Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
ISBN: 978-9943-8979-2-2 © U. Hudayberdiev, A.N.Xoliqulov, S.A.Babanazarova. SamISI, 2022. ©“ FAN BULOG`I” nashriyoti, 2022. 3 KIRISH Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar mamlakat va uning hududlarini rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat natijalarini o’rganish, aholining bandligi va turmush darajasini aniqlashda keng qo’llanadi. Bunday ijtimoiy – iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini, qanday hisoblanishini va mamlakat bo’yicha jamlanishini statistika fanida o’rganiladi. Shuning uchun ham talabalar zamon talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislar bo’lib yetishlari uchun yetarli miqdorda o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu borada darslik, o’quv qo’llanmalarining yetarli miqdorda chop etilmasligi, ayniqsa statistika fanidan uning nazariy asoslariga ko’proq ahamiyat berilib, tarmoqlar, xususan xizmatlar sohasi statistikasi bo’yicha adabiyotlarning deyarli yo’qligi, ushbu darslikning zarurligini taqozo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida xizmatlar turlari ko’payib, yuqori su’ratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning salmoqli tarmog’iga aylanib bormoqda. Darslik namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, ikki bo’limdan iborat. Darslikning birinchi bo’limi statistikaning nazariy asoslariga bag’ishlangan. Unda statistikaning predmeti mohiyati, statistik kuzatish, ma’lumotlarni jamlash va guruhlash; mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, hodisalarning o’zaro korrelyatsion bog’lanishi, ularning davr mobaynida dinamik o’zgarishi, iqtisodiy indeks kabi usullar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. Darslikning ikkinchi bo’limi, ijtimoiy – iqtisodiy statistika masalalari; aholi soni va mehnat resurslari, milliy boylik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, moliya – kredit tizimi hamda aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar mohiyatlarini yoritishga bag’ishlangan. Darslikning alohida bobida xizmatlar ko’rsatish sohasi: savdo va ovqatlanish, transport, sug’urta va turizm xizmatlari asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyatini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini yoritishga qaratilgan. Bu masalalar mamlakatning keyingi davrdagi statistik raqamlari bilan to’ldirilgan holda tushuntirilib, izohlanib berilganligi, talabalarning nazariy va amaliy ahamiyatga molik bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Har bir bobda tayanch iboralar, o’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar va testlar berilgan. Ular talabalarning mavzularni yaxshi o’zlashtirishiga ko’mak beradi. Ushbu darslikdan statistika fani o‘qitiladigan barcha yo‘nalish talabalari va unga qiziquvchilar foydalanishi mumkin. 4 Dasrlikda kamchiliklar, noaniqliklar bo’lishi mumkin. Ular bo’yicha qilingan taklif va maslahatlarni muallif bajonidil qabul qiladi. Darslik mualliflari taqrizchilarga va uni nashrga tayyorlashda ko’maklashganlarning barchasiga chuqur minnatdorchiligini bildiradi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling