Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
Download 95.42 Kb.
|
Amaliyot hisoboti (4 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- MALAKAVIY AMALIYOTI BO`YICHA HISOBOTI "Hududiy elektr tarmoqlari" Jizzax hududiy filiali
- SAMARQAND – 2023 MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………… 3
- 2.Korxonaning oxirgi uch yildagi moliyaviy – xojalik faoliyati ko`rsatkichlarini o`rganish, tahlil qilish ……………………..…………… 6
- 4.Korxonaning hisob siyosati, uning negizida yotgan qoidalar, tamoyillar, yondashishlar, hususiyatlarni o`rganish, baholash………………………. 13 5Aktivlar xisobi …….………………………………………………………. 15
- 9.Harajatlari hisobini o`rganish………………………….……………….. 33 10.Moliyaviy xisobotlarni tuzish tartibi ………………………………… 40 Xulosa………………………………………………………………………….51
- Mavzu: Korxonaning huquqiy maqomi, tasis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o`rganish
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI "Buxgalteriya hisobi va audit" ta`lim yo`nalishi bo`yicha 4 - kurs BH-S- 919 guruh talabasi Tursunboyev Bunyodning MALAKAVIY AMALIYOTI BO`YICHA HISOBOTI "Hududiy elektr tarmoqlari" Jizzax hududiy filiali Institutdan amaliyot rahbari : O`qituvchi: Po’latov Xudoyberdi Korxonadan amaliyot rahbari : Bosh hisobchi: Urunov Qahramon SAMARQAND – 2023 MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………… 3 1.Korxonaning huquqiy maqomi, tasis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o`rganish……………………………………………………………………… 4 2.Korxonaning oxirgi uch yildagi moliyaviy – xojalik faoliyati ko`rsatkichlarini o`rganish, tahlil qilish ……………………..…………… 6 3. Korxona buxgalteriyasi tog`risida Nizom, uning tashkiliy shakli, tuzilishi, funksional majburiyatlarining taqsimlanishi o`rganish …………………. 10 4.Korxonaning hisob siyosati, uning negizida yotgan qoidalar, tamoyillar, yondashishlar, hususiyatlarni o`rganish, baholash………………………. 13 5Aktivlar xisobi …….………………………………………………………. 15 6.Majburyatlar xisobi ………………………...………………..…………… 19 7.Xususiy Kapital xisobi …………………………. …………………….…. 24 8.Daromadlar xisobi ………………………….………………………… 30 9.Harajatlari hisobini o`rganish………………………….……………….. 33 10.Moliyaviy xisobotlarni tuzish tartibi ………………………………… 40 Xulosa………………………………………………………………………….51 KIRISH Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta’lim sohasini ham keng qamrab olgan. Yil sayin oily ta’limga e’tibor eng asosiy masalaga ko’tarilmoqda. Olib borilayotgan islohatlarni samarasini yanada oshirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tamonidan 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyasining 4.4 “ Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish “ bo`limida qayd etilganidek “ mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash siyosatini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi ”. Shuningdek Prezidentimizning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori talabalarning amaliyotlarini samarali tashkil etishga asos yaratdi. Buxgalteriya hisobini chuqur o`rganishda malakaviy amaliyot muhim rol o`ynaydi. Shu maqsadda biz “Buxgalteriya hisobi va audit “ yo`nalishi talabalari o`quv rejaga muvofiq 4 kurs davomida mutahassisligimiz bo`yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash , chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko`nikmalarimizni shakllantirish maqsadida Tanishuv ishlab chiqarish amaliyotini o`tadik. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasi 2O`z.Res.Pre. SH.Mirziyoyevning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori – Mavzu: Korxonaning huquqiy maqomi, tasis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o`rganish O’zbekiston mustaqillikka erishgach xususiy korxonalarni, masuliyati cheklangan jamiyatlarning, aksadiyorlik jamiyati va tadbitkorlarning sonini ko’paytirish maqsadida ko’plab sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu munosabat bilan " Hududiy elektr tarmoqlari " Jizzax hududiy filiali tashkil topgan. Jamiyat O’zbekiston respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi.Jamiyat belgilagan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Jamiya o’z faoliyatini tartibda belgilangan ustav va O’zbekiston respublikasning qonunlariga muvofiq hujjatlariga asosan amalga oshiradi. Jamiyat o’z majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari ularning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi. Jamiyatning o’z hissasini to’la qo’shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha har bir ishtirokchi hissasining to’lanmagan qismining qiymati doirasida javobgar hisoblanadi. Jamiyat o’zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatga olingan o’z emblemasiga, Tovar belgisiga ega bo’lishga haqli. Jamiyat o’z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, o’z nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Jamiyat o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respubliksining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi (06. 05. 2014y. O’RQ-370 – son) Qonun va “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi (03.06.2016y. O’RQ-387 –son) Qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi. " Hududiy elektr tarmoqlari " Jizzax hududiy filiali ning ustavi O’zbekiston Respublikasining “Ma’suliyati cheklangan hamda ma’suliyati cheklanmagan jamiyatlar to’g’risidagi” qonuni va boshqa qonun osti xujjatlari, shuningdek Jamiyat ishtirokchilarning 2023 yil 18 apreldagi ta’sis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan. Korxonaning ta’sis shartnomasida quyidagilar bayon qilingan: Umumiy qoidalar Jamiyat tashkil etishdan maqsad va faoliyat turlari Ishtirokchilarning ulushni kiritish bo’yicha majburiyatlarini buzganliklari uchun javobgarlik Daromad va ziyonlarni taqsimlash shartlari va tartibi Jamiyat boshqaruv organi Ishtirokchilarning jamiyatdan chiqish tartibi Nizolarni hal qilish Yakuniy qoidalar Jamiyаtning ustav fondi 65 128 225 009 (oltmish beshmilliard bir yuzi yigirma sakkiz million ikki yuzi yigirma beshming sum nol nol to’qqiz tiyn ) so’m miqdorda belgilangan. Korxonada to’rtta tasischi bor SHaripov shavkat uktamovich, SHaripov Toxir uktamovich, Asrorova Nigora Axrorovna va bitta yuridik shaxs "OXALIK OLTIN BOG`I MEVASI" MCHJ mavjud Download 95.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling