Tayanch iboralar: Turizm infratuzilmasi, turizm inshootlari, temir yo‘llari tizimi, kommunikatsiya tarmoqlari, avtomobil yo‘llarining turizm infratuzilmasidagi o‘rni, muxandislik tarmoqlari, mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi, «yulduzlar» tizimi».
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Turizm infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?
Turizm inshootlarining infratuzilma tizimidagi o‘rni nimadan iborat?
Muxandislik tarmoqlari deganda nima tushuniladi?
Kommunikatsiya tarmoqlari deganda nimani tushunasiz?
Avtomobil yo‘llarining turizm infratuzilmasidagi o‘rni nimadan iborat?
Temir yo‘llari tizimining turizm infratuzilmasidagi o‘rni nimalardan iborat?
Aloqa tarmog‘ining turizm infratuzilmasidagi o‘rni nimadan iborat?
Mehmonxona xo‘jaligining turizm infratuzilmasidagi o‘rni nimadan iborat?
17. TURIZM XIZMATLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH VA STANDARTLASHTIRISH
Reja:
Turizmda sertifikatlashtirishning turlari.
Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash bo‘yicha ishlarning kalkulyatsiyasi
Sertifikatlashtirishda Davlat standartlaridan foydalanish
Turizmda standartlashtirish jarayonining mazmuni va mohiyati
Turizmni standartlashtirish jarayonidagi rasmiyatchiliklar
17.1. Turizmda sertifikatlashtirishning turlari.
Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga solish jarayonidir. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqatgina chetdan kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekistonda 2.5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |