Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
- O‘QUV QO‘LLANMA
- SamISI, 2019 – 245 bet. 7
- Kafedraning 2018 yil 17- oktyabrdagi 3-yig‘ilishida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan. © Samarqand, SamISI, U. Hudayberdiev 2018.
2 3 4 5 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI HUDAYBERDIEV UMAR STATISTIKA 1 0 1 1 q P q P J p S A M A R Q A N D – 2019 6 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI MENEJMENT VA STATISTIKA KAFEDRASI STATISTIKA O‘QUV QO‘LLANMA S A M A R Q A N D – 2019 Hudayberdiyev U. Statistika. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, SamISI, 2019 – 245 bet. 7 Loyiha rahbari: institut rektori, i.f.d., M.E.Po‘latov Taqrizchilar: i.f.d., prof. M.Q.Pardayev (SamISI) i.f.n. D.K.Usmanova (SamDU) Institut Ilmiy Kengash ida 2018 yil 26 – noyabr (bayon № 4) muhokama qilingan va chop etishga ruhsat berilgan. O‘quv qo‘llanma 610000 “Xizmat ko‘rsatish sohasi” yo‘nalishilari namunaviy dasturi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limda statistikaning predmeti, statistik kuzatish, jamlash va guruhlash, mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar, dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar kabi nazariy mavzular yoritilgan. Qo‘llanmaning ikkinchi bo‘limida aholi va mehnat resurslari, milliy boylik, milliy hisoblar tizimi, moliya-kredit tizimi, aholi turmush darajasi kabi statistikaning ijtimoiy-iqtisodiy mavzulariga bag‘ishlangan. Qo‘llanma sodda va tushunarli tarzda, misollar va savollar bilan to‘ldirilgan xolda yoritilgan. O‘quv qo‘llanmadan statistika fani o‘qitiladiagn barcha yo‘nalish talabalari va statistikaga qiziquvchilar foydalanishi mumkin. Kafedraning 2018 yil 17- oktyabrdagi 3-yig‘ilishida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan. © Samarqand, SamISI, U. Hudayberdiev 2018. 8 KIRISH Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar mamlakat va uning hududlarini rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat natijalarini o’rganish, aholining bandligi va turmush darajasini aniqlashda keng qo’llanadi. Bunday ijtimoiy – iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini, qanday hisoblanishini va mamlakat bo’yicha jamlanishini statistika fanida o’rganiladi. Shuning uchun ham talabalar zamon talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislar bo’lib yetishlari uchun yetarli miqdorda o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu borada darslik, o’quv qo’llanmalarining yetarli miqdorda chop etilmasligi, ayniqsa statistika fanidan uning nazariy asoslariga ko’proq ahamiyat berilib, tarmoqlar, xususan xizmatlar sohasi statistikasi bo’yicha adabiyotlarning deyarli yo’qligi, ushbu o’quv qo’llanmaning zarurligini taqozo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida xizmatlar turlari ko’payib, yuqori su’ratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning salmoqli tarmog’iga aylanib bormoqda. O’quv qo’llanma namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, ikki bo’limdan iborat. Qo’llanmaning birinchi bo’limi statistikaning nazariy asoslariga bag’ishlangan. Unda statistikaning predmeti mohiyati, statistic kuzatish, ma’lumotlarni jamlash va guruhlash; mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, hodisalarning o’zaro korrelyatsion bog’lanishi, ularning davr mobaynida dinamik o’zgarishi, iqtisodiy indeks kabi usullar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. O’quv qo’llanmaning ikkinchi bo’limi, ijtimoiy – iqtisodiy statistika masalalari; aholi soni va mehnat resurslari, milliy boylik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, 9 moliya – kredit tizimi hamda aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar mohiyatlarini yoritishga bag’ishlangan. Qo’llanmaning alohida bobida xizmatlar ko’rsatish sohasi: savdo va ovqatlanish, transport, sug’urta va turizm xizmatlari asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyatini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini yoritishga qaratilgan. Bu masalalar mamlakatning keyingi davrdagi statistik raqamlari bilan to’ldirilgan holda tushuntirilib, izohlanib berilganligi, talabalarning nazariy va amaliy ahamiyatga molik bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Har bir bobda tayanch iboralar, o’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar va testlar berilgan. Ular talabalarning mavzularni yaxshi o’zlashtirishiga ko’mak beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan statistika fani o‘qitiladigan barcha yo‘nalish talabalari va unga qiziquvchilar foydalanishi mumkin. O’quv qo’llanmada kamchiliklar, noaniqliklar bo’lishi mumkin. Ular bo’yicha qilingan taklif va maslahatlarni muallif bajonidil qabul qiladi. O’quv qo’llanma muallifi taqrizchilarga va uni nashrga tayyorlashda ko’maklashganlarning barchasiga chuqur minnatdorchiligini bildiradi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling