Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet2/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Taqrizchilar:
Toshnazarov S.N. – i.f.d., dosent;


Shermatov A.M. – “Ipak Yoʻli” aksionerlik innovatsion tijorat banki ―Umar‖ Mintaqaviy filiali bosh hisobchisi.
2
KIRISH

Respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash koʻlamini kengaytirish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turlarini koʻpaytirish va shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirishini koʻzda tutilmoqda.


Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019-yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʻni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʻsir qilmoqda.




Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim.


Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi...»1,- degan dolzarb masalalarni qoʻydi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklari faoliyatidagi holat, ularning aktiv va passivlarini qay darajada samarali boshqarilayotganligini oʻrganish, tahlil qilish va boshqarish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Soha mutaxassisi tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish usullarini mukammal bilagandagina bank faoliyatini samarali boshqara oladi. Bu borada «Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish» fani soha mutaxassislari uchun dasturulamal vazifasini bajaradi.


―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining asosiy maqsadi – tijorat banklari aktiv va passivlarini shakllantirish, samarali boshqarishni tashkil





  1. Ш.Мирзиѐевнинг 2019 йил учун мўлжалланган энг муҳим устувор вазифалар ҳақидаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. Т.2019 й.

3
etish, tijorat banklarining aktiv va passivlari monandligini (adekvatligini) taʻminlash, likvidlilik va rentabellikni boshqarish usullarini tadbiq qilish, tijorat banklari aktiv va passivlarini operativ va strategik rejalashtirish, innovatsion xizmatlarni tadbiq qilish masalalarini oʻrgatish boʻlib hisoblanadi.

―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining vazifasi – tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarishda depozit siyosati va uni takomillashtirish, tijorat banklari aktiv va passivlarini strategik boshqarish va tijorat banklari resurslari va ulardan samarali foydalanish yoʻllari, tijorat banklari kapitalini boshqarish, qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish, banklararo kredit resurslari bozori va passivlarini jalb qilish mexanizmi, tijorat banklari oʻz mablagʻlari va ularning tarkibi, jalb qilingan mablagʻlar va ulardan samarali foydalanish, bank aktiv va passivlarini boshqarish metodlari, bank aktivlari va passivlarini boshqarishning direvativ qurollari, tijorat banklari resurslari bilan bogʻliq risklarni boshqarish haqida nazariy-amaliy bilimlarni oʻrgatishdan iborat.

4


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling