Mavzu: Abiotik, biotik, antropogen omillar


Download 2.33 Mb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1797539
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Abiotik, biotik, antropogen omillar

MAVZU: Abiotik, biotik, antropogen omillar


Reja:
  • Аbiotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati
  • Biotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati
  • Antropogen omillar

Ekologik omillar: biotik, abiotik, antropogen

Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday bo‘laklari ekologik omillar deyiladi.

Muhit - quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo‘lgan elementlar yoki omillardan yorug‘lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933 yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga bo‘ladi. Keyinchalik 1950 yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib o‘rganishni taklif qiladi.

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:

1. Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki o‘lik tabiatning yig‘indisi. Bularga harorat, yorug‘lik, namlik, suv, tuproq, relef kiradi.

2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizm-larning bir - biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo‘linadi.

Fitogen omillar deganda yuksak va tuban o‘simliklarning organizmga ta’siri e’tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning ta’siri nazarda tutiladi.

3. Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillar, ya’ni odamlarning o‘simlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga ko‘rsatgan ta’siridir.

Аbiotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati


Аbiotik omillar – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi. Abiotik omillar to‘rt guruhga bo‘linadi: iqlim omillari – yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar (yorug‘lik, namlik, harorat, havo tarkibi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va b.); edafik omillar (yunoncha «edafos» – tuproq) – tuproqning xususiyatlari (namligi, zichligi, mineral tarkibi, organik moddalarning miqdori); topografik omillar (relyef omillari) – joy relyefining o‘ziga xos jihatlari. Ularga balandlik (dengiz sathiga nisbatan) qiyalikning tikligi, qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi) kabi omillar kiradi; fizik omillar – tabiatdagi fizik hodisalar (Yerning tortish kuchi, Yerning magnit maydoni, ionlashtiruvchi va elektromagnit nurlanishlar va b.).

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling