Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
4. Ishga qabul qilish
Xodimlarni baholash o‘tkazilgandan keyin, nihoyat, ko‘plab nomzodlar orasidan eng yuqori baho olgan bita talabgor tanlab olinadi. Tarmoq rahbari uni firmaga ishga olishga rozilik berganidan so‘ng yangi xodim Bilan shartnoma tuziladi. Shartnomani muhokama qilish ishga yollash jarayoning tarkibiy qismi ekanligini hisobga olish lozim. Shu sababli suhbatlashish paytida og‘zaki shaklda bo‘lsa ham qilingan takliflar shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatda “shartnoma” atamasi ikki taraf o‘rtasida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bitimni anglatadi. Har qanday shartnoma kimdir taklif qilinishi va kimdir bu taklifni qabul qilishini nazarda tutadi. Ishga olinayotgan xodimga taqdim etilishi lozim bo‘lgan shartnomaning shartlari va muddatlari haqidagi axborotning minimal hajmiga quyidagi ma’lumotlar kiradi: taraflar(ish beruvchi va xodim)nomi; ishning nomi; ishni boshlash sanasi(shartnoma ma’lum muddatda tuzilayotgan bo‘lsa shartnoma muddati tugaydigan sana); mehnat haqining tarif stavkasi yoki hisob-kitob qilish usuli; mehnatga haq to‘lashning davriyligi(haftalik, oylik, b.); bayram kunlari va ularga haq to‘lash; kasallik va baxtsiz tasodif tufayli ta’tillarni rasmiylashtirish va ularga haq to‘lash qoidalari; pensiyani hisob-kitob qilish sxemasi va pensiya sug‘urtasi davlat tizimi xodimga nisbatan amal qilish-qilmasligi haqida ma’lumot; shikoyatlar berish tartibi; shartnoma muddati tugagunga qadar xodim ishni to‘xtatish haqida xabarnoma olishi yoki ariza berishi lozim bo‘lgan muddat. Mehnat shartnomasida yuqorida zikr etilgan barcha bandlar bo‘lishi lozim. Tayanch iboralar: Inson resurslari, xodimlarni boshqarish, xodimlarni tanlash, xodimlarni baholash, ishga qabul qilish, shartnoma. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling