Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati
Download 0.78 Mb.
|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bhlgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
harflar tizimi (A, V, S, D). Gresiyada qo‘llanadi; «tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi; hind tizimi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «thrt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qhyilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi. Komissiya hz ixtiyoriga khra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‘yishi mumkin. Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning minimal miqdorini to‘plashi lozim. Bunda har bir band bo‘yicha to‘plangan ballar miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ammo oxirgi shart alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki ikki band uchun majburiy emas deb topilishi mumkin, basharti mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal miqdorini to‘plagan bo‘lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda har bir band bo‘yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to‘plashi lozim. Misol. «1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘lishi kerak (maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2 yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz» uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 ball to‘plash kerak. Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni – shinamlik darajasi har xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek davlatlarning madaniy-tarixiy va milliy an’analari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi. Jahon turistik tashkiloti (JTT), Yevropa hamjamiyati Mehmonxona va restoran sanoati qo‘mitasi, Xalqaro mehmonxonalar uyushmasining bu yo‘nalishdagi faoliyati hozircha samara bermayapti. JTT faqat joylashtirish vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu tasnifda mehmonxonalar va shunga hxshash korxonalar to‘rt katta guruhdan biriga kiritiladi (6-sxema). Yevropa mehmonxonalar bozorida Yevropa hamjamiyati Vazirlar Kengashi tomonidan 1986 yil 23 dekabrda qabul qilingan standartlashtirilgan axborot yagona tizimi amal qiladi. Bu tizim ko‘p sonli piktogrammalar – shartli rasmlardan iborat. Standartlashtirilgan axborot tizimining maqsadi turistlar Yevropa bo‘ylab sayohat qilishlarini, joylashtirish korxonalari bilan bog‘liq yo‘lko‘rsatgichlar, kataloglar, prospektlarni o‘qishlari va tushunishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu tizim juda qulay bo‘lib, bir qancha ustunliklarga ega. U ob’ektiv, informativ, uni boshqarish oson, adashtiradigan talqinlar qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaydigan iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari yordamida nazorat qilinadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling