Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish fanining


Download 1.01 Mb.
bet5/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

1.2. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish fanining



maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi

―2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖ da bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʻminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, banklarning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbikorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish vazifalari qoʻyilgan.


Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida tijorat banklari faoliyatiga umum eʻtirof etilgan zamonaviy meʻyorlar, standartlar va baholash koʻrsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash koʻrsatkichlarini yanada takomillashtirish, bank nazoratining xalqaro prinsiplari asosida tijorat banklari kapitalining yetarliligi,


8
likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarni bajarilishini taʻminlash, Bazel qoʻmitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish vazifalari qoʻyilgan.


Yuqorida qayd etilgan holatlar ―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanini oʻqitishga nisbatan talablarni kuchaytirishga xizmat qiladi.


―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining asosiy maqsadi – tijorat banklari aktiv va passivlarini shakllantirish, samarali boshqarishni tashkil etish, tijorat banklarining aktiv va passivlari monandligini taʻminlash, likvidlilik va rentabellikni boshqarish usullarini tadbiq qilish, tijorat banklari aktiv va passivlarini operativ va strategik rejalashtirish, innovatsion xizmatlarni tatbiq qilish va ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.


Fanning asosiy vazifalari quyidagilardir:



  1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini oʻrgatish.




  1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarish prinsiplari va usullarni oʻrgatish;




  1. Banklar majburiyatlarini boshqarish prinsiplari va usullarini oʻrgatish;




  1. Tijorat banklari kapitalini boshqarish prinsiplari va usullarini oʻrgatish;




  1. Bank risklarini baholash va boshqarishni oʻrgatish;




  1. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishni oʻrgatish;




  1. Tijorat banklarining daromad va xarajatlarini boshqarishni oʻrgatish;




  1. Tijorat banklari foydasini taqsimlashni oʻrgatish.

―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani magistratura mutaxasisligida oʻqitiladigan ―Toʻlov tizimi va bank xafsizligi‖, ―Bank risklari‖, ―Monetar siyosat‖, ―Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob kitoblar‖ va umum metodologik fanlarning uzviy davomidir.


―Toʻlov tizimi va bank xafsizligi‖ fanida tijorat banklari aktivlari va passivlarining shakllanishida toʻlovlar va ularning xafsizligi, ulardan foydalanish samaradorligini baholash yoʻllari, banklarning kredit va foiz siyosati, tijorat


9
banklarining likvidliligi va uni taʻminlashda bank xafsizligining yoʻllari oʻrganiladi

―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob kitoblar‖ fani bilan uzviy bogʻliqdir. Buning sababi shundaki, hozirgi davrda bank ishi yuqori darajada rivojlangan uch markazning mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanib qoldi. Bular: AQSh, Yaponiya va Gʻarbiy Yevropa. Mazkur markazlarning tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish borasidagi tajribasini oʻrganish Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.


―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Monetar siyosat‖ fani bilan uzviy bogʻliqdir. Chunki, ―Monetar siyosat‖ fanida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini monetar siyosat instrumentlari orqali tartibga solishning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganiladi. Jumladan, tijorat banklarining likvidliligiga majburiy zahira va ochiq bozor siyosatlari orqali taʻsir etish, banklarni qayta moliyalash siyosati doirasida kreditlash masalalari chuqur oʻrganiladi.


―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Bank risklari‖ fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Xususan, tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan risklarni baholash va boshqarish usullari ―Bank risklari‖ fanida batafsil oʻrganiladi. Holbuki, tijorat banklari aktivlarining daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash ―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling