Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

mehmonxonalarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutaxassislarning fikricha, XXI 
asrda aynan mana shunday, ya’ni shinam, qulay, mo‘’tadil narxlarda xizmatlar 
ko‘rsatadigan, ishlash va dam olish uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, 
restoransiz 
(restoran 
mehmonxona 
yonida 
joylashgan) 
mehmonxonalar 
mehmondo‘stlik sanoatida yetakchi o‘rin egallaydi.
So‘nggi yillarda yangi kompyuter texnologiyalarining amalga joriy etilishi 
mehmondo‘stlik sanoati korxonalari va tashkilotlarining professionalizmi va ish 
unumdorligini oshirdi, mehmonxona biznesini yuritish usulini tubdan o‘zgartirdi, 
korxonalarning egalariga bir qancha muammolarni hal qilish imkonini berdi va 
mijozlarga juda ko‘p qulayliklar yaratdi.
Iste’molchilarning talablarini qondirishga intilish turli foydalanuvchilarning 
ehtiyojlariga moslashishga qodir bo‘lgan amaliy dasturlarni ishlab chiqishga turtki 
berdi. «Mehmonxona» («Otel») dasturi mana shunday dasturlardan biridir. U 
turistlarni qabul qilish, joylashtirish, ovqatlantirish va ularga qo‘shimcha xizmatlar 
ko‘rsatish texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.
Ushbu dastur quyidagi bloklardan tashkil topgan: 

«Porte» avtomatlashtirilgan ish joyi;

«Restoran» kichik tizimi;

«Ombor» kichik tizimi; 

«Texnik xizmatlar ko‘rsatish» kichik tizimi; 

«Buxgalteriya hisobi» kichik tizimi. 
Internet tarmog‘iga ulangan bronlash va rezervlashtirish xalqaro tizimlarining 
imkoniyatlaridan foydalanish mehmonxona korxonalari faoliyatida katta ahamiyatga 
ega. Bunday tizimlarga quyidagilar kiradi: «AMADEUS», «Worldspan», «Galileo», 
«Sabre», «Fidelio Hotel Bank».
 
 



11 
3. Mehmonxona industriyasining asoschilari 
 
Mehmonxona industriyasida uning o‘sishi va rivojlanishiga katta ahamiyat kasb 
etadigan qo‘yilmalar kiritgan ko‘p shaxslar bo‘lgan. Ular orasida eng ko‘p 
mashhurlardan XIX asr oxirida va XX asr boshlarining industriya asoschilari bo‘lgan 
Ellsuort Stetler, Konrad Xilton, Ernest Xenderson, Xouard Djonson va Dj. Uillard 
(Bill) Marriottlar bordir. Shular qatoridan Sezar Rits ismi ham o‘rin egallagan. 
Sezar Rits o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona industriyasining 
boshqa asoschilarni ko‘pchiligi kabi u ham eng pastki pog‘onadan boshlagan va 
jonkuyarlik bilan mehnat qilishi evaziga, mehmonxona biznesini sirlarini juda tez 
o‘rganib kasbning eng yuqori cho‘qqilariga chiqdi. O‘z ish tajribasini u 15 yoshidan 
mehmonxona boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. 19 yoshidayoq uning 
o‘zi Parij restoranchalaridan birini boshqarardi, lekin negadir bu ishni birdaniga 
tashlab ketdi va mashhur Voisin restoraniga ofitsiant yordamchisi bo‘lib joylashdi. 
Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga ma’qul bo‘lish sa’natini o‘rgandi. Juda 
qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar to‘g‘risida hamma narsani eslab qoldi (ular 
nimani yaxshi ko‘radi va nimani yoqtirmaydi), va ular har doim ularga u xizmat 
qilishini talab qilardilar. 
22 yoshida Rits Lyurensdagi (Shveysariya), o‘zi tufayli shaharni eng orbo‘li 
mehmonxonasi bo‘lgan Grand National Hotel ning boshqaruvchisi bo‘ladi. Ritsning 
o‘ziga tortuvchiligi va kashfiyotchiligi eng tanlangan mijozlarni tez jalb qilishga unga 
imkoniyat berdi. 11yillik muvaffaqiyatli ish faoliyatidan keyin u o‘ziga tortuvchi 
taklifni–yaqindagina Londonda ochilgan, lekin ishlari hali uncha yaxshi ketmayotgan 
Savoy Hotel tomonidan tushgan, qabul qilishga tavakkal qildi. Shunday qilib 38 
yoshli Sezar Rits dunyodagi eng mashhur feshenebl otellardan birining 
boshqaruvchisi bo‘ldi. 
Va yana bir bor uning o‘ziga tortuvchanligi va qobiliyatlari ommada munosib 
taassurot qoldirdi. Eng avvalo u o‘z otelini yuqori jamoaning madaniyat markazi 
qildi. Uning bosh-oshpazi –Agyust Eskofe bilan birga u eng ajoyib yevropa 
taomlarini tayyorlay oladigan, shuningdek restoranda shu taomlarga mos keluvchi 
muhit yarata oladigan jamoani tuzdi. U shunday bir a’nana kiritdi, unga ko‘ra 
mijozlar faqat kechki liboslarda kelishardi, restoranga eng yaxshi cholg‘u asbobli 
orkestrlarni taklif qilardi va umuman har xil maxsus jihozlar uchun mablag‘ 
ayamasdi. Bir kuni u suzib yuruvchi restoran atrofida haqiqiy Venesiyani – 
neapolitanlarning qo‘shiqlarini kuylovchi gondollari va gondolerlari bilan tashkil 
qildi. 
Rits omma bilan aloqa qila bilish boshqaruvchining eng kerakli sifatlaridan deb 
hisoblardi. Uning odamlarga va ularni hohishlariga bo‘lgan e’tiborliligi menejer 
sa’natini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Va shu paytgacha Rits nomi mehmonxona 
biznesida bashanglik va nozik didlik sinonimi hisoblanadi. U ishga butunlay, kuchini 
ayamasdan berilardi va 52 yoshida kuchli asab taranglashuvini boshidan kechirdi
undan keyin u o‘zini tiklay olmadi. 



12 

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling