Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

Kurort mehmonxonalari bir joyda nisbatan uzoq vaqt dam olish uchun 
mo‘ljallanadi. Ayrim hollarda bunday mehmonxonalarda profilaktik davolanish yoki 
shifo olish imkoniyati ham nazarda tutilishi mumkin. Buning uchun kurort 
mehmonxonalarida kurortning asosiy sohasiga ko‘ra davolash-sog‘lomlashtirish 
binolari va xonalari quriladi, parhez ovqatlanish tashkil etilishi ham mumkin.
Kurort mehmonxonalarida ommaviy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish binolari va 
xonalari tarkibi (khp funksiyali zallar, dam olish uchun xollar, kutubxonalar, 
bilyardxonalar, har xil o‘yinlar uchun mo‘ljallangan xonalar va b.) ancha rivojlangan 



29 
bo‘ladi. Ba’zan bolalar dam olishi va o‘ynashi uchun joylar, shuningdek sport 
inshootlari (basseynlar, sport zallari, sport maydonchalari va b.) ham nazarda tutiladi.
Kurort mehmonxonalarining nomerlar fondi asosan bir-ikki o‘rinli nomerlardan 
tashkil topadi. Ayrim hollarda nomerda uxlash uchun uchinchi o‘rinni (bola uchun) 
joylashtirish imkoniyati nazarda tutiladi. Kurort mehmonxonasida mijozlar nisbatan 
uzoq muddat (1 oygacha) yashaganligi uchun nomerlarda kiyim-kechak va 
choyshablarni saqlash uchun nisbatan katta shkaflar o‘rnatiladi. Nomerda kunduzgi 
dam olish zonasi ajratiladi. Bu zona lojiya, balkon, verandani qamrab oladi.
Kurort mehmonxonalari qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega joylarda: dengiz 
sohilida, ko‘l yaqinida, shifobaxsh buloqlar oldida, tog‘ hududida quriladi.
So‘nggi yillarda dam olish uchun mo‘ljallangan kurort komplekslari ko‘plab 
qurilmoqda. Dam olish shart-sharoitlariga har xil talablar qo‘yilishi munosabati bilan
kurort komplekslari tarkibiga har xil yo‘nalishdagi, shinamlik darajasi, sig‘imi, 
qavatliligi ham har xil bhlgan mehmonxonalar kiritiladi.
Kurort komplekslarining asosiy fondi shinamlik darajasi, foydalanish rejimi, 
sig‘imi (100-800 o‘ringa mo‘ljallangan) har xil bo‘lgan mehmonxonalarda 
joylashadi. Oilalar uchun mo‘ljallangan nomerlarga ega mehmonxonalar ham 
mavjud. Ba’zan bunday nomerlar alohida oshxonaga ega bir-ikki xonali kvartira 
tarzida jihozlanadi. Dam olish shart-sharoitlari (shinamlik, narxlar va h.k.)ga 
qo‘yilgan har xil talablar ko‘pgina madaniy komplekslar hududida kempinglar va 
bungalolar qurilishiga olib keldi.
Odatda kurort komplekslarida umumiy, maishiy, tibbiy va sport xizmatlarining 
katta qismi umumiy kurort muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. Buning uchun 
umumiy kurort restoranlari, barlari, qahvaxonalari, kattalar va bolalar uchun 
oshxonalar, ko‘p funksiyali zallar, kinoteatrlar, savdo korxonalari, stadionlar, sport 
zallari, tennis kortlari, sport va o‘yin maydonchalari, berk va ochiq basseynlar, ot 
sporti markazlari va h.k. quriladi. Plyajlarni jihozlashga, qayiq bandargohlari tashkil 
etishga, suv sporti (yelkanli sport, suv chang‘isi, suv velosipedi) bilan shug‘ullanish 
uchun shart-sharoitlar yaratishga, tog‘ komplekslarida – osma arqon yo‘llari va 
funikulyorlar qurishga katta e’tibor beriladi. 

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling