Nematova nargiza muxtorovna


Ta’limning uzluksizligi tamoyili –


Download 449.5 Kb.
bet8/19
Sana16.06.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1492036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
учунчи ренессанс ва таълим

6. Ta’limning uzluksizligi tamoyili – ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlariga ega bo‘lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni berish mumkin emas. Zero, mavjud bilimlar har besh – o‘n yil maboynida o‘zgarib turadi, mazmuni boyib boradi. Demak mazkur tamoyil o‘qituvchining o‘z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi pedagog yetakchiligini ta’minlagan ta’limdan talabalarni mustaqil bilim olishlari uchun shart - sharoit yaratib berishni ifodalaydi.
7. Faoliyatli yondashuv tamoyili –nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki tushunchada ifodalanadi: birinchidan, ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar; ikkinchidan, ular tomonidan o‘zlashtirilib amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar faoliyat jarayonida mustahkamlanadi, shu sababli talabalarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotda tajribaga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unitilib yuboriladi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tadbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ta’lim tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarini o‘zida yaxlit aks ettiradi;

  • o‘zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;

  • g‘oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi;

  • o‘quv materiallarining zarur axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi;

  • ta’limning ko‘rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta’minlash tamoyiliga egaligi;

  • ko‘p funksiyali ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyati mavjudligi;

  • o‘qitish jarayonida rang – barang metod va vositalarni qo‘llash imkoniyatini ta’minlanganligi;

  • pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashish darajasi mavjudligi;

O‘qitish tizimli pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash pedagogning kasbiy kompitetligiga ham bog‘liq. Shu sabab pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin. Bunda ham o‘z mezonlari bo‘lib ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;

  • pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajribaga egaligi;

  • pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga “ijobiy” o‘zgarishlar kiritilishi va ularni qayta shakllantirilishi;

  • pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tadbiq etishda o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik negizida muvafaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi;

  • pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik;

  • pedagogik texnologiyalarni talaba va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashdagi imkoniyatlarga ega ekanligi;

  • talabalar o‘quv – bilish faoliyatining kasbiy ahamiyat kasb etishi;


Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling