Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Vazirlik tomonidan kelgan 2023-yil 1-chorak bo‘yicha Hayʼat Kengashi va videoselektor yig‘ilishi bayonlarida yuklatilgan topshiriqlar


Download 172.76 Kb.
bet1/19
Sana18.06.2023
Hajmi172.76 Kb.
#1580818
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Yangilangan variant 2023 yilda kelgan Bayonlar I chorak hisoboti


Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Vazirlik tomonidan kelgan 2023-yil 1-chorak bo‘yicha Hayʼat Kengashi va videoselektor yig‘ilishi bayonlarida yuklatilgan topshiriqlar, Apparat kengashi bayonlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT



Hujjatdagi bandi va belgilangan vazifalar

Ijrosi yuzasidan qabul qilingan buyruq raqami va sanasi

Ijro uchun masʼullar,
bajarish muddati

Amalga oshirilgan ishlar


Vazirlik yig‘ilishining 2023-yil 12-yanvarda o‘tkazilgan 1-sonli bayonida yuklatilgan topshiriqlar




Barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga:
Talaba yoshlar va xodimlarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda kreativlilikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda teatrlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin;

2023-yil 13-fevral 11-f sonli buyruq

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Berdimuradov A.Sh

Institutda talaba-yoshlar va xodimlarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda kreativlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi, Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri bilan 2023-yil uchun hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Ushbu shartnomalar asosida talaba-yoshlarning kino va teatrlarga borish grafigi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan grafik asosida fakultetlar kesimida guruh tyutorlari bilan birgalikda hafta davomida talaba-yoshlarning tashriflari amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur tashriflar institut Matbuot kanalida yoritilib borilmoqda.
Institutda “Talabalar kino kunlari”ni o‘tkazish maqsadida ham Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatri bilan 15 mln. so‘mlik shartnoma imzolangan. Grafik asosida talabalarning kinoteatrga tashriflari amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek, talabalar turar joyida milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga bag‘ishlangan filmlar namoyishi tashkil etilib kelinmoqda.
Institut talaba-yoshlari va xodimlarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda kreativlilikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat boʻlimi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.
Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda fevral oyi davomida “Navoiyxonlik”, “Boburxonlik” kechalari, mart oyida Zulfiya mukofoti sovrindori Z.Ashurova bilan birgalikda shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan ijodiy kechalar o‘tkazilgan.

Mashhur rassomlarimizning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan rasmlarini oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarning foelari va xonalariga joylashtirish va muntazam ravishda galeriyalar hamda ko‘rgazmalar tashkil etish;


Download 172.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling