Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206
Bog'liq
sss111

Xulosa qilib aytganda, statistikaning vazifasi ommaviy ijtimoiy-
iqtisodiy xodisa va jarayonlarning hajmini, tarkibini, dinamikasini va 
unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganish, shuningdek mamlakatning 
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqqiyot istiqbollarini belgilab berishdan 
hamda mamlakatni, uning regionlari va tarmoqlarini, alohida korxona, 
firmalar va tashkilotlarni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan ilmiy 
asoslangan ma’lumotlar bilan boshqaruv organlarini va raxbar 
xodimlarni ta’minlab berishdan iboratdir. 
 
1.4. O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi 
Statistika o‘z ob’ektlarini o‘rganadigan fan bo‘lib qolmasdan, 
amaliy faoliyatda ham mavjud. Mustaqillikning dastlabki yillaridan har 
bir firma, korxonalardan ya’ni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan 
boshlab, tuman, viloyat va mamalakat miqyosida barcha iqtisodiy-
ijtimoiy voqea, xodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta 
ishlash va ularni saqlash statistika organlariga yuklatilgan. Statistika 
ishlarini tashkil etishni yaxshilash va uning ma’lumotlaridan foydalanish 


12 
samaradorligini oshirish maqsadida tegishli me’yoriy hujjatlar qabul 
qilingan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi 
“O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
huzuridagi 
Vazirlar 
Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini 
tashkil etish to’g’risida”gi PF-449-sonli farmoniga asosan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni 
belgilash va statistika davlat kommiteti tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 15 maydagi 
O’zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat 
qo’mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirish 
to’g’risida”gi PF-1870-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etilgan.
2002 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat 
statistikasi to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahrirda) qabul qilindi. Bu 
qonunda Davlat statistika organlarining asosiy vazifalari ijtimoiy-
iqtisodiy xodisalar, jarayonlar, hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi 
statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash,
umumlashtirish va tahlil etish bilan bir vaqtda davlat organlari, yuridik 
shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek 
jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan 
ta’minlash ham yuklatilgan. Demak statistika organlari yuqoridagi 
sub’ektlarni o‘z vaqtida, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni real ifodalaydigan 
ma’lumotlar bilan ta’minlab turishi lozim. Statistik ma’lumotlar asosida, 
korxonalar, firmalar, hududlar, mamlakat iqtisodiy xolatlari o‘rganiladi 
va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash istiqbollari belgilanadi. 
2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini 
qayta tashkil etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga 
asosan Respublika Iqtisodiyot vazirligi va alohida O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etildi.
2021 yil 11 avgustda “Rasmiy statistika to‘g‘risi”da O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Yangi Qonun 7 ta bob va 44 ta 
moddadan 
iborat. 
Qonunda 
rasmiy 
statistika 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik 
hodisalar va jarayonlarni hamda boshqa hodisalar va jarayonlarni 
tavsiflovchi, ushbu qonunning qoidalariga muvofiq tayyorlanadigan 
hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iboratdir. 


13 
Hozirda ushbu Qonun qoidalariga muvofiq tayyorlanmagan har 
qanday statistika ma’lumoti rasmiy deb tan olinmaydi va mazkur 
tushuncha yordamida milliy axborot makonida rasmiy va norasmiy 
statistik ma’lumotlarni aniq ajratib olish yaratildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida 
statistika boshqarmalari, respublikaning boshqa shaharlarida va 
tumanlarida – statistika bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘qrisida”gi 
qonunning 14-moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari va 
majburiyatlari” shunday ifodalangan: 
✓ davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan hamda boshqa tashkilotlardan 
statistika 
kuzatuvi 
shakllarini 
olish 
va 
statistika 
kuzatuvi 
ma’lumotlaridan statistika maqsadlarida foydalanish; 
✓ statistik birliklar faoliyatining statistika kuzatuvlarini o‘tkazish 
va olingan birlamchi ma’lumotlardan statistika maqsadlarida 
foydalanish; 
✓ jismoniy shaxs bo‘lgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida 
ishtirok etganligi uchun rag‘batlantirishni amalga oshirish; 
✓ davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek boshqa 
tashkilotlardan statistika dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan 
axborotni so‘rash hamda olish; 
✓ rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan statistika 
ma’lumotlarini yig‘ishga jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilikka 
muvofiq shartnoma asosida jalb etish; 
✓ statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni 
umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlashning zamonaviy 
usullari va vositalaridan foydalanish hamda ularni milliy statistika 
tizimiga joriy etish; 
✓ statistika 
ma’lumotlarini 
taqdim 
etish 
bilan 
bog‘liq 
qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida 
ko‘rsatmalar berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar 
kiritish; 
✓ statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor 
shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qonunga muvofiq o‘z 
vakolatlari doirasida qo‘llash. 
✓ Davlat statistika organlari qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
✓ Davlat statistika organlari: 


14 
✓ rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va 
xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika uslubiyatlarining 
birligini ta’minlashi; 
✓ mamlakatni, hududlarni, tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining bajarilishi jarayoni 
yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etishi; 
✓ statistika ma’lumotlarini yig‘ishni, uy xo‘jaliklarining statistika 
kuzatuvlarini, ro‘yxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, 
tanlanma so‘rovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini o‘tkazishni 
tashkil etishi hamda ta’minlashi; 
✓ statistika dasturlarining bajarilishini ta’minlashi; 
✓ davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini statistika 
ma’lumotlari bilan ta’minlashi; 
✓ xalqaro va mintaqalararo statistik qiyoslashlarni amalga 
oshirishi; 
✓ statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlari va 
tasniflash tizimining yuritilishini ta’minlashi shart. 
✓ Davlat statistika organlarining zimmasida qonunchilikka 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling