Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 2. Zamonaviy mehmonxonalarning turlari
Tayanch iboralar: Mexmenxona, mexmonxona industriyasi, qadimgi davr, urta
davr, yangi davr, xozirga davr, mexmenxonalar xalkaro uyushmasi, kichik mustakil mexmonxonalar, “Mexmonxona” (“Otel”) dasturi; joylashtirish xizmati, ovkatlantirish xizmati, kushimcha xizmatlar, mexmonxona industriyasining asoschilari, mexmonxona texnologiyasi; mexmonxona mahsuli, dunyoning g‘aroyib mehmonxonalari. Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 1. Mexmonxona industriyasining tarixiy ahamiyati 2. Xalqaro mexmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari. 3. Turizm soxasida kichik korxonalar tarmog‘ining ahamiyati. 17 4. Yevropa iqtisodiyoti hamjamiyati mexmonxonalar va restoran milliy uyushmalari konferensiyasi (XORTEK) ning turizmda tutgan o‘rni. 5. Mexmonxona industriyasi kompyuter texnologiyalari ahamiyati. 6. Mexmonxonalar texnologiyasi. 7. Xalqaro mexmonxonalarning rivojlanish darajasi. 8. Dunyoning g‘aroyib mehmonxonalari haqida gapirib bering. 18 Mavzu 2. Zamonaviy mehmonxonalarning turlari Reja: 1. Joylashtirish vositalari va tizimi 2. Mehmonxonalarni tavsiflovchi belgilar 3. Mehmonxonalarning funksional vazifasi 1. Joylashtirish vositalari va tizimi Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx- navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi. Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud bo‘lgan: - jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar; - aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar. Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bhlgan odamlarda tanlash imkoniyati bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab hzi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bhlgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar. Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi. 24-jadvalda dunyoning aksariyat davlatlariga xos bo‘lgan 7 har xil toifa bo‘yicha mehmonxona korxonalari 9 turining solishtirma tavsifi berilgan. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning memorlik-tarx tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling