Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti statistika kafedrasi «makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan
Xulosa Iqtisodiyotni eng oliy muommosi bo’lmish “cheklangan resurslardan insonlarning cheksiz extiyojlarini qondirish”
Download 0.67 Mb.
|
kurs ishi
Xulosa
Iqtisodiyotni eng oliy muommosi bo’lmish “cheklangan resurslardan insonlarning cheksiz extiyojlarini qondirish” masalasi bugungi kunda axoli demagrafiyasini oshishi natijasida qiyinlashib bormoqda. Talabning oshishi taklifni oshishiga olib kelmoqda. Buning natijasi o’laroq xar bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat yalpi ichki maxsuloti va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlari oshib borayotganidan ko’rish mumkun. Yalpi talab va yalpi taklifni muvozanatga keltirish avvalom bor turmush darajasi yaxshilanishiga va ishsizlikni oldini olishga yordam beradi. Respublikamizda yalpi talab va yalpi atklif muvozanatlashuvini amalga oshiruvchi markaziy bank va moliya vazirligi bo’lsa, uning xisobini Respublika statistika bo’limi shug’ullanadi. Yuqoridagi malumotlar stat.uz saytidan olindi. Shuni aytishimiz mumkinki biz makroiqtisodiy tahlil kursini o’rganish bilan uning real voqelik, yani bizning atrofimizda bo’layotgan hodisalar, qaysiki iqtisodiy sohadagi, u albatta barcha sohalarga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, o’zgarishlarni tushunishimiz hamda ulardan unumli foydalanish, boshqa so’z bilan o’z ma’nfaatimiz yoki butun jamiyat manfaati yo’lida oqilona foydalanish uchun imkon beradi. Bundan tashqari talabning o’zi nima ekanligini anglaganimiz holda, uning o’zgarishida qanday omillar ro’l oynashini bilishimiz biz yaqin kelajakda o’z xususiy sektorimizda yoki jamoat birlashmasida bunday o’zgarishlarni oldindan sezishimiz va o’z o’rnida kerakli xulosalar chiqarib eng muhim bo’lgan chora tadbirlarni amalga oshirish uchun strategik rejalar tuzish uchun juda muhim ekanligini anglashimiz mumkin. Bu esa, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish obektini kutilmagan iqtisodiy talofatlardan ximoyalash hamda nafaqat zarardan qochish balki o’zgarishlardan unumli va ongli ravishda foydalanish oqibatida keskin ravishda katta foydaga erishish va korxona yoki tashkilotning kelajagi uchun muhim bir qadam tashlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shundan ko’rinadiki, talab ya’ni yalpi talabning o’zgarishini kuzatish juda muhim bir jarayon ekanligini anglab yetamiz. Jamiyat ehtiyojlari o’zgaruvchanligi, bizga bu boradagi qadamlarda o’ta puxtalik bilan aniq rejali iqtisodiyot olib borishga undaydi.Bu esa har bir shaxs uchun, kerak bo’lsa jamiyat uchun foydali bo’lishini anglatadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak mahalliylashtirish dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotining o'sish omillarining barqarorligini saqlashga, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar assortimentining ko'payishiga hamda jahon bozorida mamlakatimizning o'rnini mustahkamlashga, tarmoqlar va hududlararo sanoat kooperatsiyasini yanada takomillashtirishga, mahalliy xomashyo rusurslari negizida yuqori texnologiyali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishga, milliy valyuta xarid qobiliyatini o'stirish va valyuta kursi darajasini maqbullashtirishga, yangi ish o'rinlarining yaratilishiga hamda eng asosiysi mamlakatimiz aholisining turmush farovonligining oshishiga xizmat qiladi. Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki xar qanday iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklif modeli muvozanatlashuvi iqtisodiy o’sishga olib keladi. Bundan tashqari axoli real daromadlariga mos ravishda o’sish kuzatilsa rivojlanish bosqichi tezlashishi rivojlangan mamlakatlar misolida ko’rish mumkun. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling