Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet Servis va turizm Kafedra


Davr sinovidan o‘tgan mustahkam ishonch


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#185186
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
                               Davr sinovidan o‘tgan mustahkam ishonch 

       Bugun  butun  dunyoda  aviatsiya  xavfsizligi,  aviatashuvlar  ishonchliligi  va 

sifatiga  bo‘lgan  talab  tobora  ortib  bormoqda.  Bu  borada  yo‘lovchilar  talabini 

qondirish va aviatashuvchilar manfaati o‘rtasidagi nisbatga xalqaro darajada rioya 

etish  zarur.  «O‘zbekiston  havo  yo‘llari»  o‘z  faoliyatida  parvozlar  va  aviatsiya 

xavfsizligiga  alohida  e’tibor  qaratmoqda.  Aviakompaniyamiz  ushbu  sohadagi 

yutuqlari  uchun  Xalqaro  aviatsiya  xavfsizligi  fondi  va  Notijorat  hamkorlik 

tashkilotining 

«Parvozlar 

xavfsizligi» 

mukofotiga 

sazovor 


bo‘lgani, 

kompaniyaning  xavfsizligi  va  ishonchliligini  tasdiqlovchi  IOSA  auditlaridan 

muvaffaqiyatli o‘tgani ham shundan dalolat beradi.  

          Havo  transportida  ishlash  –  bu  har  kuni  yuksak  mas’uliyat,  chuqur  bilim, 

vazminlik, eng murakkab vaziyatlarda ham zudlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilishni 

talab  etadigan  mashaqqatli  mehnatdir.  Nafaqat  parvozlar  xavfsizligi  va  havo 

parkining texnik jihatdan sozligi, balki yong‘inga qarshi himoya, avariya-qutqaruv 

va  tibbiy  ta’minot,  boshqa  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  vazifalarni  bajarish 

uchuvchilar,  muhandislar,  texniklar  va  boshqa  mutaxassislarning  mahorati, 

fidokorona  mehnatiga  bog‘liqdir.  Aviaxodimlar  sa’y-harakatlari  bosh  vazifani 

bajarish, ya’ni parvozlar xavfsizligi va ishonchliligini, aviatashuvlar muntazamligi 

va yo‘lovchilarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan. 




43 

 


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling