Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

2. Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi 
Standart motellarda boshkarishning eng oddiy sxemasi taxminan quyidagi 
ko‘rinishga ega bo‘ladi: 100 nomerli motelda direktorga qabul qilish va moliya 
xizmatining to‘rt klerki, xo‘jalik xizmatining boshlig‘i bevosita bo‘ysunadi, xo‘jalik 
xizmati boshlig‘ining ko‘l ostida sakkiz xodima, to‘qqiz paj (bellman) (ular 
mijozlarning avtomobillarini parkovka qilish bilan ham shug‘ullanadi) va bir 
ta’mirlovchi (elektr va santexnika ishlarini bajaruvchi) ishlaydi. 
Yukori darajali yirik mexmonxonalarda esa, aksincha, boshkaruv pog‘onalari 
soni ko‘payadi: masalan, bosh direktor uch o‘rinbosarga (nomer fondi, ovkatlanish va 
ma’muriy xizmatlar bo‘yicha) ega bo‘ladi.
Nomer fondi direktoriga qabul qilish xizmati, xo‘jalik xizmati (xodimalar va 
farroshlar, kirxona, kimyoviy tozalash shoxobchasi va sh.k.) bo‘ysunadi.
Umumiy ovqatlanish direktoriga oshxona, restoranlar, barlar, banket xizmati, 
nomerlarda xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘ysunadi. 
Ma’muriy ishlar buyicha direktorga kontroller, marketing va sotuvlar bo‘limi 
menejeri, bosh muxandis, xavfsizlik xizmati va xodimlar bo‘limi bo‘ysunadi. 
Mexmonxona mulkdori davlat, munitsipalitet, jismoniy shaxs, aksiyadorlik 
jamiyati bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi (aksiyador 
saylaydigan kengash a’zolari soni unga tegishli aksiyalar mikdoriga mo‘tanosib 
bo‘ladi). Direktorlar kengashi bosh direktorning ishini nazorat kiladi,
moliyaviy reja (budget)ni 
tasdiklaydi, bosh direktorning reja ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini tinglaydi. Direktorlar 
kengashi majlisi odatda yilning har choragida bir marta chaqiriladi. 
Maxsus adabiyotlarda mexmonxona bo‘limlari tanlangan mezonga ko‘ra 
muayyan guruxlarga birlashtiriladi. Masalan, mexmonxonaning asosiy (daromadni 
shakllantiruvchi) bo‘limlari (Revenue centers) va yordamchi bo‘limlari (Support 
centers) farqlanadi. Asosiy bo‘limlarga nomer fondi, restoranlar, barlar, yordamchi 
bo‘limlarga esa - texnik bo‘lim, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya kiradi. Mexmonxona 
xizmatlarini front of the house va back of the house ga tasniflash metodi keng 
tarkalgan bo‘lib, mazkur metod zamirida mexmonxona muayyan bo‘limi 
xodimlarining mijozlar bilan aloka qilish darajasi yotadi.
Front of the house ga qabul qilish xizmati, restoran; back of the house ga 
oshxona va buxgalteriya esa kiradi. So‘nggi zikr etilgan gurux xizmatchilari mijozlar 
bilan bevosita aloka qilmaydi. Mazkur guruhlarning xodimlari har xil dasturlar 
bo‘yicha o‘qitiladi, ular xizmat ko‘rsatadigan xonalar aniq ajratiladi. Hatto ularning 
forma kiyimi ham farq kiladi. 
Kichik mexmonxonalar, tabiiyki, ancha sodda boshkaruv tuzilmasiga ega 
bo‘ladi. Ammo asosiy bo‘limlar o‘ziga xos funksiyalari bilan saqlanib qoladi. 
2-rasmda mashxur Holliday Inn mexmonxonalar tarmog‘iga kiruvchi kichik 
(130 nomerli) mexmonxonani boshkarish tuzilmasi ifodalangan. 
 
 
 
 
 



64 
2-rasm 

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling