Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
sss111

 
ISBN: 978-9943-8979-2-2 
 
 
© U. Hudayberdiev, A.N.Xoliqulov, S.A.Babanazarova. SamISI, 2022. 
©“
FAN BULOG`I”
 nashriyoti, 2022.
 
 



KIRISH 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar mamlakat va uning hududlarini 
rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat natijalarini 
o’rganish, aholining bandligi va turmush darajasini aniqlashda keng 
qo’llanadi. Bunday ijtimoiy – iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini
qanday hisoblanishini va mamlakat bo’yicha jamlanishini statistika 
fanida o’rganiladi. Shuning uchun ham talabalar zamon talabiga javob 
beradigan yetuk mutaxassislar bo’lib yetishlari uchun yetarli miqdorda 
o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu borada darslik, 
o’quv qo’llanmalarining yetarli miqdorda chop etilmasligi, ayniqsa 
statistika fanidan uning nazariy asoslariga ko’proq ahamiyat berilib, 
tarmoqlar, xususan xizmatlar sohasi statistikasi bo’yicha adabiyotlarning 
deyarli yo’qligi, ushbu darslikning zarurligini taqozo etadi. Bozor 
munosabatlari sharoitida xizmatlar turlari ko’payib, yuqori su’ratlar 
bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning salmoqli tarmog’iga aylanib 
bormoqda. 
Darslik namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, ikki bo’limdan 
iborat. Darslikning birinchi bo’limi statistikaning nazariy asoslariga 
bag’ishlangan. Unda statistikaning predmeti mohiyati, statistik kuzatish, 
ma’lumotlarni jamlash va guruhlash; mutloq, nisbiy va o’rtacha 
miqdorlar, hodisalarning o’zaro korrelyatsion bog’lanishi, ularning davr 
mobaynida dinamik o’zgarishi, iqtisodiy indeks kabi usullar sodda va 
tushunarli tarzda yoritilgan. Darslikning ikkinchi bo’limi, ijtimoiy – 
iqtisodiy statistika masalalari; aholi soni va mehnat resurslari, milliy 
boylik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, moliya – kredit tizimi hamda 
aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar mohiyatlarini 
yoritishga bag’ishlangan. 
Darslikning alohida bobida xizmatlar ko’rsatish sohasi: savdo va 
ovqatlanish, transport, sug’urta va turizm xizmatlari asosiy iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning mohiyatini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini 
yoritishga qaratilgan. Bu masalalar mamlakatning keyingi davrdagi 
statistik raqamlari bilan to’ldirilgan holda tushuntirilib, izohlanib 
berilganligi, talabalarning nazariy va amaliy ahamiyatga molik 
bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Har bir bobda tayanch 
iboralar, o’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar va testlar berilgan. 
Ular talabalarning mavzularni yaxshi o’zlashtirishiga ko’mak beradi.
Ushbu darslikdan statistika fani o‘qitiladigan barcha yo‘nalish 
talabalari va unga qiziquvchilar foydalanishi mumkin. 



Dasrlikda kamchiliklar, noaniqliklar bo’lishi mumkin. Ular bo’yicha 
qilingan taklif va maslahatlarni muallif bajonidil qabul qiladi. Darslik 
mualliflari 
taqrizchilarga 
va 
uni 
nashrga 
tayyorlashda 
ko’maklashganlarning barchasiga chuqur minnatdorchiligini bildiradi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling