Samarqand Muzeyi 1911 yilda muzey uchun alohida bino qurildi (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomidagi yoshlar kutubxonasi binosi) va muzey shu binoga ko‘chib o‘tdi. 1933 yilda muzey kolleksiyasining bir qismi Registon ansamblidagi Ulug‘bek madrasasi ichiga ko‘chirildi. 1939 yilda savdogar Avraam Kalontarovning uyi (hozirgi viloyat o‘lkashunoslik muzeyi binosi) muzey uchun foydalanishga topshirildi va muzey shu joyda faoliyat boshladi. 1979 yilda Registon maydoni yaqinida Samarqand muzeyi uchun yangi bino qurib bitkazildi va ushbu binoda 2009 yilgacha Samarqand muzeyi faoliyat olib bordi. 1982 yilda O‘zbekiston hukumati qarori bilan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tashkil etildi va viloyatdagi barcha yodgorliklar hamda muzeylar ushbu tuzilma tarkibiga kiritildi. 2009 yildan Samarqand muzeyi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 148-uyda faoliyatini olib bormoqda. 2017 yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan Samarqand muzeyi uchun shaharning eski shahar qismidan yangi maxsus bino qurish uchun 70 milliard so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari 2020-2027 yillar davomida amalga oshirilishi belgilandi. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017 - 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
- 1. 2017 — 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlandi.
Samarqand 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |