Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


Download 0.78 Mb.
bet39/74
Sana16.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1509825
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Tayanch iboralar: Mehmonxonaning qabul qilish va joylashtirish xizmati. Front office-bo‘limi xizmati. Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi.Kafolatli bron, guruhli bron. Tashrif buyuradigan mehmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va joylashtirish. Turistik guruhni ro‘yxatga olish xususiyati.Joylashib bo‘lgan mehmonlar bilan hisob-kitob qilish turlari va ularni kuzatib qo‘yish. Qabul qilish xizmatini jihozlash.


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:



  1. Mehmonxonaning qabul qilish va joylashtirish xizmati haqida malumot bering.

  2. Front office-bo‘limi xizmati nima?

  3. Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi haqida malumot bering.

  4. Kafolatli bron, guruhli bron tartibi haqida gapiring.

  5. Tashrif buyuradigan mehmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va joylashtirish tartibini tushuntiring.

  6. Turistik guruhni ro‘yxatga olish xususiyati.

  7. Joylashib bo‘lgan mehmonlar bilan hisob-kitob qilish turlari va ularni kuzatib qo‘yish.

  8. Qabul qilish xizmatini jihozlash talablarini tushuntiring.



Mavzu 8. Mehmonxona nomer fondiga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
Reja:

  1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari.

  2. Tozalash ishlarini tashkil etish.

  3. Nomerni joylashish uchun tayyorlash.

  4. Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi.



1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari

Mehmonlarni kutib olish ko‘pgina tushunmovchiliklarni yengib o‘tadi. Bu vazifani ro‘yxatga olish (registratsiya) bo‘limi amalga oshiradi. Ammo, bu yerda ham tashkiliy xatolar bo‘lishi mumkin. Kichik mehmonxonalarda porte ham ro‘yxatga oladi, hujjatlarni rasmiylashtiradi, turistik rasmiyatchilikni tekshiradi va ham nomer fondi xizmati bilan aloqada bo‘ladi. Bunday rasmiyatchiliklar, ko‘p kutishlar turistlar joylashishini uzoqqa cho‘zadi. Amaliyotda shu aniq bo‘lmoqdaki, mehmonxonalarda turistlar soni va mavsumga qarab portelar soni o‘zgarib turishi kerak. Ma’lumki, ro‘yxatga olish stol oldida odamlarning to‘planib qolishi tashkiliy kamchiliklardan biridir. Turfirma tarkibidagi mehmonxonalar kelayotgan mehmonlar va ularning soni haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishi zarur. Mehmonxona xo‘jaligi tashkilotchilarning professionalllik darajasi ularning oldindanko‘ra bilashlari, kutilmagan holatlarni minimallashtirish jarayonida bilinadi. Xodimlar yetishmasligidan kelib chiqadigan navbatda turishlar nosog‘lom psixologik muhitni keltirib chiqaradi.


Atrofimizdagi muhit bu ijtimoiy-ruhiy, madaniy-tashkiliy tartiblar kategoriyasida va bu odamdagi shaxsiy baxtni shakllantiradi. Ijtimoiy muhitning buzulishi ruhiy diskomfortga olib keladi. Mehmonxona xo‘jaligi oamlarning xavfsizligi va joylashishi maqsadida tuzilgan tashkilotdir. Mehmonxonada o‘tkazilgan har bir soat, kun ruhiy sokinlik olib kelishi zarur.
Bunday xizmat ko‘rsatish darajasiga erishish nomer fondini boshqarish xizmati bilan bog‘liqdir. Uning tashkiliy pritsipi: ogohlantirilganlik va tezkorlik. Bu prinsiplarni tahlil qilishda asosiy tushuncha ya’ni “joylashish muddati” muhim ahamiyatga ega. Mazkur me’yoriy kategoriya ijtimoiy madaniy va iqtisodiy planda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Barcha nomerlar band bo‘lgan paytda bu xizmat ,ayniqsa, silliq va bir tartibda ishlash kerak. Kichik bir xato konflikt holatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatning iqtisodiy zararli tomoni ham bor. Izmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishi ko‘payib, nomerlarni yangituristik guruh uchun tayyorlab qo‘yish, sanitar-gigiyenik uskunalar ekspluatatsiyasi profilaktikasining sifatlari pasayshiga olib keladi. Me’yoriy talablardan kelib chiqqan holda, nomer fondiga xizmat ko‘rsatuvchi va saqlovchi xizmatlari o‘z ishlarida tezkorlikka va axborot bilan ta’minlanganlikka erishmoqchi bo‘lsalar quyidagilarni bilishlari shart:

  • sust professional tayyorgarlik tashkiliy-profilaktik xatolarga olib keladi, mehmonxona obro‘siga zarar keltiradi, xizmat ko‘rsatishda xavf darajasini ko‘taradi;

  • joylashtirish davriyligi (muddati) haqida ma’lumotlarni sustligi nomerlarni taqsimlashda xatolarga yo‘l qo‘yishga, uskunalarning tez ishdan chiqishiga olib keladi (qulf sinishi, stullarning yetishmasligi, intererning torligi).

Nomer fondi xizmati egiluvchan (gibkiy) ijtimoiy texnologiyalarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu xizmat mijoz va mehmonxona xizmati o‘rtasidagi birinchi tashkiliy bo‘g‘imdir. Ular ushbu qavatda har kimga ham qiziq bo‘lmagan kutilmagan holatlarni tezda hal qiladi. (Masalan: mehmon belgilagan vaqtdan barvaqtroq keldi yoki nomer oldindan bron qilingan bo‘sa ham, hali tayyor emas, xona bekasilar ishi ko‘pligi, joyshablarning yetishmasligi). Bunday holatda nomer fondi xizmati psixologik bosimni bartirif qilish uchun rezerv uskunalariga ega bo‘lishi kerak. Ushbu holatlarga befarqlik bilan qarash mijozlarning kayfiyatini yanada ko‘proq tushurishi mumkin. Mijozlarga qisqa muddat ichida mehmonxona haqida yaxshi taasurot qoldirishga harakat qilish zarur. Nomer fondi xizmatining tashkilotchilik malakasi bu boshqaruvning yuzi, asosi hisoblanadi. Bu yerda “imkoniyatimiz boricha” prinsipi to‘g‘ri kelmaydi. Nomer fondi xizmati ob’ekti barcha kutilmagan holatlarni “shu yerda va hozirning o‘zida” prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishdir.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling