Uzoq muddatli kreditlar (Долгосрочные кредиты / Long-term loans) –
Besh yildan ortiq muddatga (ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni qurish, qayta taʻmirlash va texnik qayta jihozlashga doir xarajatlar bilan bogʻliq) investitsiya maqsadlari uchun beriladigan ssudalar.
Faktoring (Факторинг / Factoring) – banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlarning korxonalar qarzlarini (yetkazib berilgan va bajarilgan xizmatlarga
286
haq toʻlash boʻyicha majburiyatlarini) oʻz zimmasiga olishidan iborat boʻlgan moliyaviy-tijorat xizmat turi.
Foiz (Процент / rate) – hissa, ustama, qoʻshimcha foyda.
Fond birjasi (Фондовая биржа / Stock Exchange) – bu qimmatli
qogʻozlar olib-sotiladigan savdo joyi.
Foyda (прибыль / profit) – daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq. Xalqaro kredit (Международный кредит / International credit) – bu
xalqaro umumiqtisodiy sohada bir mamlakat tomonidan boshqa mamlakatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qarz.
Xususiy banklar (Частные банки / Private banks) – jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari hisobidan tashkil qilingan banklar.
Xalqaro lizing (Международный лизинг / International leasing) – koʻpincha bu moliyaviy lizing (moliyaviy lizingni-qarang) boʻlib, bunda bir tomonda chet el hamkori (sherigi) turadi.
Xususiy kapital (Частный капитал / private capital) – bu ustav kapitali, qoʻshilgan, zahira kapitali hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Chek (банковский чек / bank check) – bankka berilgan farmoyishga koʻra shaxsning joriy hisobvaraqda koʻrsatilgan summani berish toʻgʻrisidagi maxsus hujjat.
Shubhali kredit (Сомнительные кредиты / Doubtful) – substandart kreditiga xos boʻlgan belgilarga ega. Qoʻshimcha xususiyati – qarzning yomon taʻminlanganligidir. Zarar koʻrishi ehtimoli juda ham katta hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |