«O‘zbekturizm» MK va litsenziatning ayrim rasmiyatchiliklarining mazmuni va maqomi
Jadval 14.1.
Maqom
|
Mazmuni
|
Litsenziya kelishuvi
|
kelishuvni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va sharifi;
tomonlarning rekvizitlari;
litsenziya beriladigan faoliyat to‘rining nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlarini bo‘zganlik uchun tomonlar javobgarligi;
litsenziya kelishuvi talablari va shartlarini litsenziatni bajarilishi ustidan ishchi organi tomonidan nazorat tartibi.
|
Litsenziyalar reestri
|
huquqiy shaxs nomi, uning tashkiliy huquqiy shakli, pochta manzili, telefon va faks nomeri;
rahbarning familiyasi, ismi va sharifi;
litsenziya nomeri va berilgan vaqti;
litsenziyani amal qilish muddati;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish vaqti va asos, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishni to‘xtatib qo‘yish va amal qilishni boshqatadan yo‘lga qo‘yish;
litsenziyani ta’qiqlash uchun asos va vaqti (sana);
litsenziyani bekor qilish uchun asos va vaqti (sana);
dublikatni berish sanasi va asos.
|
Beriladigan litsenziyalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini hisobga olgan holda ikki to‘rning indeksatsiyasi amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasida 2008 yilda turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yig‘ilishida jami 44 tashkilotning ishlari ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan hujjatlar asosida 37 ta tashkilotga turizm sohasida faoliyat olib borishga ruxsat beruvchi litsenziyalar berildi. 5 tashkilotga litsenziya berishga rad javobi berildi, 2 tashkilotning litsenziyasi bekor qilindi.
Mintaqalar bo‘yicha litsenziya olgan tashkilotlarning tarkibi qo‘yidagicha: Toshkent bo‘yicha – 24 ta, Buxoro bo‘yicha – 1 ta, Samarqand bo‘yicha – 7 ta, Chirchiq bo‘yicha – 1 ta, Urganch bo‘yicha – 1 ta, Namangan bo‘yicha – 3 tani tashkil etadi. (14.1.diagrammaga qarang.)
Diagramma 14.1.
Do'stlaringiz bilan baham: |