Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINING TARKIBIY TUZILISHI VA ULARNI BOSHQARISH ZARURLIGI


Download 1.01 Mb.
bet7/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

2-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINING TARKIBIY TUZILISHI VA ULARNI BOSHQARISH ZARURLIGI



  • 2.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi




  • 2.2. Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi







  • 2.4. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishning zamonaviy bosqichida tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar




  • 2.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi

Tijorat banklarining aktivlari likvidlilik darajasiga koʻra quyidagicha tarkiblanadi:





  1. Kassali aktivlar




  1. Qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar




  1. Kreditlar




  1. Asosiy vositalar




  1. Kassadagi naqd pullar




  1. Bankning Markaziy bankdagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul mablagʻlari




  1. Bankning boshqa banklardagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridagi pul mablagʻlari




  1. Inkassatsiya jarayonidagi pul mablagʻlari (flout)

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʻminlashda asosiy eʻtibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar oʻrtasidagi nisbatning oqilona darajasini taʻminlash lozim. Tijorat banklari aktivlarining optimal tarkibini shaklalntirishda yuqori likvidli aktivlar bilan riskli aktivlar oʻrtasidagi nisbatning oqilona darajasini taʻminlash lozim, degan xulosani shakllantiradi.


12
Qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarning quyidagi toʻrt shaklini ajratib koʻrsatish lozim:



  1. Hukumatning qimmatli qogʻozlari;




  1. Boshqa banklarning depozit sertifikatlari;




  1. Tijorat qimmatli qogʻozlari;

g) Investitsion jamgʻarmalar.


Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab korxonalarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. Bunday holatlarni ―Oʻzsanoatqurilishbank‖ ATBda, TIF Milliy bankida va boshqa tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.


Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kassali aktivlardan tashqari tijorat banklarining balansidagi Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalarni ham kiritilishi lozim.


Tijorat banklarining likvidli aktivlarining miqdorini depozitlarning nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki joriy depozitlar va jamgʻarma depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori boʻlib, tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Fikrimizcha, depozitlarning barqaror qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotiga xos boʻlgan holat hisoblandi. Mazkur mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror boʻlgan mijozlarning koʻpligi, Markaziy bank monetar siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq yukini moʻtadil darajaga keltirilganligi va boshqa omillar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul oqimining barqaror darajasini taʻminlashga zamin yaratadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, moliya bozorlari rivojlanmaganligi, Markaziy bankning monetar siyosatida


13
noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatining takomillashmaganligi va boshqa omillar xoʻjalik subyektlarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xoʻjalik subyektlari pul oqimining barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va jamgʻarma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi kuchayadi.

Bazel standartiga koʻra, tijorat banklarining aktivlari risk darajasiga koʻra toʻrt guruhga boʻlinadi:3





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling