Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Download 494.32 Kb.
bet1/20
Sana31.07.2023
Hajmi494.32 Kb.
#1663978
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Abdukarimov Mo\'hsinning amalyot hisoboti



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI
Moliya va moliyaviy texnologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha
3-kurs MK-120 guruh talabasi
Abdukarimov Mo’hsin Abdurayim o‘g‘lining
3 - KURS AMALIYOTI BO‘YIChA

HISOBOTI
«Xalq Banki» misolida
Samarqand viloyati, Toyloq tumani

Amaliyoti rahbari: USMONOV P

SAMARQAND – 2023


Reja:

  1. Kirish

  2. Viloyat (tuman, shaxar) tijorat banki filiallarida ularning (tuman, shaxar) bo’limlari faoliyatlari bilan tanishish.

  3. Banklarni tashkiliy tuzilishi bilan tanishish va ular haqida kunikmaga ega bulish.

  4. Bank to’g’risidagi qonun va qonun osti xujjatlari haqida tasavvur ega bo’lish.

  5. Tijorat banki filialining kredit bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish.

  6. Tijorat banki filialining valyuta operatsiyalari bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish.

  7. Tijorat banki filialining ichki audit bo’limi faoliyati bilan tanishish.

  8. Banklarda moliyaviy nazoratning tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish.



Kirish
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.
Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir.

Bank Tarixi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.




Xizmat tarmoqlari


Bugungi kunda, Xalq banki O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

  • 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari,

  • 106 ta „Bank xizmatlar markazi“,

  • 3 000 dan ortiq kassalar;

  • 355 ta 24/7/365 — rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ faoliyat yuritmoqda.

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 1 289 ta bankomatlar faoliyat yuritmoqda.


Download 494.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling