Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 173 hind jamiyatida tabaqa tizimi ijtimoiy mexanizmi sifatida vujudga
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Sh.A.Mamadiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- मानवधममशास्त्र
Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 173 HIND JAMIYATIDA TABAQA TIZIMI IJTIMOIY MEXANIZMI SIFATIDA VUJUDGA KELISHI Sh.A.Mamadiyev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari, Dinshunos, Mustaqil izlanuvchi Tafakkur erkinligi asosida paydo bo‘lgan tanqid na’munalari, ayniqsa, qadimgi Hindiston va Xitoyda rivoj topdi. Qadimgi Hind dinlari haqidagi ma’lumotlar, miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida shimoli-g‘arbiy Hindistonda ijtimoiy tabaqalanish keskinlashganligi 22 bilan bog‘liq. Diniy tasavvurlarning o‘zgarishida jamiyat a’zolarining varna yani kastalarga, ijtimoiy tabaqalar va kasb-hunar guruhlarga bo‘linishi muhim rol o‘ynagan. Kastalar o‘ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajarish, merosiy kasb-hunarlar bilan shug‘ullanishi natijasida muayyan bir etnik, ba’zan diniy mushtaraklik bilan bog‘liq. Kastalar baland-past tabaqalar hosil qilar, ular o‘rtasidagi munosabatlarda qat’iy cheklanishlar mavjud edi. Davrlar o‘tishi bilan tabaqa tizimi jamiyatda nafaqat ustuvor qonun sifatida joriy bo‘ldi, balki, Hindiston yarim oroli shimolida rahnamolik va fuqarolik tuyg‘usiga yo‘g‘rilgan munosabatlarning birinchi marotaba davlatchilik ruhida shakllanishiga olib keldi 23 . Arxaik kastalar (tabaqaviy yoki ijtimoiy darajalar) bir qancha qadimgi va o‘rta jamiyatlar (misol uchun qadimgi Misr, Hindiston, Peru va boshqalar)da mavjud bo‘lgan. Hindistonda Hinduizm dinida ham, asosan, odamlarning muayyam belgisiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishlari yalpi tus olgan edi. Jamiyatdagi ahvolning murakkablashuvi oqibatida, turli ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida tabaqalanish toboro o‘z-o‘zidan chuqurlish bordi. Hinduiylik dinining ta’limotiga ko‘ra, odamzot ijtimoiy jihatdan teng yaratilmagan. Shuning uchun tengsizlikni real hayotda tugatilishining iloji yo‘q. Chunki unga ta’sir etishga qodir bo‘lgan kuchlarning o‘zi yo‘q. Hatto bu dinni qabul qilishni, insonni mazkur ijtimoiy tabaqalanishga asoslangan kasta tizimini qabul qilishi lozimligi aytib o‘tiladi. To‘rtta alohida kasta va ularning ostida yana bir qancha toifalarning borligi uning o‘ziga xosligidandir. Hindistonda XX asrning 40-yillarida 3.5 ming katta va kichik kastalar mavjud bo‘lgan 24 . O‘rta asrlarda Hindistonda kastalar bir necha pog‘onalarni hosil qilgan. Eng yuqori pog‘ona - brahmanlar va harbiy yer egalarining kastalari bo‘lib ular yirik va o‘rtahol mulkdorlardan tashkil topgan. Ulardan quyiroq pog‘onani savdogor-sudxo‘rlar egallagan. Bulardan keyingi pog‘onadagi zamindorlar kastasi mayda mulkdorlar va dehqonlar bo‘lib, jamoaning to‘la 22 Жабборов И., Жабборов С. Жаҳон динлари тарихи. – Тошкент.: Ўзбекистон нашриѐти, 2002. – Б. 87-88. 23 Thapar R. A short history of India. V – 1. Penuin book. London.:, 1996. – P. 50. 24 Қаранг: https://uz.wikipedia.org/wiki/Kasta Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 174 huquqli a’zolari hisoblanishgan, yanada quyi pog‘onaga ko‘p sonli yersiz va to‘la huquqqa ega bo‘lmagan dehqonlar, hunarmandlar va xizmatkorlar kirgan. Ularning eng past qatlami huquqsiz va eng ezilgan “hazar qilinganlar” ( “pani nachalne jaat” pariyalar)ning kastasidir. Hindiston konstitutsiyasi 25 1955-yilda “hazar qilinganlar” haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilib, boshqa tabaqa vakillari bilan teng huquqli ekanliklarini e’tirof etilsada, aholining bu tabaqa vakillariga zo‘ravonlik (jinsiy zo‘ravonlik), yolg‘iz yoki yoppasiga qatl ettirish kabi nohaqliklarga, xo‘rliklarga duchor bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda 26 . “Hazar qilinganlar” hali ham Hindistonda yo‘q bo‘lib ketmagan. Mamlakat aholisining 16.2 % shu tabaqaga mansubdir 27 . “Hazar qilinganlar” boshqa tabaqa vakillaridan farqli ravishda, eng keraksiz ishlarni bajargan. Masalan baliq tutish, hayvon so‘yish, ularning terisini shilish, axlat tozalash, yig‘ishtirish va boshqa shu kabi ishlarni bajarishgan. Kastachilik tizimi 1950-yilda davlat tomonidan qabul qilingan maxsus “Tabaqalarning Konstitutsion Jadvali” (“Constitution Scheduled Saste Order”)da qayd etilgan. Bu degani davlat Hind jamiyatida tabaqalanishining qandaydir chegaralangan ro‘yxati mavjudligini tan oladi. Ularning nomlanishi va soni Hindistonning har bir shtatida har xilligi bilan izohlanadi. Masalan, Hindistondagi Karnataka shtatida rasman 101 ta tabaqa tan olinadi, Goa shtatida esa 5 ta, Maharashtrada 59 ta tabaqa qayd etilgan. Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 moddasi 1 bandida: “Din, irq, tabaqa jins va tug‘ilgan joyiga qarab diskriminatsiya (kamsitish, haq-huquqni cheklash, tahqirlash) qilish man etiladi. Hech bir fuqaro faqatgina dini, tili, irqi, jinsi va tug‘ilgan yeri yoki ulardan birorta sababli ezilish, jabr tortish, javobgar bo‘lish, munosabatlarda cheklanish va turli shartlarga duchor bo‘lish ob’ektiga aylanmaydi: a) magazin, restoran, mehmonxona va dam olish muassasalaridan, b) quduqlar, zahira (rezervuarlar), ko‘llarda suzish va to‘shama yo‘llardan foydalanish, umumiy dam olish joylari, to‘la va yarim narxli keng ommaga mo‘ljallangan davlat fondlaridan foydalanish huquqiga ega” 28 deb ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir tabaqa yoki jadvalga mansub bo‘lgan Hindiston fuqarosi o‘z tabaqasiga mos sertifikat olish huquqiga ega. “Tabaqa Sertifikati” Hindiston Konstitutsiyasining bir qismi bo‘lib, “Tabaqa Jadvaliga” kiritilgan tabaqalardan birortasiga mansublikni ko‘rsatuvchi hujjatdir. Eng past tabaqa vakillari bo‘lgan “hazar qilinganlar” bugungi kunda “dalitlar” deb yuritiladi. Ular yuqori tabaqa vakillari tomonidan har qanday tahqirlik va siquvga duchor bo‘lmoqdalar. Bularning barchasi Hind jamiyatining barqarorligiga putur yetkazmoqda. Oxirgi vaqtlarda Hindistonda “hazar qilinganlar”ning haq-huquqlarini himoyalash masalalarida yaxshi tomonga o‘zgarishlar bo‘lmoqda, jumladan, dalitlarga Hindiston Respublikasi Parlamentidan joy, 25 Қаранг: https://en.wikipedia.org/wiki/Constitution_of_India 1950 йил 26 январда Ҳиндистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган. 26 Қаранг: http://planetguide.ru/krugosvetka/entry/593/ 27 Қаранг: www.dalitsahitya.com 28 Қаранг: 1950 йил 26 январда қабул қилинган Ҳиндистон Республикаси Конституцияси 15 модда 1 бандига қаралсин. Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 175 hamda bepul ilm olish 29 va boshqa shu kabi imkoniyatlar berilmoqda. Bugungi kunda Hind tabaqalarining son-sanog‘i yo‘q. Har biri o‘z nomiga ega bo‘lib tabaqaning o‘zi yana ko‘plab o‘z ichidagi tabaqalarga bo‘linadi. Mamlakat hududida ro‘yxatga olish tadbiri oxirgi marta 1931-yilda amalga oshirilgan edi. Bu voqeani Hindiston siyosatchilari va din arboblari turlicha talqin etganlar, yani kimlardir tabaqachilik ro‘yxatiga qarshi bo‘lsa, kimlardir buni ma’qullaganlar. Ma’lumki, Hindiston dunyoda aholisining soni ko‘pligi jihatidan Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ayni vaqtda Hindistonda taxminan 1.2 mlrd odam yashaydi. 2015- yilda o‘tkazilgan qayd ro‘yxatida mamlakat aholisining qaysi dinga mansubligi hisobga olingan edi. Shundan 12.5 % aholi musulmonlar, 2.5 % nasroniylar, 2 % sikhlar, yana 2 % turli boshqa din yoki mazhab vakillari, 80 % esa hinduizm diniga mansub kishilarni tashkil etadi. Ko‘pgina chet el gazetalarida aytilishicha, ro‘yxatda ierarxik jamiyat tomonidan bo‘linadigan to‘rt tabaqa haqida tabaqaviy bo‘linishning mamlakat aholisining siyosiy va ijtimoiy hayotiga ta’sir kuchi haqida hech narsa aytilmagan. Biroq, Yevropaliklar Hindiston hayotini yaxshi bilmaydilar. Shu sababdan ham gazetalar Hindistonda tabaqalarga bo‘linish to‘rtta emas, balki yuzlab va undan ham ko‘pligini tasavvur qila olmaydilar. Yana shuni eslatib o‘tish lozimki, doim sanab o‘tiladigan bu to‘rt tabaqa aslida tabaqa emas, balki varnadir. Varnalar O‘rta asr Yevropasining tabaqachilik sinfiga o‘xshaydi. Amaldagi to‘rt tabaqa vakillarining yuqori pog‘analari, o‘z naslining to‘la-qonli a’zosi bo‘lishi uchun albatta brahmanlar qo‘lida ta’lim-tarbiya olishga majbur bo‘lgan. Brahmanlik haq-huquqining mas’uliyati, eng oliy tabaqa namoyondasi zimmasiga bir qator bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni yuklaydi 30 . Haqiqiy brahmandan nainki, barcha diniy ko‘rsatmalarning ipidan ignasigacha amal qilinishi, balki undan o‘z shaniga dog‘ tushiruvchi nojoiz xatti-harakatlarni tasodifan yuz berishiga ham yo‘l qo‘ymaslik qat’iy qilib belgilab berilgan 31 . Qadimda hatto o‘z nasli tabaqasiga xos fazilatlarni kamol toptirishga yetkazishdan bosh torgan brahman farzandi barcha diniy-ijtimoiy vakolatlardan mahrum qilingan. Xullas, Hind jamiyatida brahman, kshatriy, vayshiy yo shudra bo‘lsin, ular orasida tabaqa tafovuti va vazifalari shartlariga amal qilinishi, diniy qonunchilik tomonidan qattiq nazarot ostida olingan 32 . “Manu qonunlari” (sanskr. मानवधममशास्त्र) qadimgi Hind qonunchiligi tarixida alohida o‘rin tutgan. “Manu qonunlari” 12 bobga bo‘lingan. 2650 (ba’zi manbalarda 2685) 33 ta moddadan iborat bo‘lib unda, diniy-axloqiy huquqiy normalar mulk, nikoh, oila munosabatlari 34 , jamiyatdagi tabaqa tizimiga oid normalardan tashkil 29 Қаранг: https://kundalik.wordpress.com/2011/02/02/hindistonda-talaba-qanday-o‘qiydi/ 30 Қаранг: http://files.school-collection.edu.ru/dlrstore/5ab09d9c-826d-e3d7-e118-d3b44c3cfc7a/1006537A.htm 31 Жабборов И., Жабборов С. Жаҳон динлари тарихи. – Тошкент.: Ўзбекистон нашриѐти, 2002. – Б. 89. 32 Низомиддинов Н.Ғ. Жануби-Шарқий Осиѐ диний-фалсафий таълимотлари ва ислом. – Тошкент.: Зар қалам, 2006. Б. 27-28. 33 Қаранг: У икки мисрали шеърий услубда ѐзилган бўлиб, асосан хуқуқий меъѐрлар кўпроқ IV, VII, VIII ва X бобларда келтирилган. 34 Қаранг: Дин билан боғлиқ ҳисобланган барча муносабатлар никоҳ-оила муносабатлари, мерос, диний муассасалар фаолияти алоҳида ҳуқуқий тизимлар билан, яни мусулмонлар ҳақидаги ишлар мусулмон ҳуқуқи билан, ҳиндуиз динидаги кишилар ҳақидаги ишлар ҳинд ҳуқуқи билан тартибга солинган. Бундан ташқари, Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 176 topgan 35 . “Manu qonunlari” huquqiy jihatdan olib qaralganda umumiy va yetarli darajada keng yoritilgan hindlarning huquqiy to‘plam hisoblanadi 36 . Varnalarning kelib chiqishi haqida “Manu qonunlari”da shunday deyiladi: “Olamning gullab yashnashi uchun olam yaratuvchisi Brahma o‘zining og‘zi, qo‘li, soni va tovonidan brahman, kshatriy, vayshiy va shudrani yaratgan. O‘zi va boshqalar uchun qurbonliklar qilish, sadaqalar yig‘ish va tarqatishni brahmanlarga buyurgan. Qo‘l ostidagilarni himoya qilishni kshatriylarga, sadaqalarni tarqatish, qurbonlik qilish, vedalarni o‘rganish, mol boqish, saboq berish, savdo-sotiq qilish, yerga egalik qilish kabilarni vayshiylarga topshirgan. Shudralarga esa faqat bir yumush qolgan, yani yuqoridagi uch varnaga itoatkorlik bilan xizmat qilish 37 . Jamiyat varna (tabaqalarga) bo‘lingan: brahmanlar – diniy ruhoniy va kohinlarning oliy tabaqasi, kshatriylar – jangchilar, vayshiylar – savdogar va shudralar – quyi tabaqa vakillari bo‘lib, yuqoridagi sanab o‘tilgan toifalarga xizmat ko‘rsatuvchilar hisoblanishgan. Buddaviylik dinida qurbonlik keltirish va varnalarga bo‘linish rad etilgan. Jamiyat ikki toifaga brahman, kshatriy, gahapati (mulkdor shaxslar) va quyi tabaqadan tashkil topgan deb qaraladi 38 . Hatto juda ham qiziq tomoni, kasta tizimidagi tabaqalashuviga ko‘ra unga mansub bo‘lganlarning tug‘ilajak farzandlariga ham shunga ko‘ra ism berilishidir. Misol uchun agar tug‘ilajak farzand brahmanlar tabaqasiga mansub bo‘lsa, ularga nisbatan quvonch va xursandchilikka, kshatriylarga mansub bo‘lsa, kuch-quvvat va qudratga, vayshiylarga mansub bo‘lsa, boylik va molu-mulkka, shudralar mansub bo‘lsa xorlik va faqirlikka oid ismlar qo‘yilgan. “Manu qonunlari”da sanab o‘tilgan tabaqadagi barchaga xos vazifalarni tayin qilib bergan. Brahmanlar ta’lim-tarbiya, insonlarni dinga targ‘ib qilish bilan mashg‘ul bo‘lishlari lozim bo‘lgan. Zero ular ustoz, kohin va hukm chiqaruvchilardir. Ammo kshatriylar ta’lim olishlari, qurbonlik keltirishlari, saqada berishlari, vatan va xalq uchun qo‘liga qurol olishlari kerak bo‘lgan. Vayshiylar esa dehqonchilik qilishlari, tijorat bilan shug‘ullanishlari, mol- mulk yig‘ishlari va ularni diniy va ilmiy maskanlarga sarflashlari tayin qilingan vazifalar orasidan joy olgan. Lekin shudralarning vazifasi tepadagi uch tabaqa vakillariga xizmat qilishlari bilan chizib berilgan. Kasta tizimiga bo‘ysinishda har bir tabaqa vakili quyidagi shartlarga rioya qilishni talab qiladi: Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling