Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet8/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

I daraja. 0% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga, yaʻni risksiz aktivlarga quyidagilar kiradi:



  1. tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar;




  1. bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob raqamidagi pul mablagʻlari;




  1. Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar;




  1. tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar (Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan hukumatning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, ularning muddatidan qatʻi nazar, risksiz aktiv hisoblanadi);




  1. hukumat va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;




  1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qoʻyiladigan boshqa talablar;




  1. aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga denominasiya qilinib, naqd pul bilan taʻminlangan hamda bankda alohida cheklab qoʻyilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi.




  1. daraja. 20% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi:




  1. Ўзбекистон Республикаси Марказий банкнинг 2015 йил 14 июлда ―Тижорат банкларида активлар сифатини таснифлаш ва активлар бўйича эҳтимолий йўқотишларни қоплаш учун заҳиралар шакллантириш ҳамда улардан фойдаланиш тартиби тўғрисидаги‖ Низоми

14
– tijorat bankining boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul mablagʻlari;

– hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;


– flout (inkassasiya jarayonidagi pul mablagʻlari);


– IHTT mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtgan banklar va boshqa depozitar institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan taʻminlangan kreditlar va boshqa aktivlar yoki ularning qismi;


– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga bergan kreditlari va boshqa talablari, shuningdek, ushbu tashkilotlarning qimmatli qogʻozlari bilan taʻminlangan talablar.




  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling