Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


 Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

2. Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish
 
Mehmonxonani kompyuterlashtirish: 

boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish;

mehmonlar va ularning shaxsiy mol-mulki, shuningdek mehmonxona mol-
mulkining xavfsizligini oshirish;

mehmonxonaning mijozlari doirasini kengaytirish va bir qancha marketing 
vazifalarini hal qilish; 

mehmonxona qo‘shimcha xizmatlari taklifining kengayishi bilan bog‘liq 
daromadlarni ko‘paytirish imkonini beradi.
Yuqorida zikr etilgan vazifalar hozirda har qanday mehmonxona uchun – uning 
nomerlari miqdori, toifasi va joylashgan yeridan qat’i nazar, dolzarb ahamiyatga ega.



127 
Agar mehmonxonaning nomerlari va xizmat xonalari elektron qulflar bilan
jihozlangan bo‘lsa, kompyuter yordamida ularni yagona tarmoqqa birlashtirish 
mumkin. Bu tarmoq ham bir qancha qo‘shimcha vazifalarni bajaradi: 

markaziy pultdan berilgan komanda bo‘yicha nomerni blokirovka qilish, bir yoki 
bir nechta nomerni ochish;

nomerga ruxsatsiz kirishga harakat qilingan taqdirda trevoga signalini olish;

eshikning holati (ochiq

berk, qaysi kalit bilan ) haqida axborot olish; 

nomerda mehmon bor-yo‘qligi haqida axborot olish. Ammo bu funksiya ayrim 
mamlakatlarda taqiqlangan, chunki mehmonning shaxsiy hayotiga aralashish 
hisoblanadi.
3. Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari 
 
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter 
tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan 
muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi: 

biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog‘ozli hujjat aylanishi hajmini 
kamaytirish;

xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;

mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash; 

operatsion harajatlarni oqilonalashtirish; 

statistik va analitik funksiyalar. 
Professional tizimlar zamirida ko‘plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish 
tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan yilga oshib bormoqda va yangi professional 
ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv 
tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‘lgan bir nechta professional 
ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo‘jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‘pligiga 
qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‘xshash.
Barcha tizimlar mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, 
ma’muriy, tijorat, muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini 
avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‘zi funksional 
prinsipga ko‘ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish 
dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‘yxatga 
olish, joylashtirish, yashash va ko‘rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda 
yozish yo‘li bilan mehmonlarning hisobvaraqlarini yuritishni ta’minlash imkonini 
beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‘limlarida 
mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga 
mo‘ljallangan dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va 
zallarning yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab 
chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini kuzatish, oziq-ovqat omboriga 



128 
talabnomalarni rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining 
harakatini hisobga olish va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyatsiya qilish.
Tizimlarning servis modullari hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, 
operatsion, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishga mo‘ljallangan. Kichik 
mehmonxonalarda asosan Front offise ni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan 
soddalashtirilgan tizimlar qo‘llaniladi. quyida shunday tizimlarning ayrimlarini ko‘rib 
chiqamiz.

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling