Nematova nargiza muxtorovna
Download 449.5 Kb.
|
учунчи ренессанс ва таълим
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI NEMATOVA NARGIZA MUXTOROVNA UCHINCHI RENESSANS VA TA’LIM Toshkent-2023 UO‘K:...
E: .... N.M.Nematova. Uchinchi renessans va ta’lim. (monografiya) – Toshkent: “ ...... “ -, nashriyoti, 2023y. – 146 b. Ushbu monografiyada mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, hususan 2030 yilgacha bo‘lgan davr ichida oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining chora tadbirlari, amalga oshirish yo‘llarining ilmiy – nazariy asoslari haqida, mamlakatimizda ta’lim sohasida boshlangan yangilanishlar, uchinchi renessans zaruriyati va uning ta’limdagi o‘rni haqida, ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari va turlari haqida so‘z boradi. Muallif bu borada mustaqil izlanuvchi va oliy ta’limda faoliyat yuritib kelayotgan pedagog sifatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida o‘z mulohazalarini bayon qilgan. Monografiya pedagoglar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Ma’sul muxarrir : Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 2023 yil .... dagi № ... sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. ISBN: ......... N. Nematova “...........” nashriyoti , 2023. KIRISh Bugungi yangilanib borayotgan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim sohasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilayotganligi barchamizni hursand qiladi. Bu bejizga emas albatta, barcha ravnaq topish istagidagi jamiyatlarda ham insonlarning bilim va malakasi shu jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining aniqlovchi omili bo‘lib kelgan. Mamlakatimizda barcha jabhada olib borilayotgan islohotlar natijadorligi aynan ta’limdagi mavjud holat bilan bog‘liq ekanligi barchaga yaxshi ayon. Shu boisdan ham yurtimizda ta’limdagi, xususan, oliy ta’limdagi integratsiyaga taraqqiyotning muhim yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Uchinchi Renessans yaratish zaruriyati ham bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarda alohida o‘rin tutadi. Azal – azaldan ilm – fan, texnika, ishlab - chiqarish va texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotning yangi istiqbollarini ochib berdi. Download 449.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling