Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati
Download 0.78 Mb.
|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Xarid qilish xizmati
Mehmonxona xarid xizmatining asosiy vazifasi- kerakli tovarlarni kerakli vaqtda va oqilona narxda sotib olishdir. Mehmonxonadagi zaxira quvvati ham hisobga olinishi zarur, chunki zaxiraga saqlash ham pul turadi va ba’zi tovarlar uzoq saqlanganda buziladi. Mehmonxona ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan zaruriy tovarlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: oziq-ovqatlar(muzlatilgan, konservalangan,quritilgan, ho‘l); ichimliklar; uskunalar va mebel(ishdan chiqishi va eskirishiga qarab), idish-tovoqlar, joyshablar; boshqa materiallar(nomer va jamoat joylarini tozalash uchun kerakli mahsulotlar). Ta’minotchilarni tanlashda menejerlar quyidagilarga e’tibor berishlari shart: Ta’minotchi obro‘si: Tovar sifati va narxi; Xarid hajmi; To‘lov shartlari(oldindan to‘lovsiz (predoplata) kreditga bo‘lsa yaxshiroq); Xarid qilingan tovarga servis xizmat(uskunalar uchun); Olib kelish bahosi, ta’minotchigacha bo‘lgan masofa. Xarid qilish bo‘limi ko‘pgina hollarda ta’minotchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishadi(ba’zida tender o‘tkazishadi). Uzoq muddatli shartnomalar chegirmalar olishga , ishning osonlashishiga yordam beradi( zaklyuchil kontrakt na god i spi spokoyno). Lekin bunday xaridlar usulining kamchiligi ham bor. Ta’minot hajmining davriyligi shartnomaga belgilangan bo‘ladi. Agar mehmonxonaning to‘lish hajmi pasaysa, ushbu tovarlar ortib qoladi va aksincha bo‘lganda tovarlar yetmay qolishi mumkin. Yana yetkazib berilayotgan tovarlarning sifati keyinchalik qoniqtirmasligi mumkin, shartnomani esa buzish jarayoni oson kechmaydi.Yoki bozorda tovar narxi pasayishi, mehmonxona esa shartnomaga belgilangan narxni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina xaridlar chakana savdolar orqali amalga oshiriladi. Lekin buning ham o‘ziga xos kamchilaiklari bor, kerakli tovarlar bozorda topilmay qolishi mumkin.Ulgurji savdoda mehmonxona vino, spirtli ichimliklar, pivo, tamaki mahsulotlari va go‘shtni sotib oladi. Agar otel mehmonxonalar zanjiriga kirsa zaruriy tovarlarning aksariyatini ushbu zanjirning neytrallashgan tizimi orqali oladi. Ushbu tizim ta’minotni amalga oshiradigan markazlashgan omborxonalarga ega. Tizimning malakali xodimlari xarid qilinayotgan tovarlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashlari kerak. Xaridlar quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: Mehmonxonaning barcha bo‘limi xarid bo‘limiga talabnoma beradi. Uning shakli har xil bo‘lishi mumkin, lekin hammasi ham detallashgan bo‘ladi- tovarning hajmi, og‘irligi, taminotchi davlat,miqdori va eng asosiysi muddati kelishib olinadi. Xaridlar bo‘limi menejeri kelib tushgan talabnomalar xususiyatiga qarab, ta’minotchilar takliflarini ko‘rib chiqib(narx, chegirmalar, to‘lov vositasi va b.), yaxshisini tanlaydi va buyurtmani rasmiylashtiradi. Buyurtmaga asosan yetib kelgan tovarni tekshirishadi, ro‘yxatdan o‘tkazishadi, yaroqsizini qaytarishadi. Ta’minotchilardan kelgan schyot-fakturani tekshirishadi, ro‘yxatga olib, moliya bo‘limiga to‘lov uchun jo‘natishadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling