Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
I BO‟LIM. INVESTITSIYALASH ASOSLARI
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
I BO‟LIM. INVESTITSIYALASH ASOSLARI
I BOB. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA MOHIYATI § 1.1. ―Investitsiya‖ fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog‗liqligi § 1.2. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati § 1.3. Investitsiyalash maqsadlari va diversifikasiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi § 1.4. Moliyaviy va real investitsiyalarning o‗zaro bog‗liqligi. Jamg‗armalar – investitsiyalar manbasi sifatida § 1.5. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli § 1.1. “Investitsiya” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog„liqligi Davlatning investitsion faoliyati va investitsiya dasturlarini amalga oshirish o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiya kiritish muammolarini o'rganish har doim iqtisodiy fanning diqqat markazida bo'lib kelgan. Buning sababi shundaki, investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning chuqur poydevorlariga ta'sir qiladi va umuman iqtisodiy o'sish jarayonini belgilaydi. Zamonaviy sharoitda ular milliy iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy inqirozni yengish, texnologik taraqqiyotni ta'minlash, mikro va makro darajada iqtisodiy faoliyat sifat ko'rsatkichlarini yaxshilashning muhim vositasidir. Shu bois ham hozirgi zamon bosqichida investitsiya fanining predmeti bo‗lib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya fanini o‗rganishda asosiy e‘tibor investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qulay muhit yaratish, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini asoslash, investitsiyani boshqa moliyaviy kategoriyalar ichida tutgan o‗rni, investitsiyalarni moliyalashtirishning mukammal shakllari bo‗lgan lizing kreditlari va investitsiyalarni loyihalashni moliyalashtirish shakllariga, mamlakatda investitsiya muhitini yaratishga va hokazolarga katta e‘tibor berilishini talab etadi. Investitsiya muhitini va unga ta‘sir etuvchi omillar, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi, 6 investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari, ular tarkibida budjet, bank va boshqa moliyaviy institutlar resurslarini jalb etilishini dinamik holatini tahlil etish va ular bo‗yicha talabalarga amaliy-nazariy savollar yuzasidan bilim egallashlariga imkoniyat yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu fanni o‗rganishning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib investitsiyalarni jalb etilishini, iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashdagi ahamiyati doirasida ko‗nikmalar hosil qilish bo‗lib hisoblanadi. Buning uchun investitsiya sohasida to'plangan milliy va xorijiy tajribadan foydalanish va investitsiya faoliyatini tartibga solishning umumiy printsiplari, usullari va vositalarini ishlab chiqish zarur, bu esa ushbu faoliyatni O'zbekistonda amalga oshirish uchun huquqiy normalar va qoidalarning umumiyligini tartibga soladi. Huquqiy baza yangi ilg'or usullarni: moliyaviy lizing, loyihalarni kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish va boshqalarni joriy etish imkoniyatini yaratishi kerak. Samarali investitsiya tizimi bir vaqtning o'zida davlat va investorlarning daromadlarini ko'paytirishni, xususiy va institutsional investorlarga huquqiy kafolatlar berishni o'z ichiga oladi. Ushbu tizim O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va rag'batlantirishning keng qamrovli maqsadli konseptsiyasi asosida yaratilishi mumkin. Umumiy tarzda aytganda ―Investitsiya va innovatsiyalar‖ fanining asosiy maqsadi – talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash va monitoringini tashkil etish bo‗yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish bo‗lib hisoblanadi. Fanning vazifasi – talabalar investitsiya fanida o‗rganadigan savollarni to‗liq o‘rganish uchun quyidagilarga e‘tiborli bo‘lishlari kerak: investitsiyalarning iqtisodiy tabiati, mazmuni va ahamiyati; investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; investitsiya jarayonlarini amalga oshirish bosqichlari; O‗zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va 7 tashkiliy asoslari; iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni o‗rni; iqtisodiyotning xalqaro integrasiyasida xorijiy investitsiyalarning o‗rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish; iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o‗rni; iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning o‗rni va ahamiyati; investitsiya muhiti va unga ta‘sir etuvchi omillar; davlat investitsiya dasturini shakllantirish tartibi; kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi; investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash; investitsiya faoliyatida moliyaviy vositalar va investitsiya faoliyatini kreditlash; investitsiyalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‗larini to‗plash usullari va shakllari, investitsiya faoliyatida lizing va investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish; nomoddiy aktivlarga yo‗naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va joylashtirish usullari; innovatsiya strategiyasini mohiyati; innovatsion loyihalarni venchurli moliyalashtirish; mamlakat innovatsion faoliyatini baholashning xorij tajribasi; venchurli moliyalashtirishda yuzaga keladigan innovatsion risklar; investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo‗llari bo‗yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‗rgatishdan iborat. Fanni o'rganish ob'ekti bo'lib investitsiya sohasidagi davlatning makroiqtisodiy siyosati va O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish davrida investitsiya faoliyatini moliyaviy va pul-kredit orqali tartibga solish bo'yicha to'plangan tajriba kiradi. Ushbu fanni o'rganish uchun uslubiy asos bo‘lib O'zbekiston va xorijiy olimlar va iqtisodchilarning nazariy va amaliy ishlanmalari, O'zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga solishga oid qonunlari va normativ hujjatlari hisoblanadi. ―Investitsiya‖ umumkasbiy fan hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga 8 oshirish uchun talabalar o‗quv rejasida rejalashtirilgan ―Moliya‖, ―Xalqaro moliya munosabatlari‖, ―Moliya bozori‖, ―Iqtisodiy tahlil‖, ―Soliqlar va soliqqa tortish‖, ―Sug‗urta ishi‖ fanlaridan bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lishi talab etiladi. ―Investitsiya va innovatsiya‖ fanining ishlab chiqarishdagi o‗rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog‗liq risklarni boshqarishda namoyon bo‗ladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday mulk shaklida xo‗jalik yurituvchi subektning investitsiya resurslariga bo‗lgan ehtiyojining ortib borishi mazkur fanning ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling