Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti Iskandarov E., Norboyeva D


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana04.06.2020
Hajmi1.4 Mb.
#114408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
pedagogika


Pedagogika kursi bo’yicha
 amaliy mashg’ulotlar 
 
 
1–mavzu: Pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Pedagogikaning ilmiy 
tadqiqot usullari. 
Reja: 
1.  Pedagogika  so’zini  eshitganingizda  fikringizga  qanday  so’zlar,  iboralar  keladi.                   
(Aqliy xujum)   5daqiqa                                     
2.Shaxsning shakllanishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida fikrlar munozarasi  
(3x4 pedagogik texnologiyasi asosida)  -25 daqiqa  
3.“Pedagogika”  faniga    aloqador  termin  va  tushunchalar  .  (“Klaster”pedagogik 
texnologiya asosida)  .     25 daqiqa                                                                                                           
4.  Pedagogikaning  ilmiy  tadqiqot  usullari.    (Kichik  guruhlarda  ishlash  metodi 
yordamida).         25 daqiqa 
 
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik 
tarqatma materiallar 
1.  Pedagogika  so’zini  eshitganingizda  fikringizga  qanday  so’zlar,  iboralar 
keladi.  Bunda  biz  aqliy  xujum  usulini  qo’llaymiz.  Aqliy  xujum  -  g’oyalarni 
generasiya  (ishlab  chiqish)  qilish  usulidir.    «Aqliy  xujum»  usuli  biror  muammoni 
yechishda  talabalar  tomonidan  bildirilgan  erkin  fikr  va  mulohazalarni  to’plab,    ular 
orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir.  Aqliy xujum usulining 
yozma va og’zaki shakllari mavjud.  “Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan 
muammo  bo’yicha  xar  qanday  muloxaza  va  takliflarni  bildirishlari  mumkin.  
Aytilgan  fikrlar  yozib  boriladi  va  ularning  mualliflari  o’z  fikrlarini  qaytadan 
xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ladi.  Usul samarasi fikrlar   xilma-xilligi bilan 
tavsiflandi  va  xujum  davomida  ular  tanqid  qilinmaydi,    qaytadan  ifodalanmaydi.  
Aqliy xujum tugagach,  muhimlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar generasiyalanadi 
va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.  
         2.  Shahsning  shakllanishida  talim      va  tarbiyaning  ahamiyati  haqida    fikrlar 
munozarasi  (3x4  pedagogik  texnologiya  asosida).  Bu  texnologiyani    tashkil  etish 
uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi.  Har bir guruh uchun  bir varaq qog’oz 
olinib,    uning  yuqori  qismiga  «Individ  –  shaxs  –individuallik»  so’zlariga  tushuncha 
berish va  o’rtasidagi farqi haqida 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda,  bu fikrlar 
yozilgan  qog’ozni  (soat  strelkasi  yo’nalishi  bo’yicha)  keyingi  guruhlarga  uzatish 
taklif etiladi.  Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan to’ldirishi va keyingi 
guruhga  uzatishi  lozim.    Shu  tarzda  davom  etib,    har  bir  qog’ozda  12  tadan  fikrlar 
mujassam bo’lgach,  guruhlar bu fikrlarni tahlil etib,  guruhning bir umumlashtirilgan 
fikrini bildirishlari talab etiladi. 
          3.  “Klaster”pedagogik  texnologiyani  o’tkazish  uchun  guruh  kichik  guruhlarga 
bo’linib, “Pedagogika” faniga  aloqador termin va tushunchalar kiritiladi. O’qituvchi 
boshlab beradi. Masalan ushbu tarzda: 
 
 

 
76 
 
Pedagogika 
bilan 
aloqador fanlar 
Pedagogika 
nimani 
urganadi? 
Pedagogikaning asosiy 
tushunchalari 
Psixologiya 
Iqtisodiyot 
Falsafa 
Sosiologiya 
Tarix 
Etika 
Estetika 
Inson shaxsini 
Pedagog faoliyatini 
Jamoalarni 
Xulq atvorni 
Uzaro munosabatni 
Ta’lim metodlarini 
Ta’lim texnologiyalarini 
Ta’lim 
Tarbiya 
Bilim 
Ma’lumot 
Pedagog 
O’quvchi 
Komil inson 
 
 Pedagogika fanining sohalari bo’yicha klaster tuzish barcha talabalarga taklif etiladi.  
                                            
          4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot o’rganish usullari. Kichik guruhlarda ishlash  
uchun  guruh  6  ta  kichik  guruhga  bo’linadi  va  ularga  quyidagi  tarqatma  materiallar 
berilib,  ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.                                                           
Barcha guruhlar uchun tarqatma material.  
 
Pedagogikaning asosiy usullari 
ASOSIY USULLAR 
Asosiy usullarning variantlari 
 
Pedagogik kuzatish usuli. 
        
Tashqi (obyektiv kuzatish) 
Ichki  (subyektiv,  o’z-o’zini kuzatish) 
Erkin kuzatuv                                  
Standartlashtirilgan 
Guruh ichida kuzatish 
Guruh tashqarisida kuzatish 
 
Suhbat usuli 
Og’zaki so’rov  
Yozma so’rov  
Erkin so’rov (suhbat)                             
Standartlashtirilgan so’rov 
Sosiometrik so’rov 
Surovnoma test usuli.  
 
Test – so’rov 
Test - topshiriq 
Proyektiv test                                
Eksperiment, 
tajriba, 
sinov 
usuli. 
 
Tabiiy.  Laboratoriya.  Shakllantiruvchi  
Statistik 
ma’lumotlarni 
kuzatish usuli.  
 
Raqamlar, mablag’lar  
Matematika – kibernetika usuli. 
 
Matematik modellashtirish                                
Mantiqiy modellashtirish 
Texnik modellashtirish                                
Kibernetik modellashtirish 

 
77 
 
Jadvalda  keltirilgan  usullar  yordamida  tadqiqotchi  yoki  qiziqgan  shaxs  u  yoki  bu 
usullar to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi,  to’plangan ma’lumot yana tahlil 
qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.   
1 – guruh uchun tarqatma material.  
Pedagogik  kuzatish  —  odatda  tabiiy  kuzatish  orqali  talabalarning  fanlarni 
o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o’zgarishlarni hisobga olish 
va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. 
Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini 
biror  maqsadni  ko’zda  tutib  idrok  etish  tashkil  etadi.  Bunda  kuzatishlar  tezligi  va 
soni,  ko’zatish  obyekti,  vaqti,  pedagogik  vaziyatlarni  ko’zatish  uchun  ajratiladigan 
xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. 
Qayd  qilish  usuliga  qarab  ko’zatish  turlarga  bo’linadi.  Bevosita  va  bilvosita  qayd 
qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon  kuzatuvchilarning   xatti-harakatlari      
va  hakozolarni      yozib      qo’yish      imkonini      beradi.        Qayd  qilish  usuli  biror-bir 
hodisaning  oqibatlari  haqidagi  faktik  materialni  boshqa  shaxslar  orqali  yoki 
qandaydir asbobni qo’llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti 
asrida  kuzatishning  vizual  usullari  xilma-xil  texnika  vositalari  (kinofotos’yomka,   
videozapis,  televideniye va h.z.)ni qo’llash bilan tobora ko’p qullanilmoqda. 
2 – guruh uchun tarqatma material.  
Suhbat  usuli  —  so’rashning  bir  turi  bo’lgani  holda,  tadqiqotchining  jiddiy 
tayyorgarlik  ko’rishini  talab  etadi,  Chunki  u  tekshirayotgan  shaxs  bilan  bevosita 
aloqada  bo’lish  vaqtida  og’zaki  suhbat  tarzida,  suhbatdoshining  javoblarini 
yozmasdan erkin muomala formasida qo’llaniladi. 
Suhbat  usulida  —    pedagog  va  talabalar  jamoasi  bilan  ota-onalar  va  keng 
jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda  qo’llaniladi. Suhbat 
usulidan  farq  qilib,  intervyu  olish  usuli  savollarni  oldindan  belgilangan  ishchillikda 
intervyu yo’li bilan bayon qilinishi nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga 
yoki  kassetalarga  yozib  olinadi.  Hozirgi  kunda  ommaviy  so’rash  nazariyasi  va 
praktikasida intervyu tashkil etishning ko’p usullari mavjud: 
guruhlar bilan; 
intensiv; 
sinash va h.k. 
 
3 – guruh uchun tarqatma material.  
Test,  so’rovnomalar  -  bu  so’rovnoma,  ya’ni  anketa  usuli  qo’llanganda 
yaratilgan  ilmiy  farazning  yangiligini  bilish,  aniqlash,  talabalarning  yakka  yoki 
guruhli  fikrlarini,  qarashlarini,  qanday  kasblarga  qiziqishlarini,  kelajak  orzu-
istaklarini  bilish  va  tegishli  xulosalar  chiqarish,  tavsiyalar  berish  maqsadida 
o’tkaziladi.  Test  savollaridan  ko’zlangan  maqsad  oz  vaqt  ichida  talabalarning 
bilimlarini yoppasiga baholashdir. 
Mutaxassislarning  bilimini  va  saviyasini  aniqlash  uslublaridan  biri  -  bu  test 
yordamidagi sinovdir. 
Test  yordamida  sinov  talaba  yoki  mutaxassisning  bilimi,  ilmi,  ma’naviyati 
hamda  yoshlarning  qaysi  yo’nalish  va  mutaxassislikka  layoqati,  iqtidorini  zudlik 

 
78 
bilan  aniqlash  yoki  baholashga  imkon  beradi.  Test  yordamida  bilimni  baholashning 
pedagogika  nuqtai  nazaridan  ba’zi  bir  yutuqlari  va  kamchiliklarda  keltirilgan  va 
baholash jarayonini EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test 
savollari  va  masalalarining  jozibadorligi  sabab,  uning  qisqa  va  lundaligi,  to’g’ri 
javobni  umumiy  javoblar  ichida  borligi  va  ularning  talabalarga  ko’rsatma  bo’lib 
xizmat  qilishi,  uning  topishmoqli  o’yinga  o’xshashligi  va  javobni  topishda  xotira, 
intuisiya va topqirliklar qo’l keladi. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil 
ishlashini yanada faollashtiradi. 
Test  sinovini  oliy  va  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlariga  kirish  imtihonlarida  qo’llash 
quyidagi qator natijalar berdi. 
Imtihon   oluvchi   bilan   imtihon   topshiruvchi   orasidagi subyektiv sabablar  
va  psixologik  tusiqlar    yo’qoladi.  Barcha  abituriyentlarga  beriladigan  imtixon 
sharoitlari ,vaqti, variantlarning murakkablik darajasi, baholash kriteriylari deyarli bir 
xil bo’lishiga ershiladi. 
Test  natijalarini  EHM  yordamida  avtomatlashtirilgan  holda  ishlab  chiqish 
amalga oshirildi, talabalarning qaysi fandan va uning qaysi bo’limidan bilimlarining 
past  yoki  yuqoriligini  baholash  va  uning  respublikamiz  regionlari,  xatto  ayrim 
maktab-liseylar bo’yicha tahlil qilish imkoniyati yaratildi. 
Iqtidorli  yoshlarni  tanlash,    olimpiadalar  o’tkazish  jarayonlarini  sezilarli 
darajada yaxshilashga olib keldi. 
Oliy  o’quv  yurtiga kiruvchilar  uchun test  sinovi  atigi 3 ta  fandan  bo’lib,  albatta  bu 
yetarli emas.Ular bir necha fandan va bir necha bosqichdan iborat bo’lishi kerak. Oliy 
va o’rta maxsus o’quv yurtlariga kiruvchi yoshlarning nutqi, til bo’yicha savodligini 
nazorat  qiluvchi  yoshlarning  faqat  testlarni  mexanik  ravishda  yodlash  va  tilga,  
boshqa fanlarga e’tiborsizligiga barham berilishi mumkin. 
Test  sinovlar  usuli  -  bu  yozma  javoblarning  ommaviy  ravishda  yig’ib  olish 
usulidir.  Test  sinovlarini  (anketalarini)  ishlab  chiqish  murakkab  ilmiy  jarayon. 
pirovard  natijada  tadqiqot  natijalarining  ishonchliligi  anketalar  mazmuniga 
berilayotgan savollar shaqdiga,  to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq  bo’ladi. Odatda  
test     savollarining     ma’lumotlarini kompyuterda  matematik  statistika usullari bilan 
ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. 
4 – guruh uchun tarqatma material.  
Eksperiment usuli.  Pedagogika fanining asosiy usullaridan biri bulib,  ma’lum 
ilmiy  va  pedagogik  taxminlarni  tajriba  asosida  tekshirib  kurish  uchun  o’tkaziladi.  
Pedagogik  eksperiment  tadqiqotchining  urganilayotgan  faoliyat  yoki  sinash 
vaziyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi.  Tadqiqotchi psixologik fakt 
aniq  namoyon  bo’lishiga,    uning  eksperimentchi  xoxlagan  yo’nalish  bo’yicha 
uzgartirilishiga,    har  jixatdan  tadqiq  qilish  uchun  bir  necha  marta  takrorlanishiga 
imkon beradigan shart sharoit yaratadi.   
 
Eksperiment  usulining  uchta  turi  mavjud:  Laboratoriya,  tabiiy  va 
shakllantiruvchi  (pedagogik)  eksperiment.    Shulardan  keyingi  ikkitasi  o’qituvchilar 
tomonidan  keng  qullanilishi  mumkin.    Laboratoriya  eksperimenti  so’n’iy  sharoitda,  
maxsus asbob-uskunalar yordamida o’tkazilsa,  tabiiy eksperiment o’quvchilar uchun 
tabiiy  bo’lgan  o’yin  ,    o’qish,    mehnat  vaziyatlarida  o’tkaziladi  va  o’quvchilar 
uzlarining ustida sinash o’tkazilayotganligini bilishmaydi.  

 
79 
 
Uzoq  muddatga  esda  qoldirish  samaradorligi  talabalarga  beriladigan 
ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo’la oladi.   
 
Talabalardan  bir  guruhiga  15  tadan  iborat  tasodifiy  so’zlar  yoki  sonlar  qatori 
yodlash  uchun  taqdim  qilinadi.      Talabalarga  ushbu  material  ertaga  suralishi 
tug’risida  ko’rsatma  beriladi.    Boshqa  bir  guruhda  shu  so’zlar  yoki  sonlar  qatorini 
yodlash  suraladi.    Lekin  bu  talabalar  guruhiga  material  qanday    yodlanganligini  bir 
xaftadan  keyin  tekshirilish  tug’risida  ko’rsatma  beriladi.    Xaqiqatda  esa  har  ikkala 
guruh talabalaridan esda olib qolingan material ikki xaftadan keyin suraladi.   
 
Tajriba  natijalari  solishtirib  tabiiy  eksperiment  orqali  talabalarga  eslab  qolish 
uchun beriladigan ko’rsatma mazmuning axamiyati xaqida xulosaga kelinadi.  
 
Shakllantiruvchi  (pedagogik)  eksperiment  ma’lum  bir  shaxs  xususiyatini 
shakllantirishga  yoki  uzgartirishga  yo’nalgan  bo’ladi.    Bunday  eksperimentga  A.  I.  
Lipkina  tomonidan  qullanilgan  usulni  misol  sifatida  keltirish  mumkin.    Ba’zan 
talabaning  yaxshi  uzlashtirmasligining  sababi,    talaba  o’zini  o’qishga  nisbattan 
qobiliyatini  past  baxolash  mumkin.    Bunday  talabalar  «Men  bari  bir  yaxshi  o’qiy 
olmayman»  deb  yaxshi  o’qishga  harakat  qilmaydi.    Ularning  uzlashtirish  darajasini 
yaxshilash uchun o’zlariga bergan baxosini uzgartirish lozim.  Shu maqsadda,  ya’ni 
o’z-o’ziga  bergan  baxosining  darajasini  oshirish  uchun  o’qituvchi  quyidagigicha 
pedagogik  tadbir  qullashi  lozim.    O’qituvchi  bunday  talabadan  kuyi  guruhdan  bir 
nechta «qoloq» uzlashtirishi past talabalarga «O’qituvchilik» qilishni iltimos qiladi.  
 
O’qituvchi  kuyi  guruhlarga  utiladigan  materialni  talaba  bilishini,    takrorlasa 
yanada  yaxshi  tushunib  olishi  mumkinligini  uqtirib,    har  bir  darsdan  oldin 
uzlashtirishda  qiynalayotgan  talabalarga  qanday    dars  berish  tug’risida  kerakli 
ko’rsatmatlar  berib  boradi.    Har  bir  darsdan  keyin  o’quvchining  muvaffaqiyat  va 
yutuqlarini ko’rsatib maqtaydi xamda minatdorchilik bildirib boradi.  
 
Uzlashtirishda  qiynalayotgan  kuyi  guruh  talabalar  bilan  muntazam 
mashgulotlar  jarayonida  «O’qituvchi»  rolini  bajarayotgan  talaba  asta-sekin  oldingi 
o’quv  materialini  uzlashtirish  bilan  birga,    o’zining  yangi  o’quv  materiallarini 
uzlashtira  olish  qobiliyatiga  ishonch  shakllana  boradi.    Natijada  o’qish  qobiliyatiga 
nisbattan o’z-o’ziga bergan baxosining darajasi orta boradi. 
 
Eksperiment  usulining  avzalligi  shundaki  bu  uslub  orqali  nafaqat  psixologik 
faktlarni tushuntirish,  balki sabablarini,  mexanizm va qonuniyatlarini tajriba asosida 
aniqlash,    mavjud  taxminlarning  tug’ri  yoki  notug’riligini  tasdiqlash,    yangi  ta’lim 
tarbiya shakllarining,  uslublarining samaradorligini sinab kurish mumkin.   
5– guruh uchun tarqatma material.  
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli - xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, 
ajratilgan  mablag’larning  doimiy  o’sib  borishi,  darslik  va  o’quv  qo’llanmalari, 
ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash,  xo’jalik shartnomalari va ulardan 
to’shayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi. 
Masalan:  ilmiy-pedagogik  kadrlarni  tayyorlash  samaradorligi  haqida 
to’xtaladigan  bo’lsak,  M.Ulug’bek  nomidag’i  O’zMUda  aspiranturaga  universitetni 
muvaffaqiyatli  tamomlagan,  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  qiziquvchan  tadqiqotchilar, 
izlanuvchan  mavzulari  aniq  bo’lgan,  nomzodlik  imtihonlarini  topshirganlar  qabul 
qilinadi. Bundan tashqari, boshqa muassasalarda va oliy o’quv yurtlarida ishlaydigan, 

 
80 
kafedra va dekanatlar bilan bevosita aloqada bo’lgan "Xalq so’zi" gazetasida chiqqan 
e’lon bo’yicha konkursda qatnashish niyatida bo’lganlardan ham arizalar to’shadi. 
6– guruh uchun tarqatma material.  
Sosiologik  tadqiqot  usuli  —    bu  uslub  orqali  yoshlarning  kasb-hunarga  bo’lgan 
munosabatlarini  aniqlash,  talabalar  orasidagi  do’stlik  munosabatlarini,  yutuq  va 
kamchiliklarni,   yoshlar orasidagi munosabatlarni,   dinga,   xususan tasavvufga   bo’lgan   
qiziqishlarini      aniqlash  mumkin.  Sosiologik  tadqiqotlarda  kishilarning  ma’naviy  sifatlar 
darajasi, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o’quv taqsimoti, 
professor-o’qituvchilarning o’qitish darajasi, o’quv qo’llanmalarning sifati, kompyuter bilan 
mashg’ulot o’tkazish turlarini o’rganish oliygohda qo’llanilayotgan testlar talabalar nazarida, 
ilmiy  va  kasbiy  mahoratini  oshirishdagi  mashg’ulotlar  turi,  stipendiyalar  miqdori, 
stipendiyalar talabalarning harajatini qanchalik  qoplaydi,   haq to’lanadigan ishlarda talabalar 
qatnashdimi, ota-onalarining moddiy yordami,   ularning  ma’lumoti,   ish  joyi,   talabalarning  
ko’p shug’ullanadigan jamoat joyi, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta’sir 
etuvchi  omillar,  mutaxassis  bo’lib  yetishida  hal  qiluvchi  omillar,  talabalarning  onglilik 
darajasi jarayoni,  komil inson bo’lish uchun kerakli bo’lgan ma’naviy sifatlar,  komillikka 
erishish uchun tezroq qurilish kerak bo’lgan salbiy sifatlar, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" 
va  ta’lim  haqidagi  Qonunning  mohiyati  va  mazmuni  haqidagi  talabalarning  fikrlari,  
"O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida" kitobiga munosabati, o’zlashtirganlik darajasi haqidagi 
savollar  anketaga  kiritiladi.  Savol-javoblarning  barchasi  kompyuterda  qayta  ishlanadi  va 
xulosalar chiqariladi.  
 
2– mavzu: Pedagogikaning asosiy tushunchalari. 
Reja: 
1.    Ta’lim,  tarbiya,  ma’lumot,  insonning  kamoloti  so’zlarini  eshitganingizda 
fikringizga qanday suzlar iboralar keladi (Aqliy xujum).   10    daqiqa  
2.    Insonning  rivojlanishi  va  tarbiyaviy  munosabatlar  haqidagi  fikrlar  munozarasi 
(3x4 pedagogik texnologiya asosida)                               25 daqiqa 
3.    Pedagogikada  asosiy  tushunchalar  va  ularga  ta’rif  berish  (Kichik  guruhlarda 
ishlash usuli orqali)                                                         40 daqiqa 
4.  Darsga yakun yasash                                                  5 daqiqa  
 
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma 
materiallar 
1.    Ta’lim,  tarbiya,  ma’lumot,  insonning  kamoloti  so’zlarini  eshitganingizda 
fikringizga qanday so’zlar iboralar keladi (Aqliy xujum) 
2.    Insonning  rivojlanishi  va  tarbiyaviy  munosabatlar  haqidagi  fikrlar  munozarasi. 
3x4  pedagogik  texnologiyani    tashkil  etish  uchun  guruh  4ta  kichik  guruhlarga 
bo’linadi.    Har  bir  guruh  uchun    bir  varaq  qog’oz  olinib,    uning  yuqori  qismiga 
insoniy rivojlanish  va tarbiyaviy munosabatlar o’rtasidagi farqi haqida 3 tadan guruh 
fikrini  yozishini  hamda,    bu  fikrlar  yozilgan  qog’ozni  (soat  strelkasi  yo’nalishi 
bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi.  Keyingi guruh esa yana bu haqda 
uchta fikr bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim.  Shu tarzda davom etib,  
har bir qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach,  guruhlar bu fikrlarni tahlil etib,  
guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.  

 
81 
3.  Pedagogikaning asosiy tushunchalari.  Kichik guruhlarda ishlash  uchun guruh 3 ta 
kichik  guruhga  bo’linadi  va  ularga  quyidagi  tarqatma  materiallar  berilib,    Ushbu 
masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.   Takdimot tayyorlash uchun  
20  daqiqa  va  har  bir  guruh  taqdimoti  uchun  5  daqiqadan  taqdimotlar  muhokamasi 
uchun 5 daqiqa  ajratiladi.  
 
1– guruh uchun tarqatma material.   
Tarbiya  -  insonlar  rivojlanishida  asosiy  rol  o’ynaydigan  jarayon  bo’lib,  bir 
avlodning  ijtimoiy  tajribasini  keyingi  avlodlar  tomonidan  o’zlashtirishlarini  va 
ularning ijtimoiy hayotga qo’shilishlarini ta’minlab beruvchi zaruriy faoliyatdir.  
Tarbiya-inson  tarbiyalanganligining  me’zoni  sifatida  shaxsiy  xislatlarning 
shakllantirish  bilan  bog’liq  holda  tarixan  shakllanib  kelgan  pedagogik  tushuncha. 
Uning  yordamida  insonning  rivojlanishiga  tashqi  muhitni  ta’sirini  fan  va  amaliyot 
isbotlab  beradi.  Inson  butun      umri  davomida  hayotda  kimnidir  tajribasiga  tayanadi 
hamda unga   asosan o’zining ko’nikma va ma’lakalarini shakllantirib boradi. U faqat 
o’tmish  me’rosxo’ri  sifatida  ijtimoiy  hayotga  qo’shilib  boradi  va  kelajak  uchun 
tayyorlanadi.  
Rivojlanib  borayotgan  avlodni  katta  yoshdagilar  tajribasini  egallab  borish 
jarayoni tarbiyaviy  jarayon  bo’lib, u  insonlar  rivojlanishini boshqarish  hamda  ularni 
shaxsiy  xislatlarini  shakllanishiga  zarur  sharoitlar  yaratib  beradi.  Ayrim  xollarda 
tarbiya  bilan  rivojlanish  o’rtasida  o’zaro  bog’liqlik  yo’q  deb  tuyuladi,  aslida  ular 
o’rtasida bog’liqlik juda murakkab va ahamiyatlidir. Inson shaxsi tarbiya jarayonida 
rivojlanib  boradi,  rivojlanish  darajasi  uning  tarbiyasiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi  ya’ni 
o’zgartiradi,  shakllantiradi.  Yaxshi  tashkil  etilgan  tarbiya  shaxsning  rivojlanish 
darajasini tezlashtiradi va yana qayta tarbiyaga ta’sir ko’rsatadi. Shu tarzda insonning 
butun   hayoti davomida bu ta’sir va aks ta’sirlar o’zaro bir-birini tuldirib, ta’minlab 
boradi.  
«Tarbiya» atamasidan ko’pgina pedagogik atamalar kelib chiqqan; tarbiyachi, 
tarbiyalanuvchi,  tarbiyalangan,  tarbiyalanganlik,  tarbiyaviy  va  xokazo.  Bularning 
barchasini  manbasi  va  ma’nosi  bitta.  Tarbiyachi-inson,  avlodlar  tajribasini 
egallashlari  uchun  majburiy  yoki  zaruriy  ta’minotchi.  Tarbiyalanuvchi-tajribalarni 
egallaydigan va o’rganadigan shaxs.  
Tarbiyalangan  (tarbiya  kurgan)  -  tajribalarni  yaxshi  egallagan  va  unumli 
foydalanuvchi.  Tarbiyalanganlik  -  shaxsning  sifat  ko’rsatgichi,  tajribalarni  yaxshi 
o’zlashtirganligi,  tarbiyaviy-rivojlantirish  maqsadida  yo’naltirilganlik.  Masalan, 
tarbiyaviy aloqalar, tarbiyaviy jarayon, tarbiyaviy tizim, tarbiyaviy ishlar va tadbirlar.  
Hayotda  «tarbiya»  juda  keng  qo’llaniladi.  Tajriba  o’rgatish,  tarbiyalash 
ommaviy  axborot  vositalar  yordamida,  san’at  orqali,  boshqaruv  organlari  tizimi  va 
tashkilotlarda  siyosiy,  manaviyat  va  ma’rifat  ishlarini  tashkil  etish  orqali  amalga 
oshirilishi mumkin. Bularni amalga oshirishda ma’lumot muhim ahamiyat kasb etadi.  
2– guruh uchun tarqatma material. 
Ma’lumot  -  ma’lum    maqsadga  yo’naltirilgan,  inson  shaxsining  rivojlanishini 
ta’minlovchi, maxsus  tashkil etilgan tizim bo’lib, o’qitish  jarayoni va uning natijasi  
hisoblanadi.  

 
82 
Maxsus tashkil etilgan ma’lumot beruvchi tizim - bu ta’lim-tarbiya muassasasi, 
qayta tayyorlash va malaka oshirish  tashkiloti, o’quv-material baza, moliya (finans), 
kadrlar, ilmiy-usulik ta’minot. Ularda ma’lum  maqsadlarga ko’ra tajribalar o’rgatish 
va o’rganish maxsus dasturlarga asosan tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va 
yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 
Ma’lumot  aniq  bir  yoshdagi  shaxslarda  bilim,  iqtidor  va  ko’nikmalarning 
o’zlashtirilganligini, bilish qobiliyati o’sganligini va ular asosida ilmiy dunyoqarash, 
shaxsiy  sifatlar  shakllanganligini,  ularning  ijobiy  kuchlari  va  qobiliyatlarining  qay 
darajada  rivojlanganligini  anglatadi.  Qachonki  inson  ma’lumoti  to’g’risida 
gapirilganda  uning  ma’lumotliligi  tushiniladi.  Ma’lumotlilik  -  shaxsiy  sifat 
ko’rsatkichi,  ya’ni,  shaxsning  rivojlanish  darajasi,  uning  tajribasi,  ko’nikma  va 
malakalarni  qay  darajada  o’zlashtirganligi  va  ulardan  foydalanish  hamda  ular 
yordamida  yangi  bilim-ko’nikmalarni  egallab,  to’ldirib  borish  qobiliyatlari 
tushuniladi.  
«Ma’lumot»  to’g’risida  gapirar  ekanmiz  ma’lumotli  bo’lish  uchun  «Tarbiya»  o’zi 
yetarli  emas,  Bunda  ma’lum  bir  jarayonlar  mavjud  bo’lib,  bu  jarayonlarni  tashkil 
etish negizida «Ta’lim» tushunchasi mavjud. 
3– guruh uchun tarqatma material. 
Ta’lim  -  tajribalar  almashinish  jarayoni  bo’lib,  rejali  ravishda  amalga 
oshiriladigan  «pedagog-talaba-pedagog»  muloqoti,  uning  natijasida  ma’lumot, 
tarbiya va rivojlanish amalga oshadi. 
«Ta’lim», «Tarbiya» va «Ma’lumot» tushunchalari bir-birini to’ldirishi hamda birini-
ikkinchisi,  ikkinchisini-uchinchisi  ta’minlovchisi.  Bular  natijasida  inson  shaxsining 
rivojlanishi  ta’minlanar  ekan,  buni  biz  hayotda  mevali  daraxtga  qiyoslaymiz  (2-
rasm). Mevali daraxt urug’dan tuproqda unib  
chiqadi, unga   o’z vaqtida suv berib, ishlov berib parvarish qilinsa rivojlanib daraxt 
bo’ladi va meva beradi. 
 
 
 
        Urug’   
                Tuproq (yer)                  Daraxt 
   (ta’lim)                               (tarbiya) 
 
(ma’lumot)   
 
2-rasm. Rivojlanish (pedagogik tushunchalar tizimi). 
 
Mevali  daraxtni  rivojlanishida  urug’,  tuproq,  daraxt  alohida  vazifalarni  bajarsada 
birontasi bo’lmasa qolganlarini tasavvur qilib bo’lmaydi ya’ni, rivojlanish bo’lmaydi. 
Urug’ni  yerga  ekish,  unga      suv  berish,  tagini  yumshatish,  mevalarini  terib  olish, 
undan yana urug’ olish qisqa so’z bilan aytganda uni shakllantirish ishlarini bog’bon 
(dexqon)  bajaradi.  Bog’bonning  bu  faoliyatlarini  inson  shaxsini  shakllantirishdagi 
(rivojlantirishdagi)  pedagogni  faoliyatiga  qiyoslash  mumkin,  ya’ni  pedagog  yosh 
avlodga ta’lim berish bilan birga tarbiyalaydi, ma’lumot beradi, rivojlantiradi hamda 
uni  kelajakdagi  fan  va  texnika  sohasidagi  yutuqlarini  o’rganadi  va  buni  yana  yosh 
avlodlarga o’rgatadi. 
 

 
83 
 
Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling