Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi «himoyaga ruxsat etildi»


Raqobatning turlari, mohiyati va usullari


Download 359.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.11.2020
Hajmi359.84 Kb.
#147604
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm infratuzilmasiga yonaltirilgan sanoat tovarlari bozorida raqobatni rivojlantirish strategiyasi


2.Raqobatning turlari, mohiyati va usullari. 

 

Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni 



cheklash  va  raqobat  to‘g‘risidagi  qonon  bugungi  kunda  eskirdi  va  zamon 

talablariga  javob  bermay  qoldi.  Shuni  e’tiborga  olgan  xolda  “Raqobat 

to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”

6

- deb 



ta’kidlagan edilar.  

Shulardan 

kelib 

chiqqan 


xolda, 

raqobat 


bozor 

iqtisodiyotini 

harakatlantiruvchi  mexanizmi  hisoblanadi.  Zero,  raqobat  tashqi  kuch  sifatida 

maydonga  chiqib,  korxonalarda  mehnat  unumdorligini  oshirish,  harajatlarni 

kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab 

chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.  

Raqobat  nima  ishlab  chiqarish  kerak?  degan  savolga  aniq  javob  beradi. 

Chunki haridorning tovar va xizmatlarni sotib oligga sarflash uchun mo‘ljallangan 

mablag‘lari  doimo  cheklangan  bo‘ladi.  O‘z  navbatida  tovar  ishlab  chiqaruvchilar 

o‘z  tovarlarini  sotish  orqali  Ushbu  mablag‘larga  ega  bo‘lish  maqsadida 

kurashadilar.  

Shuni  aloxida  ta’kidlash  kerakki  raqobat  iqtisodiy  agentlarning  bitimlarini 

uzluksiz oshirishga, rag‘batlantirib turadi. Busiz raqobatda  g‘olib chiqish  mumkin 

emasligini  ta’kidlab,  shuni  aytish  kerakki  fan-texnika  taraqqyoiti  yutuqlarini 

vaqtida  ishlab  chiqarish,  joriy  etish  yuqori  saviyadagi  mutaxassislarni  talab  etadi. 

Ushbu  ishlarni  amalga  oshirmaslik  esa  muqarrar  ravishda  raqobat  kurashini  boy 

berishga olib keladi. 

                                                        

6

 I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 



rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010 yil 52 bet  

 


17 

 

Bozorda  firmalar  resurslarini arzon olish  va tovarlarni qimmatroq sotishga 



intiladilar  va  foydani  ko‘proq  olish  uchun  kurashadilar.  Haridor  mollarni  bozorda 

arzon  olmoqchi  bo‘lsa,  sotuvchi  qimmatroqqa  sotishni  o‘ylaydi.  Raqobatda  aniq 

maqsadlar qanday bo‘lmasin, pirovard natija daromad ko‘rish yoki imidj ortishidan 

iborat.  Raqobatsiz  bozor  iqtisodiyotining  bo‘lishi  mumkin  emas  va  bunda 

iqtisodiyot mavjud bo‘la olmaydi ham.  

Bozor  raqobati  qanday  xususiyatga  ega?  Birinchi  navbatda,  rivojlangan 

bozorda  raqobat  iste’molchilar  (haridorlar)  o‘rtasida  emas  balki  tovarlar  va 

xizmatlarni  sotuvchilar  ham  iste’molchilar  singari  foyda  olish  yo‘lida  harakat 

qiladi. Ammo ishlab chiqaruvchining shaxsiy foydani ko‘zlashi raqobat bo‘lganda 

yuqori  raqobatdoshlikka  erishish  moddiy  texnika,  moliya  va  mehnat  resurslaridan 

samarali  foydalanish  esa  umuman  jamiyat  manfaatlariga  mos  keladi,  chunki 

resurslar  har  qanday  jamiyatda  cheklangan.  Raqobat  mahsulot  birligiga  mehnat 

sarfini  kamaytirishga  eng  mukammal  texnologiyalarni  ishlab  chiqarish  va  joriy 

etishga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirishga rag‘zbat beradi.

7

 

Bozorning  raqobatchilik  tarkibiy  tuzilishining  turli  modellari  ajratib 



berilgan.  Uning  turli  modeli  keng  e’tirof  etilib,  mukammal  (sof)  raqobat; 

monopolistik  raqobat,  oligopoliya,  mukammal  monopoliya  kabilarga  bo‘linadi. 

Mukammal  (sof)  raqobat  -  bozorga  kirib  keladigan  va  undan  chiqib  ketadigan, 

haridor  va  sotuvchilarning  ko‘pligi  bilan  tavsiflanadigan,  sotuvchilar  bir  xil  ish 

turidagi  tovarlar  va  xizmatlarni  taklif  etadigan  raqobat  turidir.  Bunda  haridor  va 

sotuvchilarning  birontasi  ham  aloxida  bir  o‘zi  bozor  narxlariga  ta’sir  ko‘rsatishga 

qodir  bo‘lmaydi.  Bu  modelga  ko‘ra  mukammal  raqobatchi  mavjud  bozor 

narxlarida sotish uchun mo‘ljallangan jami mahsulot yoki xizmatni bozorda sotish 

imkoniyatiga ega bo‘lgan  ishlab chiqaruvchi  yoki tovarlarni sotuvchi  hisoblanadi. 

U  umumbozor  narxlariga  uni  ko‘tarish  yoki  pasaytirish  tomoniga  qarab  hech 

qanday  ta’sir  ko‘rsata  olmaydi,  chunki  bir  xil  yoki  turdosh  tovarlar  va  xizmatlar 

savdosining  umumiy  xajmida  uning  hissasi  bir  ishlab  chiqaruvchi  bozorni  o‘z 

ichiga  oladigan  bo‘sag‘asidan  past  ijtimoiy  manfaatlar  nuqtai  nazaridan  xuddi 

                                                        

7

 A. O‘lmasov “Iqtisodiyot asoslari” . Toshkent, “Mehnat” 2008, 94-bet 



18 

 

shunday raqobatli bozor eng foydali hisoblanadi. Bunday bozorda yakka bir ishlab 



chiqaruvchi  va  sotuvchi  narxga  ta’sir  ko‘rasat  olmaydi,  jamiyat  esa  haridor 

qiyofasida tekshirib, sinab, tanlab olib ayni paytda ishlab chiqarishni nazorat qiladi 

va boshqaradi.  

2.1-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z foydasini eng yuqori darajaga 

yetkazish 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Bu  yerda,  MS=MR=P  –  masofa;  AV=R-AS  –  to‘g‘ri  burchak  yuzi  bir-

birlik  mahsulotdan  olinadigan  o‘rtacha  foyda;  AVSD  -  to‘g‘ri  burchak  yuzi 

firmaning  eng  ko‘p  yalpi  daromadi.  1.1.1-chizmada  ko‘rinib  turganidek  firmaga 

hamisha ham qisqa muddatli davrda foydani eng yuqori darajaga kerak emas . 

Chegaraviy  daromad  (MR)  chegaraviy  harajatlar  (MS)ga  teng  bo‘ladigan 

va  chegaraviy  harajatlar  egri  chizig‘i  ko‘tarilib  boradigan  nuqtada  foyda  eng 

yuqori  darajaga  yetadi:  MR=MS  (1).  Raqobatli  bozorda  talab  egri  chizig‘i  to‘g‘ri 

chiziqdan  iborat  bo‘ladi,  shu  sababli  MR=R,  ya’ni  (1)  qoidani  MS=R  shaklida 

yozish  mumkin.  1.1.2-chizmada  raqobatchi  firmaning  o‘z  zararlarini  eng  kam 

darajaga  tushirish  AYE  kesma  -  R  –  AYEFD  to‘g‘ri  burchak  yuzasi  ishlab 

chiqarish  xajmi  q

bo‘lganida  olinishi  mumkin  bo‘lgan  qo‘shimcha  foyda;  AS-



AVC=AFC  –  kesma  VE  –  doimiy  o‘rtacha  harajatlar;  SBEF  yuza  –  hech  qanday 

mahsulot chiqarmaydigan maqomdagi harajatlarga teng zarar.  



2.2-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga 

tushirish 

MS 

AS 


MR=AR=P 



q





19 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.2-  chizmaning  avvalgisidan  asosiy  farqi  ishlab  chiqarish  doimiy 

harajatlarning  ortib  borishidir.  Bu  narsa  umumiy  o‘rtacha  harajatlar  (AS)ni 

oshiradi,  ammo  o‘rtacha  o‘zgaruvchan  harajatlarni  o‘zgartirmaydi.  Natijada  1.2-

chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi. 

Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.  

Monopolistik  raqobat  o‘z  nomiga  mos  xolda  ustun  keladigan  raqobatning 

bir  qadar  monopol  hukmronlik  bilan  aralashmasidan  iborat.  Raqobatchilardan 

anchagina  sonli  bo‘lishi  ulardan  har  birining  bozor  narxlarini  nazorat  qilish 

imkoniyatini  to‘liq  bo‘lmasada,  ammo  sezilarli  darajada  cheklaydi.  Monopolistik 

raqobatga  xos  bo‘lgan  muxim  belgi  sotuvchilarni  tovarlarni  tabaqalashtirishga 

intilishidir. 

Tabaqalashtirish,  ya’ni  tovarlarga  aloxida  uni  o‘ziga  o‘xshash  tovarlardan 

ajratib  turadigan  sifat  berish  sotuvchiga  raqiblarining  xudi  shunday  tovarlarga 

qaraganda  uning  tovarini  afzal  ko‘ruvchi  haridorlar  haridorlar  doirasini  yaratish 

imkoniyatini beradi. 

Oligopoliya  -  tarmoqda  bir  necha  firmaning  o‘zaro  bog‘lanib  qolishi, 

ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi 

ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash 

ish  deyarli  bir  xil  yoki  bo‘lmasa  tabaqalangan  mahsulotlar  ishlab  chiqarishdlari 

MS 

AS 


P=MR 





q



AVS 



20 

 

mumkin. Oligopolik bozorda  narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p  uchraydi.  Bu 



peshqadam  tarmoqdagi  eng  yirik  ish  eng  samarali  ishlayotgan  firma  bo‘ladi. 

Tarmoqdagi  peshqadam  o‘z  mahsuloti  narxini  o‘zgartirish  bilan  boshqa  hamma 

firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi 

firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni 

bo‘lib  olishni  birgalikda  boshqarish  maqsadlarida  til  biriktirish  ehtimoli 

imkoniyatlarini  keltirib  chiqaradi.  Oligopoliya  tarmoq  sharoitlarida  firmalar 

hamkorlikni  yuridik  jixatdan  rasmiylashtirilmasdan  va  bu  haqida  oshkora  xabar 

bermasdan  manfaatdor  bo‘lishlari  mumkin.  Xo‘jalik  sub’ektlarining  raqobatni 

jiddiy cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan 

faoliyatiga  ko‘ra  kurashish  bozor  iqtisodiyoti  davlatlaridan  monopoliyadanchiqish 

qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir. 

Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi. 

Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab 

chiqaruvchi  mukammal  monopolist  hisoblanadi.  Bu  modelda  bozorda  tanho 

sotuvchi  yoki  ularning  soni  naqadar  kamki  ularning  har  biri  raqiblari  bilan 

kelishilgan  xolda  mustaqil  tovarlar  va  xizmatlar  taklifi  umumiy  xajmiga  va 

ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda 

shu  jumladan  raqobat  mamlakatlarda  darajasi  yuqori  bo‘lgan  bozor  iqtisodiyoti 

mamlakatlarda kam mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.  

Zamonaviy  texnologiyalarni  joriy  etish  ko‘p  xollarda  kam  chiqimli 

unumdor  ishlab  chiqarishga  erishish  uchun  uning  miqyosini  kengaytirishi  ham 

mutloq  ma’noda  kam  harajat  talab  etadi.  Shunday  tarmoqlar  ham  borki  ularda 

mahsulot yoki xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa 

ishlab chiqarish ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.  

Real  bozor,  mukammal  raqobat  –  mukammal  monopoliya  o‘qi  bo‘yicha 

turli  modelning qaysi biriga  muvoqfiqroq  kelishiga qarab shu bozorda tovarlar  va 

xizmatlar  sotuvchisi  bo‘lgan  tadbirkorlar  raqobat  kurashining  turli  yo‘llaridan 

foydalanadilar.  



21 

 

 “Bozor  iqtisodiyoti  mamlakatlarida  qonunlar  reklama  sohasidagi  raqobat 



kurashiga  monelik  qilmaydi.  Tadbirkorlarga  xususan  faqat  ularning  tovar  yoki 

xizmatni  sotib  olish  g‘oyani  afzal  ekanligiga  haridorni  ishontirishga  urinishlarda 

juda katta erkinliklar beradi”.

8

  



Raqobat  vositalarining  shakl  va  taomyili,  uning  namoyon  bo‘lishi  sohalari 

g‘oyat  ko‘p  va  keng  .  Uning  tarmoq  ichidagi  kapitalning  bir  tarmoqdan  ikinchi 

tarmoqga  oqib  o‘tishiga  olib  keladigan  tarmoqlararo,  jahon  bozorlarida  turli 

mamlakatlar  xo‘jalik  kompleks  raqobati  kabi  turlari  mavjud.  Raqobatni  amalda 

tasavvur  etish  uchun  shu  ko‘rinishlarga  mansub  bo‘lgan  hozirgi  usullardan 

ayrimlarini  ko‘rib  o‘tamiz  va  jahondagi  hamma  mamlakatlarda  qonuniy 

hisoblanadigan  va  amalda  keng  qo‘laniladigan  raqobat  xulqining  turli  ishlarini 

tavsiflaymiz.  Narx  bilan  raqobatlashuv  an’anaviy  shakl.  Uning  an’anaviy  va  eng 

ko‘p qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi: 

-  “Narxlar  jangi”  –  yirik  ishlab  chiqaruvchilar  raqiblarini  tarmoqdan  surib 

chiqarish  uchun  narxlarni  vaqti-vaqti  bilan  yoki  uzoq  muddat  pasaytirib  turadi. 

“Narxlar  jangi”ni  boshlagan  baquvvat  firma  tovarning  sotish  xajmi  ko‘payganligi 

hisobiga  ko‘proq  daromad  ko‘rishni  ko‘zlaydi.  Yirik  kompaniyalarning  o‘zlari 

uchun  yangi  bo‘lgan  mamlakatlarda  ochilgan  korxonalari  filiallari  boshqa  xorijiy 

va  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar  bozordan  siqib  chiqarish  uchun  aksariyat 

“narxlar  jangi”ni  qo‘llaydi.  Iste’molchilar  dastlab  tarmoqdagi  “narxlar  jangi”dan 

foyda  ko‘radi,  ammo  keyinchalik  bunday  monopoliyalashtirishning  jabrini 

tortishlari  mumkin.  Davlat  mahalliy  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  tarmoqni 

o‘zlashtirishdan  manfatdor  bo‘lib  qudratli  xorijy  firmalar  bilan  kurashda  mahalliy 

bozorda  o‘rnashib  qolishga  yordam  berish  uchun  ularni  aloxida  imtiyozlar  va 

afzalliklar  tizimi  bilan  qo‘llab-quuvatlashga  harakat  qiladi,  u  yoki  bu  tarmoqda 

xorijiy  xo‘jalik  yurituvchi  shakxsga  tadbirokrlik  faoliyati  uchun  mahalliy  sherik 

ishtirokida qo‘shma korxona barpo etish  majburiy shart qilib qo‘yadi  yoki boshqa 

cheklash va tartibga solish choralarini ko‘radi; 

                                                        

8

 V.A. Chjen Bozor qonuniyati asoslari. Toshkent 2002 y. 181-bet 



22 

 

-  demping  –  amal  qilish  va  maqsadlarga  ko‘ra  “narxlar  jangi”ga  yaqin 



bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab 

chiqaruvchilar  boshqa  mamlakatlar  xududida  korxona  qurmaydilar,  ammo  uning 

bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning 

ma’nosi  tovar  ishlab  chiqaruvchi  mamlakatning  ichki  bozorida  sotilayotgan 

ortiqcha  mahsulotni  yo‘qotish  va  yangi  bozorlarga  kirib  olishdan  iborat. 

Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga 

dempingni  eksportchi  kompaniyalarga  byudjetdan  maxsus  eksport  mukofotlari  va 

subsidiyalari to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan 

zararni  qisman  qoplaydi.  Bunday  ishlardan  davlatning  manfaatdorligi  boshqa 

malakat  bozorida  o‘z  ishtirokini  kuchaytirish,  iqtisodiy  manosabatlarni  yanada 

rivojlantirish uchun negiz yaratishga intilish bilan izohlanadi.  

Rivojlangan  mamlakatlardan  rivoji  pastroq  mamlakatlarga  demping  tovar 

chiqarish  amaliyotda  doimiy  xodisa.  Demping  narxlar  iste’molchilarni  so‘zsiz 

qoniqtiradi,  ammo  “narxlar  jangi”di  bo‘lgani  kabi  bozorda  bunday  tovarlarning 

hozir 

bo‘lishi 



mahalliy 

tovar 


ishlab 

chiqaruvchilarning 

rivojlanishini 

qiyinlashtiradigan omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat 

- bu jarayonni savdo cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish 

uchun  bojlarni  ko‘tarish  bilan  nazorat  qilish,  shuningdek  demping  narxlarda 

sotilayotgan 

tovarlarga 

o‘xshash 

tovarlar 

ishlab 

chiqaruvchi 



mahalliy 

tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga ega. 

Halqaro  amaliyotda  mahsulot  narxidan  chalg‘itmaslik,  tovarning  qiymati 

va  sifati  sohasida  raqobatni  qiyinlashtirmaslik  uchun  chegirma  va  saylovlarning 

eng  yuqori  miqdorlarini  belgilab  qo‘yish  kam  uchraydi.  Shuningdek  narx  bilan 

raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin: 

-  muayyan  toifadagi  iste’molchilar  uchun  imtiyozli  narxlar  (masalan, 

aviakompaniyalardan  yo‘lovchilar  guruxiga bir  yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar 

yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi; 


23 

 

- vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga ertala 



borish  kechkidan  ko‘ra,  ish  kunida  borish  dam  olish  kunidan  ko‘ra  arzonroq 

turadi); 

-  ko‘rasatiladigan  xizmatlar  xajmi  ko‘paygan  yoki  tovarlar  sifati 

yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish; 

- haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar. 

Narx  bilan  raqobatlashuvga  kirmaydigan  raqobat  usullarini  “narxsiz 

raqobat”  deb  ataladi.  Bu  atama  garchi  noaniq  bo‘lsada  amaliyot  va  ilmiy 

adabiyotda  keng  qo‘llaniladi,  raqobat  kurashidagi  turli  usullarga  yagona  nom 

berishga imkoniyat yaratadi.  

3.Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari. 

 

Prezidentimiz  o‘z  ma’ruzalarida,  “Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi 



doirasida  amalga  oshirilgan  yana  bir  yo‘nalish  –  mamlakatimizdagi  eksport 

qiladigan  korxonalarni  qo‘llab  quvvatlash  va  rag‘batlantirish,  eksport  salohiyatini 

mustaxkamlash  bo‘yicha  qabulqilingan  amaliy  choralar  muhim  ahamiyatga  ega 

bo‘ladi.”

9

 deb ta’kidlagan edilar.  



Shunday  ekan  talab,  taklif  va  raqobatsiz  bozorni  tasavvur  etib  bo‘lmaydi. 

Haridorning  tovar  va  xizmatlar  sotib  olish  uchun  qilgan  sarf  harajatlari  ikk 

qismdan iborat. Birinchi tovarga bo‘lgan baho, ikkinchisi uni topishga ketgan vaqt 

va  ishlatish  harajatlaridir.  Ularning  hammasi  jamiyat  uchun  iste’mol  harajatlarini, 

ya’ni  bahosini  tashkil  etadi.  Iste’mol  bahosi  tovarning  harid  qilib  olish  narxidan 

ancha  ko‘p.  Tovarlar  ichida  eng  raqobatdoshi  bo‘lib  boshlang‘ich  bahosi  past 

emas,  iste’molchi  qo‘lida  ishlatilishi  qulayligi,  kam  sarfligi  va  umumiy  harajati 

kamligi  bilan  farqlanadigan  hisoblanadi.  Haridorlar  xajmi  –  harakatini  kuzatish 

shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tovarlarni taqqoslashda qaysinii qo‘llash samaradorligi 

(R);  sotib  olish  harajatlariga  (S)  nisbatan  yuqori  bo‘lsa  o‘sha  tovarni  ko‘proq 

tanlashadi. Demak, tovarni raqobatdoshligi (K) umumiy ko‘rinishda bo‘ladi. 

                                                        

9

  I.A.Karimov.  Asosiy  vazifamiz-vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirishdir.  T.: 



O‘zbekiston, 2010 yil, 39 bet  



K =  

24 

 

Tovarning  raqobatdoshligini  baholash  qo‘yidagi  bosqichlarni  o‘z  ichichga 



oladi: 

a)  bozorni  tahlil  qilib  o‘zimizni  tovarimizga  o‘xshash  tovar  namunasini 

topib olish; 

b)  bizning  tvoar  bilan  solishtiriladigan  tovarlardagi  asosiy  ko‘rsatkichlarni 

belgilash; 

v) 


o‘zimizning 

tovarimizdagi 

integral 

(umumiy) 

raqobatdoshlik 

xususiyatlarini aniqlash. 

Bozordagi  raqobatga  esa  ko‘proq  tovar  sotishni  rag‘batlantirish  vositalari 

xizmat  qiladi.  Asosiy  axborotni  haridorlar  tovar  ishlab  chiqaruvchidan  olinadi. 

Haridorlarni asosan tovarning  iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat  bozorda  taklif 

talabdan  yuqori  bo‘lganda  firmalar  ichida  emas  balki  tovarlar  orasida  namoyon 

bo‘ladi.  

Raqobat  asosan  quyidagi  ko‘rinishlarda  bo‘lishi  mumkin:  a)  tovarlarning 

xizmatlari bo‘yicha bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat. Masalan, sport, 

kitoblar,  plastinkalar  kishining  madaniy  dam  olishiga  qaratilgan.  Shuning  uchun 

ular  bir-biri  bilan  raqobatchi;  b)  bir  xil  tovarni  har  xil  firmalar  ishlab  chiqarishi 

orqali  bo‘ladigan  raqobat  yoki  bir  xil  firma  tomonidan  har  xil  modifikatsiyadan 

tovar ishlab chiqarish; v) baholar orqali bo‘ladigan raqobat – bu eng ko‘p tarqalgan 

usullaridir.  Bahoni  pasaytirib  bozorni  egallash.  Tovarlarni  iste’mol  qilish 

(ishlatish) jarayonidagi bahosini pasaytirishga elektr yoqilg‘i va material sarflarini 

kamaytirish va xizmat qilish muddatini ko‘paytirish orqali erishish. 

Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud: 

1.Agar  raqobatchilar  kuchi  teng  va  strategiyalar  bir-biriga  o‘xshash  bo‘lsa 

bozor muvozanati uzoq saqlanmaydi, ular orasidagi kelishmovchilik susaymaydi.  

2.Raqobatchining g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang. 

3.Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling. 

4.Sizning  harakatlaringiz o‘zingizning  imkoniyatlaringizga  mos ekanligiga 

raqobatchingizni ishontiring. 

 


25 

 

Raqobatchilar strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi: 



1.Boshqa tovarlarning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar? 

2.Raqobatchi  firmaning  reklama  vositalari  va  sotishni  raqobatlantiruvchi 

usullari? 

3.Qaysi belgilari ishlatilmoqda? 



 

 

3.1-chizma. Tovarning raqobatdoshligini baholash bosqichlari 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bozorni o‘rganish 

Raqobatchilarni 

o‘rganish 

Bo‘lajak haridorlar 

ehtiyojini o‘rganish 

Tovarga bo‘lgan talabni shakllantirish 

baholash uchun zarur ko‘rsatkichlar 

Iqtisodiy Texnik Normativ 

Ko‘rsatkichlar bo‘yicha 

asosni aniqlash 

Iqtisodiy Texnik Normativ 

Iste’mol qiymati 

tahlili 


Raqobatbardoshligini integral 

ko‘rsatkichini hisoblash 

Raqobatbardoshligini integral 

ko‘rsatkichini hisoblash 

 Qoniqarli Qoniqarsiz 

Tovarni ishlab 

chiqarishga qaror 

qilish 


Raqobatbardoshligini 

aniqlash tadbirlarini 

ishlab chiqish

 


26 

 

4.Tovarni  kafolatli  va  undan  keyingi  ishlatish  davrlarida  qanday  servis 



taklif qilinmoqda? 

Tovarlarni  raqobatdoshligini  baholashda  4  ta  usul  mavjud  bo‘lib  ular 

quyidagilardan iborat: 

1.  Ekspert baholash 

2.  Baholashni o‘lchash-hisoblash usuli 

3.  Tajriba usuli 

4.  Sotsiologik usul 

Ekspert  baholash  –  tovarlarni  sifatini  ekspert  baholashda  tovarlarni  ishlab 

chiqarishda katta ahamiyatga ega. Ekspert baholashda 2 xil usul mavjud: 1) xay’at 

usuli; 2) yetakchi ekspert va guruh usuli. 

O‘lchash-  hisoblash  usuli-  bu  usul  bilan  tovar  sifatini  baholash  tajriba 

natijalari  asosida  o‘lchanadigan  ko‘rsatkichni  baholash,  qiymatni  aniqlash  va 

oldindan  ishlab  chiqilgan  namunaviy  hisoblash  formulasi,  grfik  va  jadvallarni 

ishlatib o‘lchashga asoslangan. 

Baholashni  tajriba  usuli  –  bunda  tovarlarni  raqobatdoshligini  aniqlash 

tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifatini insonlarda sinab ko‘radi. 

Baholashni sotsiologik usulida esa – tovarlarni raqobatdoshligini aniqlashni 

tajriba  usulida  ekspert  qiluvchi  tovarni  sifati  to‘g‘risidagi  fikrlari  asosida  tovarga 

baho  beriladi.  Tashqi  bozorga  chiqish  har  doim  raqobat  krashiga  tortilishi 

demakdir.  

Haridorlarning  ayrim  bir  ehtiyojlari  teng  yoki  qisman  o‘zgaradigan 

sharoitlarda  bir  xil  yoki  har  xil  usullar  bilan  qondirish  mo‘ljallangan  xilma-xil 

tovarlar ayni bir vaqtda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘zining qiymat 

birligi  bo‘yicha  raqobatchilar  tovarlariga  qaraganda  ehtiyojni  ko‘proq  va  yuqori 

darajada qondiradigan tovarlarni tanlaydi.  

 


Download 359.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling