Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti. Qayta o’zlashtirish bo’yicha ishi
Yo‘nalish bo‘yicha hosila va gradient
Download 31.25 Kb.
|
Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-TA’RIF
2.Yo‘nalish bo‘yicha hosila va gradient. Endi z=f(x,y) funksiyaning xususiy hosilalari tushunchasining bir umumlashmasini kiritamiz. Buning uchun funksiya M(x,y) nuqtaning biror atrofida aniqlangan va bu nuqtadan o‘tuvchi l to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalish biror e={cosα, cosβ} birlik vektor orqali berilgan bo‘lsin. Bunda cosα, cosβ berilgan e birlik vektorning mos ravishda OX va OY koordinata o‘qlari bilan hosil etgan α va β (β=900–α) burchaklar bilan aniqlanadi va yo‘naltiruvchi kosinuslar deb ataladi. Bu l to‘g‘ri chiziqda yotuvchi va M(x,y) nuqtaning atrofiga tegishli yana bir N(x+∆x,y+∆y) nuqtani qaraymiz. Bunda z=f(x,y) funksiyaning o‘zgarishi
ayirma orqali ifodalanadi va u funksiyaning l yo‘nalish bo‘yicha orttirmasi deyiladi. Bu yerda MN=∆l belgilash kiritamiz. Bunda N→M desak, ya’ni ∆x→0, ∆y→0 bo‘lsa, unda ∆l→0 bo‘ladi. 2-TA’RIF: Agar ∆l→0 bo‘lganda ∆lf /∆l nisbat chekli limitga ega bo‘lsa, bu limit qiymati z=f(x,y) funksiyaning l yo‘nalish bo‘yicha hosilasi deb ataladi. z=f(x,y) funksiyaning l yo‘nalish bo‘yicha hosilasi kabi belgilanadi va , ta’rifga asosan, kabi aniqlanadi. ∆l=∆xcosα+ ∆ycosβ tenglikdan foydalanib, (4) formula o‘rinli ekanligini keltirib chiqarish mumkin. Masalan, f(x,y)=x2–y2 funksiyaning M(x,y) nuqtadagi α=600 yo‘nalish bo‘yicha hosilasi formula bilan hisoblanadi. Xususan, M(1,1) nuqtada bu hosilaning qiymati bo‘ladi. Agar l yo‘nalish biror a={a1, a2} vektor orqali berilgan bo‘lsa, unda bu yo‘nalish bo‘yicha hosila formula bilan hisoblanadi. Masalan, yuqoridagi funksiyaning M(1,1) nuqtadagi a={4,3} vektor bilan aniqlanadigan l yo‘nalishi bo‘yicha hosilasining qiymatini topamiz: Agar l sifatida OX (yoki OY) koordinata o‘qining yo‘nalishini olsak , unda α=0, β=900 (yoki α=900, β=0) bo‘ladi va (4) formuladan natijalarni olamiz. Demak, z=f(x,y) funksiyaning x yoki y bo‘yicha xususiy hosilalari uning l yo‘nalish bo‘yicha hosilasining xususiy holi bo‘ladi. 3-TA’RIF: z=f(x,y) funksiyaning gradienti deb koordinatalari va xususiy hosilalardan iborat vektorga aytiladi. z=f(x,y) funksiyaning gradienti odatda gradf kabi belgilanadi. Gradient ma’nosini aniqlash uchun, vektorlarning skalyar ko‘paytmasidan (III bob, §2) foydalanib, l yo‘nalish bo‘yicha hosilaning (4) ifodasini quyidagicha yozib chiqamiz: Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling