Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet Servis va turizm Kafedra


Kadrlar masalasi alohida e’tiborda


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#185186
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
                                     Kadrlar masalasi alohida e’tiborda  

         Dunyoning  ko‘plab  aviakompaniyalari  O‘zbekiston  uchuvchilar  tayyorlash 

maktabini  eng  nufuzli  maktablardan  biri  sifatida  e’tirof  etmoqda.  Zero,  ushbu 

maktabda  ko‘p  yillar  davomida  “ustoz-shogird”  an’analari  asosida, nazariya  bilan 

amaliyot  chambarchas  bog‘liq  holda  shakllangan.  Istiqlol  yillarida  boshlangan 

aviaparkni  zamonaviy  samolyotlar  bilan  to‘ldirish  jarayoni  havo  flotini 

modernizatsiya 

qilish, 


uchuvchilarni 

tayyorlashga 

nisbatan 

talablarni 




41 

 

kuchaytirishni  taqozo  etdi.  Mamlakatimizga  yangi  samolyotlarning  keltirilishi 



munosabati  bilan  dastlabki  bir  guruh  aviatsiya  xodimlari  Buyuk  Britaniya, 

Germaniya,  AQSH,  Fransiya,  Janubiy  Koreyadagi  eng  yaxshi  o‘quv-mashg‘ulot 

markazlarida ham nazariy, ham amaliy tayyorgarlikdan o‘tdi.  

           O‘zbekiston 

Qahramoni, 

“O‘zbekiston 

havo 

yo‘llari” 



milliy 

aviakompaniyasi  “Boeing”  uchuvchilar  otryadining  uchuvchi-yo‘riqchisi  Zarxo‘ja 

Saidazimov  faoliyati  bunga  yaqqol  misoldir.  Z.Saidazimov  1992  yili  milliy 

aviakompaniyamiz 

tashkil 

etilgandan 

so‘ng  Toshkent-Bahrayn-Toshkent 

yo‘nalishi  bo‘yicha  “Tu-154”  samolyotida  birinchi  parvozni  amalga  oshirdi. 

So‘ngra  xorijlik  hamkasblari  bilan  birgalikda  «Airbus»  va  «Boeing»  laynerlarida 

parvoz qilishni o‘zlashtirdi. Ayni paytda, tajribali uchuvchi sifatida ko‘p yillardan 

buyon yoshlarga mahorat sirlarini o‘rgatib kelmoqda.  

             2012  yilda  jahon  bo‘ylab  taqdimot  turi  doirasida  Toshkentga  dastlabki 

«Boeing 787 Dreamliner» kelib qo‘nganda, Amerika kompaniyasi va «O‘zbekiston 

havo  yullari»  vakillari  samolyotning  texnik  xususiyatlarini  sinab  ko‘rish  uchun 

unda bir soat parvoz qildi. Laynerni boshqarish milliy aviakompaniyamizning eng 

yaxshi uchuvchilaridan biri, Z.Saidazimovning tajribali shogirdlaridan Kompaniya 

uchuvchilar  kompleksi  direktori  Alisher  Karimovga  ishonib  topshirilgan  edi. 

«Boeing – Fuqaro samolyotlari» kompaniyasining bunday qarori uchuvchilarimiz 

mahoratiga bo‘lgan chuqur hurmatdan dalolat beradi.  

       Yaqin vaqtlar ichida bunday uchuvchilar milliy aviakompaniyamizning o‘zida 

xalqaro sertifikatga ega va barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan o‘quv-

mashg‘ulot  markazida  tayyorlanadi.  Bundan  tashqari,  uchuvchilarning  parvoz 

qilish  layoqatini  saqlash  va  buning  uchun  ularning  zarur  malakasini  ta’minlash 

maqsadida kompaniyaning yangi Mashg‘ulotlar kompleksida uchuvchilar “Boeing-

757/767”,  “A-320”  havo  kemalarining  zamonaviy  trenajyorlari,  mamlakatimizda 

ishlab  chiqarilgan  Il-114-100  samolyotining  noyob  «Full-flight»  simulyatori 

yordamida  real  holatlarga  yaqinlashtirilgan  sharoitlarda  parvoz  qilishni 

o‘rganmoqda. 




42 

 

           Parvozlar  xavfsizligi  va  murakkab  aviatsiya  texnikasidan  foydalanishga 



nisbatan xalqaro talablar havo qatnovini boshqarishning yangi tizimini joriy etishni 

taqozo  etayotir.  «Toshkent»  xalqaro  aeroportida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  Havo 

harakatini  boshqaradigan  avtomatlashtirilgan  markaz  xalqaro  standartlarga  mos 

zamonaviy 

dispetcherlik 

va 


navigatsiya 

tizimlari 

bilan 

jihozlangan. 



«O‘zaeronavigatsiya»  markazi  O‘zbekiston  havo  kengligida  parvoz  qiladigan 

samolyotlar  harakatini  boshqarish,  yangi  havo  yo‘laklarini  tashkil  etish  imkonini 

berayotir.  O‘zbekiston  osmonida  parvoz  qilayotgan  har  bir  avialayner  minglab 

aviatsiya  mutaxassislari  bilan  yaqin  hamkorlikda  havo  harakatini  boshqarayotgan 

aviadispetcherlar nazoratida bo‘ladi.  


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling