Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati
Download 0.78 Mb.
|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Restoran dizayni
Restoran joylashuvi
Restoran joylashuvi ko‘p hollarda uning kelajakdagi mijozlari portretini belgilab beradi: shaharning ishchan qismida joylashgan restoran mijozlari u yerda piyoda kelishadi, bu shahar tashqarisida joylashgan restorandan qaysikim faqat mashinada borish mumkin bo‘lgan restorandan farq qiladi. Restoran boshqaruvchisi bu omilni hisobga olib uning intereri, servisi, oshxonasi va menyusi mijozlarga mos kelishiga harakat qilishi kerak. Restoran dizayni Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, mebel, xullas barcha-barchasi restoran mijozi va menyusiga mos kelishi kerak. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil-jigarrang rangda bo‘yalganda ovqat ko‘p istemol qilinar ekan.Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa ularni jihozlash variantlari ham shunchalik ko‘p. Masalan, restoranda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bo‘lsa- u yerda katta, yorqin xona va qattiq stullar bo‘ladi(Nechego zasijivatsya!).Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa- u yerda nim qorong‘ulik, alohida xonalar, yumshoq mebellar, gullar va devorda rasmlar va b.bo‘ladi. Yana «muhit» ya’ni «atmosfera» degan murakkab tushuncha mavjudkim, u nafaqat dizayn va dekor balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat ko‘rsatish tempi, mijozlar kiyimi, musiqa, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va boshqa omillar yordamida yaratiladi. Hamma narsa restoran mo‘ljal olgan mijozlar tipi, marketologlar tilida aytganda restoran faoliyat ko‘rsatayotgan bozor segmentiga bog‘liq. Faqat haddan tashqari bachkanalikdan qochish lozim- restoranda juda ham tinch yoki shovqin, juda ham yorqin yoki qorong‘u, juda ham tor yoki keng bo‘lmasligi kerak. Bozor segmenti va mijozlarning har xil o‘zlariga xos xususiyatlarini o‘rganish- bu marketingning vazifasidir. Hozir bir necha mijozlar kategoriyasiga xizmat ko‘rsatish xususiyatini sanab o‘tamiz: Bolalar- kichik porsiyalar, baland stullar, ofitsiantning o‘zgacha muomilasi ota-onalar kayfiyatini ko‘taradi; Biznesmenlar- ishchan kelishuvlarni olib borish uchun alohida xonalarning mavjudligi; Xorijiy turistlar- ofitsiantlarning tilni bilishi yoki so‘zlashish kitobchasining mavjudligi; Nogironlar; Vegetarianlar- restoran barchani ovqatlantirishi kerak. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling