chunki mavjud 
imkoniyatlardan samarali foydalanish esa investitsiyalarni shakllarga ajratgan holda 
tasniflanishini taqozo etadi. Buning uchun: 
Birinchidan, qo‗yilish ob‘ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy 
shakllarga ajratish orqali ularni iqtisodiyotga jalb etishni ta‘minlash muhimdir. 
Real investitsiyalar (kapital qo‗yilmalar) – pul mablag‗larini korxonaning 
moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishini anglatadi. Asosiy kapitalning 
elementlarini sotib olish bilan bog‗liq investitsiyalar moddiy investitsiyalar bo‗lib, 
ko‗pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Bunda bir 
tomondan o‗z mablag‗lari va ikkinchi tomondan qarzga olingan mablag‗lar ishtirok 
etishi mumkin. Qarzga mablag‗ taqdim etilishida investor rolini bank bajaradi, chunki 
bank aniq loyihalarga kredit mablag‗larini jalb etishi mumkin. Shu bilan birga 
nomoddiy (potensial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga 
oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini (ITTKI yoki ruscha NIOKR deb yuritiladi) amalga oshirish
yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. 
Ko‗pgina iqtisodchi olimlar turli darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy 


17 
tekshirish, litsenziya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda 
nomoddiy aktivlarga yo‗naltirilgan investitsiyalarni ko‗pgina iqtisodchi olimlar 
intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. 
Bugungi kunda investitsiya faoliyatini tubdan qayta ko‗rib chiqish strategik 
ahamiyatga molik investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda xorijiy investitsiyalar 
uchun ishonchli va samarali investitsion loyihalarni taqdim etish, investitsiya 
faoliyatini ichki manbalarini to‗g‗ri yo‗naltirish va bu borada investorlar rolini 
yanada oshirish maqsadida iqtisodiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor 
tomonidan sotib olingan aksiyalarning firma ustidan nazorat va ta‘sir doirasi 
belgilariga ko‗ra tasniflanishiga alohida e‘tibor qaratilib kelinmoqda. Bizning 
fikrimizcha, bu juda muhim tarmoq bo‗lib hisoblanadi. Bunda investitsiyalar 
quyidagi 
belgilariga 
ko‗ra 
tasniflangan: 
qo‗yilma 
ob‘ektlariga 
ko‗ra; 
investitsiyalashda qatnashish harakteriga qarab; investitsiyalash muddatiga ko‗ra; 
mulkchilik shakllari bo‗yicha; hududiy belgisi bo‗yicha (1.2-rasm). 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling