Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet9/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

daraja. 50% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga quyidagilar kiradi:

ipoteka kreditlari;


– IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari;


– IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan taʻminlangan boshqa barcha aktivlar;


– bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va kafolatlar boʻyicha toʻlovlar alohida loyihalar boʻyicha tushumlardan emas, balki yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar budjeti hisobidan amalga oshiriladi.


– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;


– joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan taʻminlangan aktivlar va ularning qismlari;


– bankning IHTTga aʻzo boʻlmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTTga aʻzo boʻlmagan davlatlar Markaziy hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada


15
moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar qismi risk darajasi yuqori (100 foiz) boʻlgan aktivlar qatoriga kiritiladi.


IV daraja. Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga quyidagilar kiradi:

– korporativ qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar;


– mijozlarga berilgan kreditlar;


asosiy vositalar;


– boshqa aktivlar.


Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, yaʻni risk darajasi 100 foizga teng boʻlgan aktivlar hisoblanadi:


– bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan taʻminlanmagan akkreditivlar;


– bank tomonidan berilgan kafolatlar;


– forvard transaksiyalari;


– bank tomonidan berilgan opsionlar va fyucherslar.




Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini oʻlchash standart koeffisientlari aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining kredit sifatidan qatʻi nazar kapitalga 8% (yaʻni, riskni oʻlchash koeffisientining 100% degan holda) miqdorida ajratmalar (zahira) qilish nazarda tutiladi.


Bazel-II standartiga koʻra 150% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar paydo boʻldi:

sud jarayonidagi aktivlar;


– bankning balansiga olingan, ammo 2 yil ichida sotilmagan aktivlar;


– VV - dan (toʻlov qobiliyati past boʻlgan daraja) past reyting darajasiga ega boʻlgan mijozlarga berilgan kreditlar.


Tijorat banklari aktivlari va majburiyatlari muddatiga koʻra quyidagicha turkumlanadi:


1) Muddatsiz;


2) 1 kundan 30 kungacha muddatdagi;


16


  1. 31 kundan 180 kungacha muddatdagi;




  1. 181 kundan 365 kungacha muddatdagi;




  1. 365 kundan ortiq muddatdagi aktivlar va majburiyatlar.



1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling