Turizm va mehmonxona xizmatlari sertifikatlashda majburiy hisoblanadi. Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
inson hayoti, atrof-muhit uchun havfli bo‘lgan mahsulotlarni, huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish;
jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash;
iste’molchini insofsiz ishlab chiqaruvchidan himoya qilish;
mahsulotni yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan) manzilini tasdiqlash;
ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan mahsulotlarning/xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.
Turizmda sertifikatlash «mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida»gi qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Uning ob’ektlari bo‘lib, mahsulotlar, xizmatlar hamda sifat tizimlari kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashni ikki turi qo‘llaniladi – majburiy va ixtiyoriy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash qo‘yidagi holatlarda qo‘llaniladi, uchinchi shaxslar yoki qo‘shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun qo‘shimcha sertifikatni talab etgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Sertifikatlash jarayoni davlat organi bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi standartlash, sertifikatlashtirish va metrologiya agentligi (O‘zdavstandart) hisoblanadi. Bundan tashqari, holi bo‘lgan sertifikatlashtirish markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni nazorat qilish organlari hamda O‘zdavstandart tomonidan tan olingan yoki akkreditlashga mos ravishdagi turli sertifikatlashtirish funksiyalarini bajaruvchi sifat ekspert-auditorlari ham faoliyat ko‘rsatadi.
Sertifikatlash davomiyligi sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar xizmatning kategoriyasiga bog‘liq ravishda 1 kundan to 1 oygacha bo‘lishi mumkin. Mana shu omil sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar soniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Turizm korxonalarida bu oltita hujjatdan iboratdir. Turmahsulot marshrut (yo‘nalish) ni sertifikatlashtirish uchun to‘lov miqdori «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tomonidan belgilanadi hamda mutahassisni bir kun davomida sarflangan vaqtiga nisbatan hisoblanadi.
Qo‘yidagi 17.1.rasmda turizm xizmatlarini sertifikatlash jarayoni ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |