Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Tijorat banki filialining ichki audit bo’limi faoliyati bilan tanishish


Download 494.32 Kb.
bet16/20
Sana31.07.2023
Hajmi494.32 Kb.
#1663978
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Abdukarimov Mo\'hsinning amalyot hisoboti

Tijorat banki filialining ichki audit bo’limi faoliyati bilan tanishish.

Insoniyat tarixiga bir nazar solsak, jamiyat rivojlana borishi bilan birga jamiyatda bo’layotgan xodisa va voqealarning kelib chikish sabablari, kutilishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni o’rganuvchi bir qator tabiiy, iqtisodiy va gumanitar fanlar shakllana boshladi. Bu fanlar bilan birga iqtisodiyot fani ham jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy hodisalarni o’rganish, ularni tahlil qilish hamda jamiyatdagi moddiy ne’matlar yaratishdan tortib, uni iste’moli bilan bog’liq muammolarni o’rgana boshladi. Butun dunyoda jamiyatning tuzilishi qanday bo’lishidan qat’iy nazar uning a’zolari insonlar o’zlarining ehtiyojlarini qondirish va hayotlari uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni yaratish ustida izlanishlar olib boradilar. Bu izlanishlar natijasida jamiyat rivojlanishi shakllana boshlaydi. Shu bilan birga jamiyat a’zolari ya’ni kishilar, guruhlar, tashkilotlar va mamlakatlar o’rtasida o’zlarida mavjud bo’lgan resurslardan foydalanib yuqori daromad olishga erishish va olingan daromaddan samarali foydalanish orqali barqaror turmush tarzini yaratishga bo’lgan intilish kishilar o’rtasida iqtisodiy raqobat kurashini keltirib chiqaradi.Bu raqobat kurashi jamiyat va iqtisodiyotning rivojlanishiga ko’rinmas kuch sifatida doimo turtki beradi va iqtisodiyot va jamiyat shu raqobat kurashi orqali rivojlanadi. Audit faninig shakllanishiga bir nazar solsak, auditning tarixiy vatani Angliya bo’lib, 18 asrning o’rtalaridan boshlab Angliyada auditorlik tashkilotlari to’g’risida bir qator qonunlar qabul qilingan. Ushbu auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunlarga muvofiq aktsiyadorlik tashkilotlarda korxona va tashkilotlarning boshqaruvchilari zimmasiga bir yilda kamida bir marta buxgalteriya xisob varaqlarini tekshirish va aktsiyadorlar oldida hisobot berish uchun maxsus odam taklif qilish vazifasi yuklatilgan edi.


Audit to’g’risidagi qonun Angliyada 1862 yilda chiqqan. Xuddi shunday qonun 1867 yilda Frantsiyada ham qabul qilingan. Amerika Qo’shma Shtatlarida auditning iktisodiyot uchun zarur ekanligi 1937 yilga kelib tan olindi va tegishli qonun xujjatlari qabul qilindi. Auditorlik faoliyati bizning mamlakatimizda yangi faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda audit 90-yillarning boshida – mustaqillikka erishilgandan so’ng va bozor iqtisodiga o’tishi bilan rivojlana boshladi. Nodavlat sektorida korxonalar vujudga kelishi bilan auditorlik faoliyati xizmatiga talab yuzaga keldi, chunki bozor strukturalari o’zlarining faoliyatlariga mustaqil baho berilishiga ehtiyoj sezdilar. O’zbekistonda auditni rivojlanishiga kadrlarni tayyorlash va normalar ishlab chiqish faoliyati bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar Assotsiatsiyasi katta hissa qo’shdi. Auditni rivojlanishida auditorlarning professional tayyorgarliklari muhim rol o’ynaydi. Jamiyat rivojlana borishi bilan birga jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni o’rganish, qilingan ishlarni sarhisob qilish, natijalarni oydinlashtirish, oldindan amalga oshirmoqchi bo’lgan imkoniyatlarni chamalash, kelgusi ishlarni rejalashtirish, faoliyatni sarxisob qilish va faoliyatga baho berish tizimlari o’zo’zidan jamiyat uchun zarurat sifatida asta sekin shakllana boshladi. Shunday faoliyat turlaridan biri bu auditorlik faoliyatidir.


Download 494.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling