Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti O’zbek tili fanidan Mustaqil ish


Afrasiyob muzeyi Afrasiyob muzeyi


Download 291.97 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi291.97 Kb.
#1243764
1   2   3
Bog'liq
Ravshanova Ra\'no

Afrasiyob muzeyi

Afrasiyob muzeyi

Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970 yilda tashkil etilgan. Muzey Afrosiyob shaharchasida – Samarqandning qadimiy, mo’g’illar istilosigacha bo’lgan qismida joylashgan.Muzey ekspozitsiya zallarida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalaridan XIII asrning boshlarigacha bo’lgan shahar tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.Samarqand ikki ming yil davomida (So’g’d yoki So’g’diyonaning) markaziy shahri bo’lib, muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar Samarqandning yuqori darajadagi madaniy, siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayotini yaqqol yoritadi.Muzeyda Samarqandning moddiy madaniyatini yorituvchi sopol, shisha, tosh, metal, suyak, korapilastika va me’moriy naqshlardan iborat boy to’plamlar saqlanadi. Bular qariyb 20 mingdan ortiq osori-atiqalarni tashkil qiladi.

Afrasiyob muzeyi

Birinchi qavat ekspozitsiyasida Afrosiyob shaharchasining o’rganilish tarixi, So’g’dning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha bo’lgan tarixiy davrini eksponatlar bilan yoritgan. Muzeyning markaziy zalida So’g’d hukmdori (Ixshidi) Varxuman saroyidagi “Elchilar xonasi”ning suratlari joylashgan. Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi munosabati bilan muzeyning ikkinchi qavat ekspozitsiya zallari to’liq qayta ishga tushirildi. Afrosiyob qazishmalaridan topilgan osori-atiqalar asosida O’rta Osiyoda musulmon uyg’onish davri tarixi va madaniyati namoyish etilmoqda.

Samarqand Muzeyi

Samarqand Muzeyi

  • Samarqand muzeyi Markaziy Osiyoda tashkil etilgan dastlabki muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey avvalo, o‘sha vaqtda mustamlakachi Rossiya imperiyasi ma’murlari uchun o‘lkani chuqurroq o‘rganish, uning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish uchun tashkil etilgan bo‘lsa, Turkistondagi mahalliy ziyolilar va yevropalik aholining bir qismi uchun qadimiy asori-atiqalarning chetga chiqib ketmasligini ta’minlovchi, ularni bir joyga to‘plovchi vosita hisoblangan.
  • 1868 yilda Samarqand ruslar tomonidan istilo etilgach, ko‘p o‘tmay 1874 yilda qurib bitkazilgan Zarafshon okrugi boshqaruvi binosi (hozirgi Samarqand shahar hokimiyati binosi)da arxeologik muzey tashkil etildi. Tez orada muzeyda 5 mingdan ziyod arxeologik, numizmatik ashyolar va qo‘lyozmalar to‘plandi. Samarqand muzeyi ashyolari 1876 yilda Moskvadagi ko‘rgazmada, 1878 yilda Toshkentdagi ko‘rgazmalarda namoyish etildi. 1881 yilda imperator Aleksandr II ning o‘rniga taxtga Aleksandr III ning kelishi Turkiston o‘lkasiga ham ta’sir qildi. O‘z navbatida, Turkiston general-gubernatori va Zarafshon okrugi gubernatori ham almashdi.

Download 291.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling